Pedagogika fanining maqsadi:
respublikamizda komil insonni voyaga yetkazishning bir butun holatdagi muammolarini hal etish;
ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish;
umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e'tiborga olib, ta'lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish;
pedagogika – tarbiyashunoslik qoida-qonunlarini ilg‘or tajribalar asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlashga oid tadbirlar belgilash;
bo‘lajak o‘qituvchi va tarbiyachilarni voyaga yetkazish masalalarini tadbiq qilish;
uzluksiz ta'lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini bartaraf etish.
– xalq ta’limini boshqarish va raqbarlik masalalarini chuqur o‘rganib bo‘lajak o‘qituvchilarni qayta tayyorlash muammolarini hal qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |