O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana31.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#278476
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
O'roqov Shaxzod kurs ishi

DONISHMAND MALIKANING QAH-QAHASI 

“Yaltiragan  narsaning  hammasi  ham  oltin  emas”,  deydi  xalqimiz.  Lekin  tillasi  bor 

aksariyat odam oʻzini koʻz-koʻz qilgisi kelaverishi bor gap. “Koʻz-koʻz”i uning oʻzini 

tutishi, yashash tarzi, dadilligi, ancha-muncha qiyinchilik va muammolarni nazar-pisand 

qilmasligida  namoyon  boʻladiki,  hammasi  tillaning  “quvvati”ga  borib  taqaladi.  Ayni 

paytda u “koʻrmaganning koʻrgani qursin” qabilida ish tutib, bosar-tusarini bilmay qolsa, 

xasislik va qurumsoqlik botqogʻiga botib ketishi ham mumkin. 

Oltinni  koʻrganda  kaltaroq  oʻylaydigan  har  qanday  odamning  koʻngli  sust  ketadi. 

Umuman olganda, oltin asl metall. Aslida shundaymi? Uning zamirida nima koʻproq – 

ezgulikmi  yoki  yovuzlik?  Oltinning  qanday  maqsadda  kovlab  olingani-yu,  qoʻlga 

kiritilganini bilmasdan turib, bu savolga aniq javob berish mushkul. 

Rossiyalik  olim  L.  Gutov  oʻzining  “Xudojestvennoye  lite  iz  dragotsenniʼx  metallov” 

(Moskva-1988 g., str. 3-8) kitobida yozadiki, “ibtidoiy odamning metall bilan tanishuvi 

yerda  yombi  shaklda  uchraydigan  oltin  bilan  misdan  boshlangan…”  “Kichik  va  Oʻrta 

Osiyo, shuningdek, Oltoyda 4,5 ming yil burun oltin qazib olingan va qayta ishlangan”. 

Bashariyat  tarixining  barcha  davrlarida  oltin  va  tilla  taqinchoqlar  boylik,  dabdaba  va 

hashamdorlik timsoli boʻlib kelgan. “Iskandar Zulqarnaynning istilochilik yurishlaridan 

keyin  Yunonistonni  oltin  bosib  ketgan.  Ayni  paytda  Eron  shohlari  saroylaridagi  kabi 

dabdaba va mahobatga havas ham kirib kelgan. Rivoyatlarga qaraganda, Iskandar Eron 

shohi Doroning xazinasini oʻmarib ketganida oʻn ming tuyaga yuk boʻlgan”. 

Yirik oltin konlari va oltin zaxirasiga ega davlat tez rivojlanadiki, buning muhim sharti 

oʻsha katta boylikdan, xazinadan toʻgʻri va samarali foydalanishiga borib taqaladi. Misol 

uchun, Buxoro xoqonlari yuz yillar mobaynida boylik toʻplagan, boshqacha aytganda, 

“oltin bilan brilliantning ustida oʻtirgan”, amirlik xalqi esa qashshoqlik va xor-zorlikda 

yashagan. Afsuski, qimmatbaho metallarning koʻpligi boshga balo ham olib keladi. Zero, 

oltin bosqinchilik urushlaridan qaytmaydigan dushmanlarning koʻzini oʻynatadi. 

Urushqoq saltanatlar uzoq va yaqin davlatlarning boyligini talash uchun yillar mobaynida 

vayronkor  muharobalar  olib  borishdan  qaytmaganiga  tarixda  misollar  koʻp.  Bunday 

saltanatlarning  hukmdorlari  butun-butun  mintaqalarning  boyliklarini  qoʻlga  kiritish 

imkoniyatlaridan ham oʻzlarini tiyib tura olmagan. 



29 

 

“Oltin,  mohiyatan  qaraganda,  yumshoqligi  sabab  inson  uchun  eng  keraksiz,  bir  pulga 



qimmat  metall,  biroq  uning  iblisona  sehri  zaminni  larzaga  solib,  odamlarning  boshiga 

taʼriflashga  til  ojizlik  qiladigan koʻrgiliklar  keltiradi”.  (G.  Levitskiy,  “Samiʼe  bogatiʼe 

lyudi Drevnogo mira”, Moskva-2011 g. str. 6). 

Buxoro amirligining kechmishi bunga bir misol. 

Moʻtabar kitoblarimizda yozilmishki, nafsini tiygan, oʻzini balo-qazolardan asraydi. 

“Molparastlik ahli basharning barcha davrlarda oromini oʻgʻrilab kelgan. Pul, oltin va 

yana bir doimiy hamroh  – hokimiyat vasvasasi manaman degan buyuk shaxslarni ham 

oʻz nafsining quliga aylantirib qoʻygan”. “U (forsiylar saltanatiga asos solgan Kir) bosib 

olgan  Vavilonda  donishmand  malika  –  Nitokrisning  daxmasi  osoyish  topgan  edi…” 

Daxma darvozasining peshtoqiga: “Mendan keyin Vavilonning qay bir podshosi pulga 

muhtojlik  sezsa,  ushbu  daxmani  ochsin  va  istaganicha  mol-dunyo  olsin.  Biroq,  uni 

behuda  ochmasin.  Aslida,  iloji  boʻlsa,  uni  umuman  ochmagani  maʼqul”, degan  soʻzlar 

naqsh  etilgandi”.  (Oʻsha  kitob,  5-,  116-betlar.)  “Daxmani  ochgan  Doro  undan  hech 

qanday  xazina  topolmaydi.  Topgani:  “Agar  sen  bunchalar  ochkoʻz  boʻlmaganingda, 

marhumlar  ruhini  chirqillatib,  qabrini  oyoq  osti  qilmagan  boʻlarding”,  degan  bitik 

boʻladi. (Oʻsha kitob, 117-bet.) 

Misrda  3000  yil  ilgari  ham  oltin  qazib  olingan.  Koʻrib  turganingizdek,  qadim 

zamonlardan odamlar uning qadrlanishini, oltini bor kas jamiyatda munosib mavqega ega 

boʻlishini, boshiga kutilmagan kulfat yoki qiyinchilik tushsa, asqotishini yaxshi bilgan. 

Tilla  “uzuk  barcha  zeb-ziynatlar  ichida  eng  anʼanaviy  va  koʻp  uchraydiganidir. 

Eramizdan  uch  ming  yil  ilgari  odat  tusiga  kirgan  bu  taqinchoq  barcha  qadimiy 

tsivilizatsiyalarga  xos.  Gerodot  Vavilon  davlatida  muhr  oʻyilgan  uzuklardan 

foydalanilgani  haqida  yozadi.  Qadimiy  Yunonistonda  greklar  faqat  bitta  muhrli-uzuk 

taqib yurishgan va uzuklarni barmoqlariga huda-behuda “qalashtirib tashlaydiganlar”ga 

yovvoyilar deb qarashgan. (Oʻsha kitob, 16-bet.) 

Turkiston oʻlkasida ham odamlar oltinni yuksak qadrlagan va ham Qizilqum choʻllarida, 

ham Zarafshon va oʻarm daryolarining boshlangʻich irmoqlaridan qazib olishgan. 



30 

 

Jamiyatning eng quyi boʻgʻini  – oilada tillaning mavjudligi ahli odamga qanday taʼsir 



qilganini, qanday qadrlanganini aniq misollar orqali koʻrsatib berging keladi. Ayniqsa, 

ayollarning  unga  mehr-eʼtibori  gʻoyat  balandligining  sababi  nimada?  Balki  tilla  ular 

uchun  ham  taqinchoq,  ham  oilaning  “qora  kuni”ga  yarashi  mumkin  boʻlgan  tayanch, 

zaxira, himoya vositasidir. 

Modomiki, oltin insonning eʼtiborini oʻziga ohanrabo kabi tortar ekan, bandasi ham unga 

doim egalik qilishga urinadi. Tillaning borligi yoki yoʻqligining dastidan baʼzan aka-uka, 

qarindosh-urugʻ,  oilalar  boshiga  ne  bir  kulfatlar  yogʻilmaydi  deysiz.  Zotan,  oltin  oʻz 

egasining taqdiriga salbiy ham, ijobiy ham taʼsir etishi mumkin. Bu insonning qanday 

ijtimoiy-siyosiy  sharoitda  yashashiga,  tillani  qanday  niyatda  yiqqani-yu  sarflaganiga 

bogʻliq. 

Buxoroda  amirlik  hokimiyati  qulab,  bolsheviklar  hukmini  oʻtkaza  boshlagan,  hatto 

uyidan bitta oltin tanga yoki tilla taqinchoq chiqqan odamning boshiga ne bir savdolar 

solinganini yodga olaylik: mazlumning barcha mol-mulki musodara qilinib, barcha oila 

aʼzolari hibsga olingan, zindonga tashlangan. 

  


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish