O’lim ko’rsatkichi
= -------------------- = 4,7%
0
1517600
Demak, Xorazm viloyatida har ming aholiga 1 yilda 4,7 ta kishi o’lgan.
Ekstensiv ko’rsatkich
. Ekstensiv ko’rsatishlar qismning butuniga nisbatini
yoki butunning qismlarga taqsimlanishini ko’rsatadi. Ekstensiv ko’rsatishlar % da
hisoblanadi. Ekstensiv ko’rsatkichlarni hisoblash uchun butun, 100 deb olinib,
uning qismlari esa x deb qabul qilingan.
Masalan: Umumiy kasalliklar 1 670 203, shundan qon aylanishi sistemasi
kasalliklari 114 595
114 595 x100
Ekstensiv ko’rsatkich
= -------------------- = 6,9%
1 670 203
Aloqadorlik ko’rsatkichi.
Aloqadorlik ko’rsatkich hodisaning u bilan bevosita
bog’lab bo’lmagan muhit orasida tarqalish darajasini ko’rsatadi. Mazmuni bir-
biridan farq qilsada, hisoblash usuli bo’yicha aloqadorlik ko’rsatkichi intensiv
ko’rsatishga o’xshash.
M – n: aholini o’rinlar bilan ta’minlanishi, o’rinlar soni 6 290
6 290 x 10 000
Do'stlaringiz bilan baham: |