Dialog vositalari.
Foydalanuvchining bu vositalariga videomonitorlar (displeylar), pultli yozuv mashinkalari (klaviaturali printerlar) va axborotni nutq orqali kiritish-chiqarish qurilmalari kiradi.
Nutq orqali kiritish-chiqarish qurilmalariga tez rivojlanayotgan multimedia vositalari kiradi.
Nutq orqali kiritish qurilmalariga turli mikrofonli akustik tizimlar, “tovushli sichqoncha”, masalan, murakkab dasturiy ta’minotli va inson tomonidan aytiladigan harflar va so‘zlarni taniy oladigan, ularni solishtirib kodlashtira oladigan qurilmalar to‘plami kiradi.
Nutq orqali chiqarish qurilmalari. Bular turli tovush sintezatorlari bo‘lib, raqamli kodlarni harflarga va so‘zlarga aylantiruvchi hamda kompyuterga ulangan tovush kolonlari yoki qattiq ovoz chiqaruvchi dinamiklar yordamida atrofga tarqatuvchi tizimlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |