Namoyish qilish grafikasi-matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarni ya’ni mashina tasvirini hosil qilib, uni namoyishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu erda eng asosiy vazifa Yuqori sifatli va chiroyli ko‘rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. SHu tipdagi grafiklarning eng afzallik tomonlari shundaki, bunday tasvirlar to‘plami va ko‘rinishini tezda o‘zgartirish mumkin.
Injenerlik grafikasi-bunday grafika chizmachilik, loyihalash va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi. Injenerlik grafikasi tahlil, sintez, modellashtirish, matnlashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi loyihalashni avtomatlashtirish ishlarining hamma bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |