ILMIY-PEDAGOGIK TADQIQOT METODLARI.
Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlaridan foydalaniladi. Metod lotincha “metodos” – “yo‘l” so‘zidan olingan. Ilmiy tadqiqot esa shu metod orqali nazariy, siyosiy, ilmiy, milliy va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish maqsadiga xizmat qiladi. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlaridan biror pedagogik muammoni hal qilish maqsadida talaba, o‘qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tadqiqotchi va ilmiy xodimlar foydalanadilar. Ilmiy izlanishning dastlabki debochasi adabiyotlarni o‘rganib, tahlil qilishdan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |