Fayllar va papkalar bilan ishlash. Kompyuterning tashqi xotirasiga juda katta hajmdagi ma’lumotlarni joylash mumkin. Bunday katta hajmdagi ma’lumotlarni joylash va ularni boshqarish uchun maxsus tizim ishlab chiqilgan bo‘lib, bu diskning fayl tizimi deb ataladi. Diskdagi ma’lumotlar fayllarda saqlanadi va bu ma’lumotlarni topish uchun uning nomini va joyini bilish kifoya. Fayl tizimining ishini kutubxona ishiga qiyoslash mumkin. Fayllarning barchasini bitta ro‘yxatda saqlash juda noqulay, shuning uchun diskda bir necha kataloglar yoki papkalar yaratiladi va fayllar bu papkalarning ichida saqlanadi. Katalog (papka) ichida yana katalog (papka) ochish mumkin. SHunday qilib, diskdagi kataloglar (papkalar) daraxtga o‘xshab shoxlab ketaveradi. Kompyuterning fayl tizimi bilan ishlash uchun Pusk (Boshla) tugmasini bosib, Windows ning bosh menyusiga kiramiz va undan kompyuter bandini chertamiz. Natijada Sizning kompyuteringizda o‘rnatilgan disklar ro‘yhati bor kompyuter deb nomlangan oynasi paydo bo‘ladi. Kompyuter bu oynadagi disklarni bir necha guruhga ajratish mumkin. Ulardan birinchisi, Sizning kompyuteringizning sistema blokiga o‘rnatilgan mahalliy vinchester turidagi disklar; ikkinchisi esa Sizning kompyuteringizdagi kompyuterdan chiqarib olish mumkin bo‘lgan disklar va uchinchisi mahalliy kompyuter tarmog‘i orqali ulangan, boshqa kompyuterlarda joylashgan tarmoq disklari. Ikkinchi tur disklariga disketalar, kompakt disklar, elektron flesh disklar kiradi.
Diskdagi kataloglar va fayllar ro‘yxati bilan tanishish.
Disklardan birortasini tanlab, sichqonni chertsangiz, bu disk haqidagi ma’lumotlar oynaning chap tomonida paydo bo‘ladi. Disk ustida sichqonni ikki marta chertib, diskdagi kataloglar va fayllar ro‘yxati bilan tanishish mumkin. Agar kataloglarning biri ustida sichqonni ikki marta chertsak, katalog ichiga kiriladi va u erdagi fayllar bilan tanishish mumkin. Katalogdan chiqib ketish uchun oynaning yuqori qismida joylashgan uskunalar panelidagi tugmani chertish kerak. Natijada ekranda oldingi katalog paydo bo‘ladi. Fayl tizimiga o‘zgartirishlar kiritish. Buning uchun maxsus dastur mavjud bo‘lib, bu dasturning nomi Проводник (Boshlovchi) va u Windows menyusining Все прграммы (Barcha dasturlar) bo‘limining Стандартные (Standart dasturlar) qismida joylashgan. Uning ikkita oynasi bo‘lib, birinchisida kompyuterning disklari bo‘ylab harakatlanish mumkin bo‘lsa, ikkinchisida joriy katalogning tarkibi aks etadi. Diskning biror erida yangi katalog (papka) yaratish. Buning uchun avval shu joyga o‘tib olamiz va uning bo‘sh joyida sichqonning o‘ng tugmasini bosamiz. Hosil bo‘lgan kontekst menyudan Создать (YAratish) bandini, undan esa Papku (Katalog) ni tanlaymiz. Natijada yangi katalog paydo 35 bo‘ladi va unga Novaya papka degan nom beriladi. Bu nomni bevosita o‘zgartirish va papka (katalog) ga yangi nom berish mumkin. Biror katalog (papka) yoki faylni qayta nomlash. Buning uchun bu ob’ektni tanlaymiz va sichqonchani uning nomi ustiga olib kelib yana bir bor chertamiz. Natijada nom rangi o‘zgaradi. YAngi nomni kiritib, Enter tugmasini bosamiz. Katalog (papka)ni yangi joyga ko‘chirish. Buning uchun biror ob’ektni tanlaymiz va Ctrl + Insert qo‘shtugmasini bosamiz yoki kontekst menyuni chaqirib, Вырезать (Kesib olish) yoki Копировать (Nusxa olish) lardan keragini tanlaymiz. So‘ngra katalogni o‘tkazish kerak bo‘lgan joyga o‘tib, Shift + Insert qo‘shtugmasini bosamiz yoki kontekst menyudan Вставить (Joyla) ni tanlaymiz. SHunga o‘xshash, bir yoki bir necha fayllarni boshqa joyga ko‘chirish mumkin. Biror katalog (papka) yoki faylni o‘chirish. Buning uchun biror ob’ektni tanlaymiz va Delete tugmasini bosamiz. O‘chirish farmoishini qayta tasdiqlaganimizdan keyin bu ob’ekt nomi ro‘yxatdan o‘chiriladi, o‘zi esa o‘chirilgan ob’ektlar vaqtincha saqlanadigan Korzina (Savatcha) ga jo‘natiladi. Uni keyinchalik, Savatcha ni tozalash paytida qayta tiklash yoki butunlay o‘chirib tashlash mumkin. O‘chirilgan katalog (papka) yoki faylni qayta tiklash. O‘chirilgan ob’ektni qayta tiklash uchun Ish stolidagi Korzina (Savatchaga) sichqoncha bilan ikki marta chertiladi. Savatcha oynasida o‘chirilgan ob’ektlar paydo bo‘ladi. Tiklanishi kerak bo‘lgan fayl yoki papka ustiga sichqoncha o‘ng tugmasi bosiladi. Hosil bo‘lgan kontekstli menyudan Восстановит (Qayta tiklash) bandi tanlanadi va sichqoncha chap tugmasi ikki marta chertiladi. Natijada ob’ekt qaerdan o‘chirilgan bo‘lsa o‘sha joyda yana qayta tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |