4. Fanning o‘quv rejasidagi fanlar bilan bog‘liqligi
O‘quv rejasining ijtimoiy-gumanitar fanlar blokiga kirgan barcha fanlar, xususan,o‘zbek tili, falsafa, siyosatshunoslik, ma’naviyat asoslari kabi fanlar bevosita "O‘zbek tilining sohada qo'llanishi" fani bilan bog’liq hisoblanadi. Maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun "O‘zbek tilining sohada qo'llanishi" fani ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan o'zbek tili fani bilan, shuningdek, rus tili, chet tili fanlari bilan qiyoslab o‘rganilgani uchun bu fanlar bilan uzviy aloqadordir. "O‘zbek tilining sohada qo'llanilishi" bo`yicha amaliy mashg‘ulotlarda mutaxassislikka oid atamalar,jismoniy tarbiya va sport sohasida yuritiladigan hujjat turlari bilan talabalarni tanishtirishga katta ayamiyat berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |