Sichqoncha va klaviatura
WinWord 2010 ning xamma buyruqlari ham sichqoncha, klaviatura bilan chaqirilishi mumkin. Sichqonchadan foydalanish dastur bilan ishlashni ancha osonlashtiradi. qoidaga ko‘ra buyruqni chaqirish uchun sichqonchaning chap klavishasi ishlatiladi, u orqali belgilash, bajarish va ob’ektni ko‘chirish kabi buyruqlarni bajarish mumkin.
Matn kiritish ko‘rsatkichi turgan joydan boshlab kiritiladi, uni esa ko‘rsatkichni boshqarish klavishalari yoki sichqoncha orqali harakatlantirish mumkin. Sichqoncha ko‘rsatkichi ish rejimi yoki buyruqqa bog‘lik ravishda o‘z ko‘rinishini o‘zgartirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |