Dinamik infofmatsion Modellar -DIM – tizimlarning o'zgarishi va rivojlanishi jarayonlarini tavsiflovchi modellar. Masalan, harakatni tavsiflovchi formulalar, organizmlarning rivojlanish sxemalari, kimyoviy reaktsiya tenglamalari.
Obektlar -xususiyatlar va operatsiyalarga bo’linadi. Vaqtning har bir daqiqasida ob'ekt ma'lum bir holatda bo'ladi, bu xususiyatlar to'plami va ularning qiymatlari bilan tavsiflanadi.
Ob’ekt xususiyati quyidagi turlarga bo’linadi:
- doimiy (o'z qiymatlarini saqlab qoladi)
- O'zgaruvchilar (ularning qiymatlarini o'zgartirishi mumkin)
Boshqaruv jarayonlarida information modellar har qanday ikkita ob'ekt doimo o'zaro bir-biriga ta'sir qiladi. Bular – boshqaruvchi va boshqariluvchi. Ular bir-biriga to`g`ri va teskari aloqa orqali bog`langan
Murakkab tizimlarda boshqaruvning axborot jarayonlarini tavsiflovchi modellarga boshqaruv jarayonlarining axborot modellari deyiladi.
Ochiq boshqaruv tizimi boshqaruvchi obekt va boshqariluvchi obektladan iborat va ular o’rtasida boshqaruv kanali mavjud.
Yopiq boshqaruv tizimida boshqaruvch va boshqariluvchi obekt o’rtasida boshqaruv kanali va qayta aloqa kanali orqali ma’lumotlar almashinuvi amalga oshriladi.
Bugungi kunda ilmiy-nazariy meroslarni o‘rganish, tahlil qilish, ularni information model korinishida ham tavsiflash mumkin. O’rganlayotgan ob’ekt sifatida qadimiy manbalarni modellashtirish jarayonlarini xususan, information modellashtirshni ko’rib chiqamiz. Bunda, informatsion modellashtirish jarayonida ularni formallashtirish ya’ni asoslar, dalillar, tasniflash tartiblari, ma'lumotlarni qidirish, ilmiy nazariyalarni modellar yordamida tasvirlanadi Buning uchun “Mohiyat-bog‘lanish» tipidagi model tanlanadi va u predmet sohaning formallashmagan modeli hisoblanadi.
Mazkur model predmet soha ob'ektlarini modellashtirish, ob'ektlar bilan o‘zaro aloqa imkonini beradi. «Mohiyat-bog‘lanish» tipidagi model soddaligi, tabiiy tilni qo‘llash va yengil tushunarlilik modelini loyihalashtirishda predmet soha uchun ma'lumotni yig‘ishda vosita sifatida ishlatiladi.
«Mohiyat-bog‘lanish” turidagi modellarni qurishning bir necha yondoshuvlari mavjud. Barcha yondoshuvlar uchun 3 ta asosiy elementlardan predmet sohani tashkil etuvchilarini, ya'ni mohiyat, atribut va bog‘lanishni taqdim etishda ma'lumotlar grafik diagrammalar yordamida birlashtiriladi.
Masalan: Hattotning tug‘ilgan-yili, kitobning yozilgan-yili, asarning paydo bo‘lgan vaqti va h.k.
<
> umumiy xossaga ega bo‘lgan ob'ektlar to‘plami O(p) ning ob'ekt guruhi deyiladi. Ob'ekt tizimlarida ob'ektiv guruhlar kesishuvchi yoki kesishmas bo‘lishi mumkin.
Elementar holat turi quyidagi ko‘rinishga ega , bu yerda x-ob'ekt guruhi yoki ob'ekt guruhi korteji, y-atribut (ob'ekt guruhlari xossalari to‘plami) yoki n-ob'ektlararo aloqa.
Mohiyat – bu real mavjud ob'ekt, jarayon yoki hodisa haqidagi ma'lumotni tizimda saqlanish zaruriyatidir. Predmet soha modellarining mohiyati sifatida material (asar turi, masalan, toshbosma, qo‘lyozma va b. asar mualliflari, yaratilish sanasi, xajmi, qaysi sohaga taalluqligi) va material bo‘lmagan (tizimdagi ma'lumotlar strukturasida qo‘llaniluvchi hodisalarni ifodalovchi ilmiy maqolalar, referatlar, muammolarning ilmiy ahamiyati, yechimlarni izohlash uslubi, muallifning sahihligi va h.k.) lar ko‘riladi
Masalan, MANBALAR XAZINASIDAGI manbaning keltirib o’tilgan parametrlar bog’lanish modelini yaratish mumkin, ya’ni un information modelnin grafik diagrammasi shakliga keltirish mumkin. ( 1-rasm).
1-rasm. lokal ko‘rinishning grafik diagrammasini
Keltirilgan 1-rasmdagi lokal ko‘rinishning grafik diagrammasini mohiyat modeliga keltiramiz. Masalan, manba tarjimon olim tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lsin. Tarjimon olim va manba o‘rtasidagi bog‘lanish modelini tasvirlaymiz (2-rasm).
Manba va tarjimon olim bog’lanish modeli grafigi keltirilgan. Bu yerda mohiyat turlari – to‘g‘ri to‘rtburchak, atributlar – oval, bog‘lanishlar – romb bilan berilgan; identifikasiyalangan atributlar tagiga chizilgan.
“Mohiyat-bog‘lanish” modelini modellashtirishda quyidagi umumiy qoidalar mavjud:
Asosiy 3 ta konstruktiv element turlari (mohiyat, atribut, bog‘lanish) ishlatiladi;
Har bir alohida olingan loyiha tavsifida axborotning har bir komponenti faqat bitta konstruktiv element bilan modellashtiriladi, ya'ni ishlatilayotgan konstruktiv elementlarning takrorlanishidan qochish kerak.
Predmet sohani modellashtirishda loyihalovchi predmet sohani bir nechta lokal sohalarga ajratadi, har bir lokal ko‘rinishni modellashtirib, so‘ngra birlashtiradi. Masalan, n-ta model' bo‘lsa, ularni birlashtirishni bitta qadam orqali birlashtirishga erishish mumkin (3-rasm).
Kompyuter modelini yaratish bosqichlari quyidagilardir:
Informatsion modelning ta'rif tavsifi (tabiiy tilda)
Formallashtirilgan informatsion model qurish (rasmiy tilda)
Kompyuter modelini yaratish. Dasturlash tilida,
Ilovadan foydalanish
Demak, voqelikdagi narsa va hodisalarning modellarini qurishda alohidalik, xususiylik va umumiylikning munosabatini to‘g‘ri e’tirof etish va ular orqali mohiyat va hodisani ilmiy bilish, mazkur kategoriyalarning metodologik ahamiyatini e’tiborga olishni talab qiladi.
Xozirgi zamon ilmiy bilishida tadqiqot ob’ektlarining murakkabligi va ularni aks ettiruvchi modellarning xilma-xilligi;
ilmiy tafakkur tarzining o‘zgarishi, ya’ni ob’ektlarni yangicha tadqiq etish faoliyatining o‘zgarishi; paradigmalarning o‘zgarishi, ya’ni olamning ilmiy manzarasi chiziqli emas, balki nochiziqli deb tasavvur etilishi va hokazolar. YA’ni, hozirgi zamon ilmiy bilishi va amaliyotida narsa va hodisalarning murakkab tus olishi va bunga mos ravishda modellar turlarining kengayishi, ularni tasniflash masalasini an’anaviy sxemalar yordamida batafsil, aniq, adekvatli hal etish mumkin emas.
Nazorat savollari
Modellashtirish jarayonining bosqichlarini sanab o’ting.
Modellashtirishda qanday talablar bajarilishi kerak?
Ob’ekt xususiyati qanday turlarga bo’linadi?
Kompyuter modelini yaratish bosqichlari qaysilar?
Modellashtirish - bu qanday jarayon?
Voqelikdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilishda keng qo‘llaniladigan usul qanday nomlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |