O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir – biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir



Download 1,75 Mb.
bet126/201
Sana23.01.2022
Hajmi1,75 Mb.
#401768
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   201
Bog'liq
UMK Ibraimov lotin 3 kurs

Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir – biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir.

Abdulla Avloniy

Avloniyning fikricha, axloq – bu xulqlar majmui. Xulq esa, kishida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Uning shakllanishi uchun ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak. Vijdon – bu ruhimiz, fikrimizga ta’sir qiladigan hissiyot, ya’ni sezuvdan iborat ma’naviy quvvatdir. Biz har vaqt fe’l va harakatimizning yaxshi va yomonligini vijdonimiz vositasida bilamiz. Vijdon insonning aql va fikrining haqiqiy mezonidir. Avloniyning fikricha, har bir kishining hayoti muayyan intizom asosida kechadi. Intizom inson xulqini tarbiyalovchi, mukammallashtiruvchi manba, shu tufayli ham unga doimiy ravishda rioya qilish kerak. Intizom jamiyat uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, o‘quvchilar uchun ham shunchalik zarur, sanaladi.

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, hozirga paytda pedagogika nazariyasidan o‘quv dasturini, qo‘llanma va darsliklarni yaratishda o‘zbek xalq pedagogikasi va Sharq mutafakkirlarining didaktik merosidan foydalanmasdan ta’lim-tarbiya jarayonida yuksak samaradorlikka erishib bo‘lmaydi. Xususan, al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, al – Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va boshqa mutafakkirlarning didaktik g‘oyalari dunyo ijtimoiy – pedagogik fikrlar taraqqiyotiga ko‘p jihatdan ta’sir etib, muayyan darajada Yevropada Uyg‘onish davrining asosiy shart-sharoitlarini yaratib bergan, albatta.

Bunday fikrlarni tasdiqlash uchun quyidagi bir necha dalillarning o‘zi kifoya. Masalan, al-Xorazmiyning “Al – kitob – al – muxtasar fi – hisob al – jabr va – l – muqobila” (“Aljabrda muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) hamda “Kitob surat al – arz” risolalaridan jahonga mashhur matematik va geograflardan Fibonnachi, Pichioli, Tartalya, Kardano, Ferrari, Leonardo, mashhur yunon olimi Klavdiy II, Ptolemey, Nyuton, Gershel, Jozef Tussen, Reyno va boshqalar keng foydalanganlar.

Shuningdek, Abu Ali ibn Sinoning “Hayy ibn Yaqzon” (“Ziyrakli – Tirik o‘g‘lon”) asari ispaniyalik pedagog va adib ibn Tufaylaning “Yakzon o‘g‘li Xayya” haqidagi qissasini; J.J.Russoning “Emil yoki tarbiya haqida” asarini, Forobiyning “Fanlar sanog‘i” risolasi ispaniyalik pedagog olim Gundisalning (XII asr) “Falsafaning bo‘linishi” asari yozilishiga asos bo‘ldi.

Oksford universitetining professori Rodjr Bekon (XII asr) al – Forobiy va ibn Sinolarning didaktik g‘oyalarini chuqurlashtirib, qomusiy kitoblarini yozadi. Yan Amos Komenskiy “Buyuk didaktika” asarida didaktikaning ta’lim nazariyasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan bo‘lsa–da, lekin ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli va uslublari (ayniqsa, sinf – dars tizimi g‘oyasi) Ibn Sinoga tegishli g‘oya ekanligini alohida qayd etib o‘tishimiz lozim. Zero, Sharqda IX asrda hali Yevropaning ko‘p hududlarida, husnixat ishlatilmagan va sinf – dars tizimining nimaligini bilmagan bir vaqtda, Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi qoshida tashkil etilgan maktab va madrasalarda, ilmiy–pedagogik faoliyat bilan shug‘ullangan qomusiy olimlar yaratgan pedagogik nazariyaning o‘ziga xosligi shundan iboratki, ular ilgari surayotgan didaktik g‘oyalar bevosita o‘rganilayotgan fan mantig‘idan ajratilmagan.


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish