Jamlovchi jadval - Excel jadvallari bilan solishtirish usulidan foydalanib formalar tuzish.
Formalarni tuzish uchun uni tashkil qiladigan usullardan biri tanlab olingach, muloqot oynasining pastki qismida forma tuziluvchi jadval yoki so‘rov nomi ko‘rsatiladi. Ma’lumki, forma asosan boshqarish elementlaridan iborat bo‘lib, uning tashqi ko‘rinishi shu boshqarish elementlarini rejali joylashtirishga bog‘liq.
SHuning uchun ham formani avtomatik ravishda tashkil qilish (avtoforma yordamida) maqsadga muvofiq. AvtoFormat–MB oynasida «Sozdat» tugmasini bosish bilan «Novaya forma» muloqot oynasi ochiladi. Unda kerakli so‘rov yoki jadvalni tanlab «sichqoncha» chap tugmasini avtoforma turlaridan biri (lentali, jadvalli yoki ustunli) ustida 2 marta bosiladi. Master yordamida forma tashkil qilish esa 4 etapdan iborat:
a) formaga kiritish mumkin bo‘lgan maydonlarni tanlash,
v) formaning tashqi ko‘rinishini tanlash,
s) formaning fon tasvirini tanlash,
d) forma nomini berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |