Gorizontal koordinatalar chizg‘ichining funktsiya va piktogrammalari
Varaqning yozuv boshlanadigan chap chegarasidan boshlab tabulyatorlar odatda har 0,5 dYuymga joylashtirilgan bo‘ladi. [Tab] klavishasi bosilsa, hujjat matniga chop etilmaydigan tabulyatsiya belgisi qo‘yiladi va ko‘rsatkich navbatdagi tabulyatsiya xonasiga ko‘chib o’tadi.
Ish sohasi
Ish sohasi WinWord 2010 oynasining katta qismini egallaydi. Bu sohada matnlarni kiritish va Formatlash, bezaklarni (illyustratsiya) joylashtirish va jadvallar tashkil qilish mumkin.
Ish sohasida hujjat tasviri ko‘rinadi, bularga misol uchun: matn, grafika, jadvallar, ro’yhatlar, annotatsiyalar va raqamlar kiradi.
WinWord 2010 da matnni kiritish davomida orfografiyani tekshirish funktsiyasi kiritilgan bo‘lib, u xato so‘zlar ostiga to’lqinsimon qizil rangdagi chiziq tortib qo‘yadi. Holatlar satridagi kitob tasviriga sichqoncha yordamida ikki bor bosilganda , dinamik menyu ochilib, u yerda xato terilgan jumlani mumkin bo‘lgan almashtirish ko‘rinishini tanlashimiz yoki shu jumlani lug‘atga kiritib qo‘yishimiz mumkin bo‘ladi. Dinamik menyuni ochish uchun ostiga chizilgan jumla ustiga sichqonchani keltirib o’ng tugmasi bosilsa ham bo‘ladi.
Holatlar satrida foydalanuvchi uchun ma’lumot ham keltiriladi. Agar foydalanuvchi menyu satridan element tanlasa, u holda holatlar satrida shu menyu yoki buyruq haqida qisqacha ma’lumotnoma beriladi. Holatlar satri amallarning qisqacha ta’rifini ham berishi mumkin. Masalan, hujjatning saqlanish vaqtida ushbu buyruqni bajarilishi, hujjatning nomi va hajmi haqidagi ma’lumot paydo bo‘ladi.
WinWord 2010 ishini tugatish.Buning bir necha usuli mavjud:
-menyuning «файл» bo‘limidagi «выxoд» ni tanlash;
-ALT+F4 ni bosish;
-sistema klavishasiga ikki marta sichqoncha bilan bosish.
Agar bir yoki bir nechta hujjatga o‘zgartirish kiritilgan bo‘lsa, u holda dastur yopilishi oldidan shu ma’lumotlarni saqlab qo‘yishni tasdiqlovchi so‘rov oynasi paydo bo‘ladi. Unga «Дa», «Нет» yoki «Oтмена» javoblaridan biri tanlanishi talab etiladi.
Fayl menyusi.
WORD 2010 ning fayl menyusi hujjatlar bilan ishlovchi quyidagi buyruqlarni o’z ichiga oladi:
Создать buyrug‘i - yangi hujjatlar yoki shablonlarni ochish uchun xizmat qiladi.
Bu amaliyot fayl menYusida Создать buyrug‘i yordamida olib boriladi. Standart muloqot oynalari yangi hujjat tuzishda bir qancha shablon turlarini, funktsional belgilar qo‘yilmasini, ya’ni umumiylikni, xatlar, fakslar, hisobotlar, publikatsiyalarni, boshqa hujjatlarni va WEB sahifalarini o‘zida mujassam etadi.
Публикация - shablonlarni, broshYuralarni, byo’lletenlarni, dissertatsiyalarni boshqarish tizimlari hamda qo’ullanma va matnlarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |