O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi



Download 8,49 Mb.
bet2/61
Sana20.08.2021
Hajmi8,49 Mb.
#152707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
2.NAMUNAVIY DASTUR

1-2-semestr

SLAYDLAR


2020 - 2021

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI


Ro‘yxatga olindi
_______________

2020 y “____” __________




TASDIQLAYMAN”

O‘quv ishlar bo‘yicha prorektori

IUK raisi

_______________
____” _____________2020 yil


O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI FANIDAN 1-kurs uchun O‘quv-uslubiy majmuasi


Bilim sohalari:




100 000 – Gumanitar soha







200 000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq







600 000 – Xizmatlar

Ta’lim sohalari:




110 000 – Pedagogika







210 000 – Sotsiologiya va psixologiya







230 000 – Iqtisod







610 000 – Xizmat ko‘rsatish

Ta’lim yo‘nalishlari:




520 0200 – Psixologiya (Sport)







5230200 – Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish







5230 200 – Jismoniy tarbiya va sport menejmenti







5112300 – Maktabgacha va boshlang‘ich jismoniy tarbiya va sport ta’limi







5230400 – Marketing







5610500 – Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)







5610500 – Sport faoliyati (adaptiv jismoniy tarbiya va sport)



CHIRCHIQ -2020-2021
MUNDARIJA


1

АNNOTATSIYA




2

NAMUNAVIY DASTUR




3

ISHCHI O‘QUV DASTURI




4

KALENDAR REJA




5

MUSTAQIL ISHNING TASHKILIY SHAKLI




6

TALABALAR BILIMINI BAHOLASH TIZIMI




7

AMALIY MASHG‘ULOTLARNING TEXNOLOGIK XARITALARI VA USULIY ISHLANMALARI




8

NAZORAT TURLARI BO‘YICHA TOPSHIRIQLAR




9

YAKUNIY NAZORAT UCHUN TEST VARIANTLARI




10

REFERATLAR UCHUN MAVZULAR




11

MAVZULAR BO‘YICHA UMUMIY SAVOLLAR




12

GLOSSARIY




13

ADABIYOTLAR RO‘YXATI




14

JADVALLAR VA SLAYDLAR


















































АNNOTATSIYA

Аnnotatsiya

Mazkur “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanidan tayyorlangan ”Oֹquv-uslubiy majmua” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019- yil 21-oktyabrdagi PF-5850-sonli farmoni, Vazirlar mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatida qo‘llanilishini kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar Dasturi”ga muvofiq ishlab chiqilgan.

Majmuada jismoniy tarbiya va sport mutaxassisliklarining barcha bakalavr yo‘nalishlarida fanning maqsad va vazifalari asosida dastur bo‘yicha olib boriladigan tilning jamiyatda tutgan o‘rni, til va tafakkur, til va ma’naviyat, «Davlat tili» tushunchasi, Davlat tili haqidagi hujjatlar va ularning mazmun-mohiyati, o‘zbek adabiy tili me’yorlari, o‘zbek tilida soha bo‘yicha nutqiy кompetentlikni oshirish; mutaxassislikka oid og‘zaki va yozma nutqida sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalarga soha bo‘yicha egallagan bilimlarni yozma va og‘zaki ravishda o‘zbek tilida ifoda etish usullari, sohada qo‘llanadigan terminlar, asosiy tushunchalar va soha doirasida qo‘llaniladigan hujjatlarning rasmiylashtirilishi, nutq uslublari, xususan, sohada ilmiy va rasmiy uslub imkoniyatlaridan foydalanish, akademik yozuv tushunchasi, jismoniy tarbiya va sport mutaxassisi nutqining kommunikativ sifatlari va kasbiy nutq haqida nazariy ma’lumotlar berilgan bo’lib, ular talabalar uchun tushunarli, sodda, ilmiy atamalar bilan sodda tilda bayon etilgan.

Nazariy ma’lumotlar og’zaki va yozma nutqni rivojlantirishga yo’naltirilgan turli-tuman mashqlar, matnlar hamda turli xil topshiriqlar bilan mustahkamlangan. Ular ta’lim tizimining quyi bosqichlarida talabalarning soha bo‘yicha o’zlashtirgan bilim va malakalarini yanada chuqurlashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladi.Jismoniy tarbiya universiteti talabalarining egallayotgan ixtisosligini nazarda tutib, sport sohasida qo’llaniladigan so’z va birikmalar tahliliga katta o’rin berilgan.

Qo’llanmadan universitetlarning jismoniy tarbiya va sport fakultetlari talabalari hamda soha mutaxassislari foydalanishlari mumkin.
TUZUVCHILAR

1.G‘afforov N.N. – f.f.n.,dotsent.

2.Boltayeva I.T. - f.f.n.,dotsent.

3.Ayxodjayeva M.S. – katta o‘qituvchi.

4.Musayev I.S. – o‘qituvchi



NAMUNAVIY DASTUR















ISHCHI O‘QUV DASTURI





1. O‘quv fani oqitilishi boyicha uslubiy korsatmalar
Ozbek tilining sohada qo‘llanishi” fanini o‘qitishdan maqsad - o‘zbek tilida soha bo‘yicha nutqiy кompetentlikni oshirish; mutaxassislikka oid og‘zaki va yozma nutqida sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalargasoha bo‘yicha egallagan bilimlarni yozma va og‘zaki ravishda o‘zbek tilida ifoda etish malakalarini takomillashtirish; sohada qo‘llanadigan terminlar, asosiy tushunchalar va soha doirasida qo‘llaniladigan hujjatlarning rasmiylashtirilishini ta’minlash, nutq uslublari, xususan, sohada ilmiyva rasmiy uslub imkoniyatlaridan foydalanish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish. Talabalarning o‘zbek tilidan yozma nutqini takomillashtirish va savodxonlikni oshirish hamda kasbiy, ilmiy va maishiy sohalarda faoliyat yuritishlarida kommunikativ kompetensiya (uning tarkibiy qismlari hisoblanuvchi lingvistik, sotsio-lingvistik, pragmatik va boshqa kompetensiyalari)ni shakllantirishdan iborat.

Fanning vazifasi – mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishishni ta’minlash; Kasbiy terminologiyani, egallanayotgan soha bo‘yicha nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalarni o‘zbek tilining yozma va og‘zaki nutqi me’yor va qoidalari asosida mukammal o‘zlashtirishga, nutq xususiyatlarini bilish va ulardan foydalana olish, matn tuzish, uni tahlil va tahrir qilish, sohaviy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish, kasbiy muloqot yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lish va ularga nisbatan shaxsiy munosabatni o‘zbek tili adabiy normalariga muvofiq holda ifodalashga erishishni ta’minlashdan iborat.
2. Fan boyicha talabalarning bilim, konikma va malakalariga qoyiladigan talablar mazmuni
Kunduzgi bo’limning 1-bosqich talabalari "O‘zbek tilining sohada qo'llanishi" fanini oqitish konsepsiyasi shu talabalarning o‘zbek tilida soha bo‘yicha nutqiy kompetentligini oshirish, mutaxassislikka oid og‘zaki va yozma nutqida sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalarga soha bo‘yicha egallagan bilimlarni yozma va og‘zaki ravishda o‘zbek tilida ifoda etish malakalarini takomillashtirish; sohada qo‘llanadigan terminlar, asosiy tushunchalar va soha doirasida qo‘llaniladigan hujjatlarning rasmiylashtirilishini ta’minlash, nutq uslublari, xususan, sohada ilmiy va rasmiy uslub imkoniyatlaridan foydalanish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish nazarda tutiladi.

Talabalarning o‘zbek tilidan yozma nutqini takomillashtirish va savodxonlikni oshirish. boyicha taqozo etiladigan malaka va konikmalar me'yorini belgilab beradi. Bunda oqishda, mehnat jarayonida va oilada, jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni oqish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga oz munosabatini bildirish, ixtisoslik leksikasini ozlashtirish, oz kasbi doirasida davlat tilida ish yurita olish tarzida nutqiy aloqaga kirish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi.

Shu jumladan, kunduzgi bo‘limda tahsil olayotgan talabalarga fanning milliy ma'naviyatni egallash, ozbek xalqining boy tarixi, milliy qadriyatlarini, urf-odatlari va ularni ozida aks ettirgan qimmatli adabiy-badiiy meros bilan yaqindan tanishish, uni oqib organish, milliy an'analar, bayramlar, urf-odatlar asosida shakllangan milliy madaniyat, shuningdek, umuminsoniy qadriyatlarni singdirishga insonparvarlik nuqtai nazaridan yondashishni taqozo etadi.

Kunduzgi bo’lim talabalari oliy ta'lim muassasalarida o'zbek tilining sohada qo'llanilishi ta'limi mazmuni yuqoridagi bilim, ko'nikma va malakalarni o‘z ichiga oladi va bakalavriat yonalishining birinchi bosqichida oz ifodasini topadi.

Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:

• O‘zbek tili imkoniyatlaridan amalda to‘g‘ri foydalanish kompetentsiyasiga, o‘zbek tilini sohada qo‘llash bo‘yicha tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;

• O‘zbek tilida sohaga oid oid atamalarni tushunish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo‘llay olish jarayonlarining xususiyatlarini bilish va ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

• Sohaga oid matnlar bilan o‘zbek tilida tanishish, matn tuzish, uni tahlil va tahrir qilish, sohaviy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish, kasbiy muloqot yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, tizimli tahlil qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.


3. Amaliy mashgulotlar boyicha korsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar multimediya qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor - o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur.

Mashg‘ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Fan dasturi til kafedralari tomonidan ishchi dasturlar, o‘quv-uslubiy majmualar, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar yaratilishiga asos bo‘ladi. Ishchi dastur asosida pedagog xodimlar o‘zlarining kalendar rejalarini ishlab chiqadilar.

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkillashtirishda dasturlarda belgilangan mavzular asosida talabalarning ilmiy va sohaviy ehtiyojlaridan kelib chiqib kengaytirilgan vazifalar belgilab olinadi va ular yuzasidan talabalarga belgilangan vazifani o‘zlashtirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar rejasi tuziladi.

Nutqiy kompetensiyaning tinglab tushunish, gapirish, o‘qib tushunish, hamda yozish ko‘nikma va malakalari darslarda integratsiyalashgan ravishda olib boriladi. Mavzularning mohiyati va mutaxassislik xususiyatlaridan kelib chiqib, mashgulotlarda ma‘lum ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.


4. Fanning oquv rejasidagi fanlar bilan bogliqligi
O‘quv rejasining ijtimoiy-gumanitar fanlar blokiga kirgan barcha fanlar, xususan, o‘zbek tili, falsafa, siyosatshunoslik, ma’naviyat asoslari kabi fanlar bevosita "O‘zbek tilining sohada qo'llanishi" fani bilan bog’liq hisoblanadi.

Kunduzgi bo‘lim talabalari uchun "O‘zbek tilining sohada qo'llanishi" fani ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan o'zbek tili fani bilan, shuningdek, rus tili, chet tili fanlari bilan qiyoslab o‘rganilgani uchun bu fanlar bilan uzviy aloqadordir. "O‘zbek tilining sohada qo'llanishi" bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda mutaxassislikka oid atamalar bilan talabalarni tanishtirishga katta ayamiyat berish lozim.


5. “Ozbek tilining sohada qo‘llanishi” fanidan soatlar taqsimoti (30 soat)



Fanning bo‘limi va mavzusi, mashgulotlar mazmuni

Soatlar

Jami

Amaliy mashg‘ulotlar

Mustaqil talim




1.

O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari. Tilning jamiyatda tutgan o‘rni. Til va tafakkur,til va ma’naviyat. «Davlat tili» tushunchasi. Davlat tili haqidagi hujjatlar va ularning mazmun-mohiyati.


6


2

4




2

O‘zbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi: jamiyatdagi o‘zgarishlar va til rivoji. Tilining ijtimoiy funksiyasining tavsifi va tavsiflanishi. Jamiyatning turli sohalarida o‘zbek tili ijtimoiy funksiyalarining kengayishi. Tilning ijtimoiy funksiyalari kengayishining so‘z semantik strukturasiga ta’siri.

6


2

4




3.

Qadimgi Olimpiada o‘yinlari” matni. O‘zbek adabiy tili me’yorlari Fonetik, leksik-semantik me’yor. Orfografik, orfoepik me’yor. Morfologik va semanrik me’yorlar.

6


2

4




4.

Ozbekiston Milliy Olimpia qomitasi” matni. O‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari. O‘zbek tilida tinish belgilari. Asos va qo’shimchalar imlosi. Qo’shib va ajratib yozish. Bosh harflar imlosi. Ko’chirish qoidalari. Tinish belgilarining qo’llanilishi.

6


2

4




5.

Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi”, “Badiiy gimnastika mashg‘ulotlari” matnlari. Nutq uslublari va ularning xususiyatlari. Nutq uslublarining shakllanishi, turlari. Lingvistik uslubshunoslik. So‘zlashuv uslubi, ommabop, badiiy uslublar.

6


2

4




6.

Bo‘lajak kasbim. “Jismoniy tarbiya va sport” matni. Ilmiy uslub.Sohaviy terminlarning leksik xususiyatlari. Sohaga oid terminlarning turlari. Sohaviy leksikada ma’nodoshlik, shakldoshlik, ko‘p ma’nolilik munosabatlarining namoyon bo‘lishi. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar. Jismoniy tarbiya va sport ixtisosligiga oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlar.

6


2

4




7.

Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning yasalishi. Sohaviy terminlarni qo‘llash xususiyatlari. Sohaviy terminlarning morfologik, sintaktik, semantik usullarda yasalishi. Sohaga oid qisqartmalar. Soha lug‘atlari. «Jismoniy tarbiya va sport atamalarining izohli lug‘ati» dagi jismoniy tarbiya va sport sohasi xos terminlar.

6


2

4




8.

Ilmiy uslubning Grammatik xususiyatlari. Akademik yozuv tushunchasi. Tahliliy, faktik, baholovchi turdagi kasbiy nutq. Soha doirasida belgilangan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib boorish jarayonlari. Maqola, tezis, taqriz, annotatsiya, rezyume matniga qo‘yiladigan talablar. “Fan sportga” jurnalidagi ilmiy matnlar asosida. Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari: kirish, asosiy qism, xulosa, adabiyotlar, perefraza (havola, iqtibos, sitata, abzats)

6


2

4




9.

Yetuk mutaxassis” matni. Mutaxassis nutqining kommunikativ sifatlari. Kasbiy nutq. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisi nutqining ilmiyligi, to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi. Nutqiy kompetentlik. Zamonaviy nutqda uchraydigan tipik xatolar. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisining muloqot shakllari va sportchining nutqiy faoliyati. Sport mutaxassisi muloqot texnikasini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni.

6


2

4




10

Kurashchi qizlar” matni. Sohaga oid taqdimot nutqi. Sohaga oid taqdimot yaratish qoidalari. Taqdimot nutqi. Taqdimot etikasi. Xalqaro loyiha, vebinar, forum kabilar uchun sohaviy nutq tuzish imkoniyatlari. Jismoniy tarbiya o’qituvchisi va sportchi nutqining muloqot texnologiyasi va texnikasi. “Zamonaviy mutaxassis qanday bo’lishi kerak” mavzusida taqdimot tayyorlash.

6


2

4




11

Rasmiy – idoraviy uslub va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Rasmiy uslubning shakllanishi, xususiyatlari. Mustaqillik davrida rasmiy-idoraviy uslubning rivojlanishi. Mustaqillik davrida rasmiy-idoraviy ish uslubida ro‘y bergan leksik, morfologik, sintaktik o‘zgarishlar.

6


2

4




12

Sohada davlat tilida ish yuritish masalalari. Tashkiliy hujjatlar. Rasmiy-idoraviy hujjat turlari. Tashkiliy hujjatlar, ularning zaruriy qismlari. Tashkiliy hujjatlarning zaruriy qismlari. Jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid hujjatlar va ularning rasmiylashtirilishi.

6


2

4




13

Sohaviy farmoyish hujjatlarining xususiyatlari. Farmoyish hujjatlarining turlari. Farmoyish hujjatlarini sohalarda qo‘llash xususiyatlari. Jismoniy tarbiya va sport sohasida farmoyish hujjatlari: Buyruq, buyruqdan ko‘chirma, ko‘rsatma va farmoyish yozilish tartibi.

6


2

4




14

Sportimiz fidoiylari” matni. Sohaviy ma’lumot-axborot hujjatlari. Ma’lumot-axborot hujjatlarining turlari. Ma’lumot-axborot hujjatlarini yuritish tartibi va qo‘llash xususiyatlari. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ma’lumot-axborot hujjatlarining mazmuni, to‘ldirilishi va yuritilishi.

6


2

4




15

Download 8,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish