O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 1,75 Mb.
bet87/201
Sana23.01.2022
Hajmi1,75 Mb.
#401768
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   201
Bog'liq
UMK Ibraimov lotin 3 kurs

Ekologik tarbiya – jamiyat ekologik madaniyatining muhim tarkibiy qismi, tabiat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini tartibga keltirish yo‘nalishlaridan biri.

Yosh avlodni ekologik tarbiyalash oila va maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni sayrga olib chiqish, tevarak–atrof bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bolalarning jonli burchakda o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilishlari, tabiat to‘g‘risidagi kitoblarni o‘qishi, film va radioeshittirishlar ekologik tarbiyalashni rivojlantirishga yordam beradi.

Ekologik madaniyat tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lish, unga nisbatan ma’suliyatni his etish, tabiiy resurslarga nisbatan jonkuyarlik hissini qaror toptirish, iqtisodiy – xo‘jalik vazifalarini atrof-muhitga ziyon yetkazmaydigan qilib hal etish malakasini shakllantirish kabilarni o‘z ichiga oladi28.

Estetik tarbiya. Bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda, hayotdagi va san’atdagi go‘zallikni tushunish va qadrlashni bilishida, ma’naviy dunyosini boyitishida katta rol o‘ynaydi. Ota-onalar bolalarga tabiat, ijtimoiy hayot, san’atdagi go‘zallikni his qilish va shu kabilarni o‘rgatadi.

Estetik didni tarbiyalashda dastlabki o‘yinchoqlar katta o‘rin tutadi. Ular hayotni bilishni o‘rgatadi va birinchi estetik taassurotlar manbai hisoblanadi. Ota-ona bolalarni xonalarni yig‘ishtirish, saranjom – sarishta qilishga jalb qilib, ularda estetik didni tarbiyalaydi.

Bolaning tashqi ko‘rinishiga bo‘lgan talablar estetik tarbiyada katta ahamiyatga egadir. Sodda va ozoda kiyina bilish, kishilar orasida o‘zini yaxshi tutish, xulq-atvorning yaxshi bo‘lishi ham go‘zallikdir29.

Huquqiy tarbiya – jamiyat a’zolari, jumladan, yoshlar ongiga huquqiy bilimlarni turli ta’sir vositalari orqali uzluksiz singdirib borish jarayoni. Huquqiy tarbiya vositalariga huquqiy targ‘ibot, huquqiy ta’lim va amaliyot, o‘zini-o‘z tarbiyalash kiradi. Huquqiy tarbiya jamiyat a’zolarining ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish, shaxs ongiga uning huquq va burchlarini singdirish jarayonini anglatadi.

Huquqiy tarbiya maktab, maktabdan tashqi muassasalar tomonidan ham amalga oshiriladi. Ommaviy axborot vositalari, radio, televideniya, ma’ruza yordamida olib boriladigan huquqiy targ‘ibot yaxshi samara beradi30.

Yuqorida qayd etganimizdek, o‘ta murakkab bo‘lgan tarbiya jarayonini ilmiy nuqtayi nazardan chuqurroq tahlil qilish maqsadida shartli ravishda turlarga bo‘linadi. Amalda esa tarbiya bir vaqtning o‘zida kompleksli ravishda tashkil etiladi. Masalan, mehnat tarbiyasini jismoniy yoki iqtisodiy tarbiyadan ajralgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki mehnat bolani jismonan baquvvat bo‘lishiga, irodasi chiniqishiga va, albatta, mehnat orqaligina oilaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash mumkin ekanligini anglashiga xizmat qiladi.


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish