alohida hissiy holati xususida gapiriladi. Shu bilan birga his-tuyg'ularning kechishi
o'z rivojlanishiga ega bo'lgan, joriy va o'zgarib turadigan psixik jarayondir.
His-tuyg'ular shaxs extiyojlariga javob beradigan narsalarni aniqlab olishga
yordam beradi va ularning qondirilishiga qaratilgan faoliyatga omil baxsh etadi.
Ilmiy kashfiyot qilingan paytdagi quvonchli kechinmalar olimning izlanuvchanlik
faoliyatini rag'batlantiradi, bilish extiyojini, qondirish
jarayonini jadal tarzda
saqlaydi. Ehtiyoj namoyon bo'lishining alohida shakli sifatidagi qiziqish doimo
yorqin hissiy tusga ega bo'ladi.
Kishi uchun sub'yektiv hisoblangan his-tuyg'ular uning ehtiyojlari
qondirilishi jarayoni qanday kechayotganligining belgisi sifatida namoyon bo'ladi.
Munosabat va faoliyat jarayonida paydo bo'lgan ijobiy hissiy holatlar (zavqlanish,
mamnunlik va shu kabilar) ehtiyojlarni qondirish jarayonining xush keladigan
tarzda kechganligidan dalolat beradi. Ehtiyojlarning qondirilmasdan qolishi salbiy
hissiy kechinmalarga (uyalish, o'kinish, hasrat va shu kabilarga) olib keladi.
Barcha psixik jarayonlar kabi emosional holatlar, ularning kechishi ham miya
faoliyatining natijasi hisoblanadi. Emosiyalarning paydo bo'lishi tashqi olamda ro'y
beradigan o'zgarishlardan boshlanadi. Bu o'zgarishlar kishi hayoti va faoliyatining
jonlanishiga yoki pasayishiga, bir xil ehtiyojlarning paydo bo'lishiga yoki
boshqalarning yo'qolishiga, kishi organizmi ichida
yuz beradigan jarayonlardgi
o'zgarishlarga olib boradi.
Kishining tevarak-atrofida va uning o'zida yuz berayotgan o'zgarishlar kishi
uchun qanchalik katta ahamiyatga ega bo'lsa, his-tuyg'u kechinmalari ham shu
qadar chuqur bo'ladi. Shunga ko'ra ro'y beradigan muvaqqat bog'lanishlar
sistemasining jiddiy qayta qurilishi katta yarim sharlar qobig'i bo'ylab tarqalgan
holda qobiq osti markazlariga ta'sir qiladigan qo'zg'alish jarayonlarini yuzaga
keltiradi. Miyaning katta yarim sharlar qobig'ining pastroqdagi bo'lmalarida
organizm fiziologik faoliyatining har xil markazlari: nafas olish, yurak-qon
tomirlari, ovqatni hazm qilish, ichik sekresiya bezlarini
ishlatish va boshqa
markazlar joylashgandir. Shuning uchun qobiq osti markazlarining qo'zg'atilishi bir
qancha a'zolar faoliyatining kuchayib ketishiga olib keladi. Shu boisdan ham his-
tuyg'ularning kechirilishi nafas olish maromining (kishi hayajonlanganidan bir
lahza nafasi chiqmay qoladi, og'ir va o'xti-o'xtin nafas oladi) va yurak ish
faoliyatining o'zgarishi (yurak urishdan to'xtab qoladi yoki tez-tez ura boshlaydi)
bir vaqtda sodir bo'ladi, organizmning ayrim qismlariga qon kelishi o'zgarib
(uyalganidan rangi qizarib, qo'rqqanidan oqarib ketadi), sekresiya bezlarining ishi
buziladi (g'am-g'ussa ko'z yoshi to'kilishiga sababchi bo'lsa, hayajonlanib ketganda
og'iz quriydi, qo'rqqanida badandan «sovuq» ter chiqadi va hoqazo. Tananing ichki
a'zolarida yuz beradigan jarayonlarning qayd qilinishi va kishining o'zi tomonidan
kuzatib borilishi nisbatan oson. Shu sababdan ham qadimgi zamonlardan buyon
ularni ko'p hollarda his-tuyg'ularning sababchisi deb hisoblab kelingan. Xalq
orasida haliga qadar ham «yuragim sezib turibdi», «yuragim g'ash» va shu kabi
iboralar saqlanib qolgandir.
His-tuyg'ular ba'zan har qanday psixik jarayonning faqat ёqimli, ёqimsiz
yoki aralash asorati tarzida boshdan kechiriladi.
Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil shaklni kasb
etadigan o'ziga xos kechinmalarni: emosiyalarni, affektlar (hissiy bo'ronlar)ni,
kayfiyatlarni, kuchli hayajonlanish (stress) holatlarini va xususan his-tuyg'ular (tor
ma'nodagi so'z bilan aytganda)ni hosil qiladi.
«Hissiyot» («emosiya») va «his-tuyg'u» degan so'zlar ko'pincha sinonimlar
sifatida qo'llaniladi. Torroq ma'noda olganda, hissiyot
bu qandaydir bir oz
doimiyroq his-tuyg'ularning bevosita va vaqtincha boshdan kechirilishidan
iboratdir. «Emosiya» so'zini o'zbek tiliga aniq tarjima qilinganda u ruhiy
hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma'noni anglatadi. Hissiyot deb, masalan,
kishining musiqaviy asarga nisbatan o'rnashib qolgan xususiyati sifatidagi
muhabbat tuyg'usining o'zini emas, balki konsert paytida yaxshi musiqiy asarni
eshitayotib, boshidan kechirgan lazzatlanish, zavqlanish holatiga aytiladi.
Kishini tez chulg'ab oladigan va shiddat bilan o'tib ketadigan jarayonlar
affektlar (hissiy portlashlar) deb ataladi. Ular ongning anchagina darajada
o'zgarganligi, hatti-harakatlarni nazorat
qilishning buzilganligi, odamning o'zingi-
o'zi idrok qila olmasligi, shuningdek uning butun hayoti va faoliyati o'zgarib
qolganligi bilan ajralib turadi. Affektlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab
bo'lagni uchun ham qisqa muddatli bo'ladi: ular his-tuyg'ularning bamisoli birdan
lov etib yonib ketishiga portlashiga, bir zumda hamma ёqni to's-to'polon qilgan
shamolga o'xshaydi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, u
holda affekt bo'rondir.
Kayfiyatlar ancha vaqt davomida kishining butun hatti-harakatiga tus berib
turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi. Kayfiyat shodu xurramlik yoki
qayg'uli, tetiklik yoki lanjlik, hayajonli yokima'yuslik,
jiddiy yoki yengiltaklik,
jizzakilik yoki muloyimlik va hokazo tarzda bo'ladi. Kayfiyati yomon kishi
o'rtog'ining xaziliga yoki tanbehiga kayfiyati chog' vaqtidagiga qaraganda
tamomila boshqacha munosabat bildiradi.
Psixologik ta'rifiga ko`ra affеktiv holatga yaqin turadigan, lеkin boshdan
kеchirishining davomiyligiga ko`ra kayfiyatlarga yaqin bo`lgan his-tuyg`ular
boshdan kеchirilishning alohida shaqli kuchli hayajonlanish (strеss) holati
(inglizcha stress - tazyiq ko`rsatish, zo`riqish dеgan so`zdan olingan)dan, yoxud
hissiy zo`riqishdan iboratdir. Hissiy zo`riqish xavf-xatar tug`ilgan,
kishi xafa
bo`lgan, uyalgan, tahlika ostida qolib kеtgan va shu kabi vaziyatlarda ro`y bеradi.
Strеss kishining o`ta faol yoki o`ta sust harakatida ifodalanadi. Hissiy
zo`riqish holatida individning hatti-harakati kishi nеrv tizimining tipiga, nеrv
jarayonlarining kuchliligi yoki ojizligiga jiddiy ravishda bog`liqdir. (Masalan,
imtihon oldidagi holat).
His-tuyg`ularning hissiyot (emotsiyalar), kayfiyatlar, kuchli hayajonlanish
tarzida boshdan kеchirilishi chog`ida ma'lum darajada sеziladigan tash qi
bеlgilariga ham ega bo`ladi. Yuzning ifodali harakatlari (mimika), qo`l va
gavdaning ma'noli harakatlari, turqi-tarovat, ohang, ko`z qorachigining kеngayishi
yoki torayishi kabilar shular jumlasiga kiradi. Kishi o`zining qahr-g`azabini
tеvarak atrofdagilarga qo`llarini musht qilishi, ko`zlarini
chimirib qarash, do`q-
po`pisali ohang bilan namoyish qiladi.
Asosiy hissiy holatlar quyidagilar (K.Izard klassifikatsiyasi bo`yicha):
qiziqish malaka va ko`nikmalar rivojiga, bilim egallashiga moyillik tug`diradigan
ijobiy hissiy holat.
quvonch- to`la qondirilishi mumkin bo`lmagan, har holda qondirilishi noaniq
dolzarb bo`lgan ehtiyojni qondirilishi mumkinligi bilan bog`liq ijobiy hissiy holat.
Hayratlanish- to`satdan ro`y bеrgan holatlardan hissiy jihatdan ta'sirlanishning
ijobiy yoki salbiy jihatdan aniq-ravshan ifoda etilmagan bеlgisidir.
Iztirob chеkish. Hozirga qadar qondirilish ehtimoli ozmi-ko`pmi darajada
mavjud dеb tasavvur qilingan hayotiy muhim ehtiyojlarning qondirilishi mumkin
emasligi haqida aniq yoki shunday tuyilgan axborot olinishi bilan bog`liq salbiy
hissiy holatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: