Blok tasvir nomi
|
Tasvirning belgilanishi
|
Bajaradigan vazifasi
|
Jarayon
|
|
Bir yoki bir nechta amallarning bajarilishi natijasida ma’lumotning qiymati yoki shaklini o’zgartirish
|
Qaror
|
|
Biron bir shartga bog’liq ravishda algoritmning bajarilish yo’nalishini tanlash
|
Shakl o’zgartirish
|
|
Dasturni o’zgartiruvchi buyruq yoki buyruqlar turkumini o’zgartirish amalini bajarish
|
Avval aniqlangan jarayon
|
|
Oldindan ishlab chiqilgan dastur yoki algoritmdan foydalanish
|
Kiritish-chiqarish
|
|
Axborotlarni qayta ishlash mumkin bo’lgan shaklga o’tkazish (kiritish) yoki olingan natijalarni tasvirlash (chiqarish).
|
Displey
|
|
EXM ga ulangan displey (terminal)dan axborotlarni kiritish yoki chiqarish
|
Xujjat
|
|
Ma’lumotlarni qog’ozga chiqarish yoki qog’ozdan kiritish
|
Axborotlar oqimi
|
|
Turli xil bloklar orasidagi bog’lanishlarni tasvirlash
|
Bog’lag’ich
|
|
Uzilib qolgan axborot oqimlarini ulash belgisi
|
Boshlash-to’xtatish
|
|
Axborotni qayta ishlashni boshlash, vaqtincha to’xtatish yoki tugallash.
|
Izox
|
|
Blok tasvirlarga tegishli izoxlar berish
|
Blok-tasvir ichida hisoblashlarning tegishli bosqichlari ko’rsatiladi va xuddi shu erda xar bir simvol batafsil tushuntiriladi. Xar bir blok o’z raqamiga ega bo’ladi va u tepadagi chap burchakka chiziqni uzib yozib qo’yiladi. Blok tasvirdagi grafik simvollar xisoblash jarayonining rivojlanish yo’nalishini ko’rsatuvchi chiziqlar bilan birlashtiriladi. Ba’zan chiziqlar oldida ushbu yo’nalish qanday sharoitda tanlanganligi yozib qo’yiladi. Axborot oqimining asosiy yo’nalishi tepadan pastga va chapdan o’ngga ketadi. Mantiqiy bloklar ikki yoki undan ortiq oqim chiziqlariga ega bo’ladi. Ulardan xar biri mantiqiy shart tekshirishning mumkin bo’lgan natijalariga mos keladi. Blokka nisbatan oqim chizig’i kiruvchi yoki chiquvchi bo’lishi mumkin. Blok uchun kiruvchi chiziqlar soni chegaralanmagan, chiquvchi chiziq esa mantiqiy bloklardan boshqalarida faqat bitta bo’ladi. Agar blokning uzilishi bitta saxifa ichida bo’lsa, O belgisi ishlatiladi va ikkala tarafga bir xil xarf yoki belgi qo’yiladi. Agar blok-tasvir bir necha saxifaga joylashsa, bir saxifadan boshqasiga o’tish uchun «saxifalararo bog’lanish» belgisi ishlatiladi. Bunda axborot uzatilayotgan saxifadagi blokka qaysi saxifa va blokka borishi yoziladi, qabul qilinayotgan saxifada esa ma’lumot qaysi saxifa va blokdan kelishi yoziladi. Blok-tasvirlar ko’rinishida algoritmlarni ifodalaganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: parallel chiziqlar orasidagi masofa 3 mm dan kam bo’lmasligi, boshqa simvollar orasidagi masofa esa 5mm dan kam bo’lmasligi kerak. Bloklarda quyidagi o’lchamlar qabul qilingan: bo’yi a= 10, 15, 20; eni b= 1.5 x a
Do'stlaringiz bilan baham: |