O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Ta’limning individuallashtirish o‘quvchi-talabalarning shaxsiy va yosh xususiyatlarini hisobga olish tamoyili



Download 1,75 Mb.
bet135/201
Sana23.01.2022
Hajmi1,75 Mb.
#401768
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   201
Bog'liq
UMK Ibraimov lotin 3 kurs

7. Ta’limning individuallashtirish o‘quvchi-talabalarning shaxsiy va yosh xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. Har bir o‘quvchi-talabaning o‘ziga yarasha qiziqishlari va shu bilan bir qatorda miqdori mavjud. Har bir o‘quvchi-talabaning o‘ziga xos bo‘lgan yutuqlari va shu bilan bir qatorda kamchiliklari ham bor. Agar pedagoglar o‘quv jarayonida ana shu individual xususiyatlarni hisobga olmasalar, har qancha unumli metodlardan foydalansa ham o‘quv jarayonida yaxshi natijalarga erisha olmaydilar. Chunki ta’limning asosiy vazifalaridan biri talabaning umumiy rivojini ta’minlash. Lekin o‘quvchi-talabaning haqiqiy rivoji faqat uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holdagina amalga oshirilishi mumkin. O‘quvchi-talabalarning real o‘quv imkoniyatlari, rivojlanish jihatlarini o‘rganish hozirgi vaqtda shunchaki xohish emas, balki majburiy talabdir. Busiz o‘quv jarayonini muqobillashtirish, boyitish aqlga sig‘maydi. Albatta, shaxsiy xususiyatlar juda xilma – xil, ularni o‘rganish ma’lum vaqt talab etadi. Kuzatish jarayonida o‘quvchi-talabaning kuchli va ojiz tomonlarini uning bilish jarayonlaridan aniqlash mumkin. O‘quvchi-talaba shaxsining muammolari va qiyinchiliklarni tahlil qilish hamda shu muammolar sababini aniqlash keyingi pedagogik chora-tadbirlarni rivojlantirishda juda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, o‘zlashtirishi bir oz pastroq bo‘lgan o‘quvchi-talabalar bilan yakka holda ishlash jarayonida pedagog o‘zi uchun ularning yangi qirralarini kashf etishi mumkin. Keyingi davrlarda “differensiyalashgan ta’lim” degan tushunchani keng tarqalishining asosiy sababi ham shaxsiy xususiyatlari, qobiliyati, qiziqishlari, iqtidori kabilar hisobga olingan holda talabalarni guruhlarga ajratishni taqozo etadi va u uchun alohida dasturlar, qo‘llaniladigan metodlar asosida o‘quvchi-talabalarning shaxsi tanlanadi.

Ma’lum guruh uchun belgilangan o‘quv dasturi, mazmuni va hajmi o‘quvchi-talabalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim. O‘rganilayotgan bilimlar hosil qilinayotgan malaka va ko‘nikmalar o‘quvchi-talabalarni haddan ziyod toliqtirib qo‘ymasligi lozim. Boshqacha qilib aytganda, o‘quv jarayonida o‘quvchi-talabalarning sog‘ligi, psixik holatiga salbiy ta’sir etishi oldini olish lozim. Buning uchun har bir o‘quvchi-talabaning xususiyatlarini chuqurroq o‘rganib imkoniyatlar darajasida belgilab olish kerak. Ta’limning mazmuni shaxslarning kuch – quvvatiga mos bo‘lishga erishish lozim. Ta’limni haddan ziyod “yengillashtirish”, “osonlashtirish” ham maqsadga muvofiq emas, chunki bunday ta’lim rivojlantiruvchi bo‘la olmaydi. Demak, har bir yosh davrida o‘quvchi-talabalarning imkoniyatlarini o‘rganish va mos ravishda ta’limni tashkil etish zarur. O‘rganiladigan bilimlar hajmini belgilashda ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish juda muhim bo‘lib, bu yo‘nalishda ham tegishli ilmiy tekshirish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosda uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari (prinsiplari) belgilangan. Bular ta’limning ustuvorligi, ta’limning iijtimoiylashuvi, ta’limning milliy yo‘nalishi, ta’lim va tarbiyaning uzviyligi, iqtidorli yoshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilardir. Demak, uzluksiz ta’limni rivojlantirish tamoyillari didaktik tamoyillar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ana shu didaktik tamoyillarni yanada mukammallashuviga xizmat qiladi. Bugungi kunda pedagogika va uning ajralmas qismi hisoblanmish didaktikada o‘quv jarayoni qonunlarini yanada chuqurroq o‘rganish hamda ta’lim samaradorligini oshirish ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini keng miqyosda olib borishi maqsadga muvofiq.


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish