O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruzalar matni


Kadrlar tayyorlash milliy modeli. Ta'lim sohasini qayta shakllantirish



Download 421,59 Kb.
bet50/71
Sana09.08.2021
Hajmi421,59 Kb.
#143292
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71
Bog'liq
1LadeXLZDGC4PnEUlJYa-nY48VGoN8XR

2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli. Ta'lim sohasini qayta shakllantirish

1997 yil 29 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining „Ta’lim to‘g‘risida“ gi yangi Qonuni va „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“ qabul qilindi.

Ularda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi:

• ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;

• ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

• umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;

• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

• ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

• davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

• ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

• bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;

• ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi belgilandi:

• maktabgacha ta’lim;

• umumiy o‘rta ta’lim;

• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;

• oliy ta’lim;

• oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;

• kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

• maktabdan tashqari ta’lim.



Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy modelini yaratishdan iboratdir. Milliy dasturda, hayotimizning barcha sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta’lim islohotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan. Birinchi bosqich (1997-2001 yillar)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish vazifalari ro‘yobga chiqariladi. Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar)da Milliy dastur to‘liq ro‘yobga chiqadi, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritiladi. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar)da to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlantiriladi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umum-xalq, umummillat ishiga aylandi. Islohotlarga mos ravishda maktabgacha ta’lim faoliyati tubdan o‘zgardi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari: „Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida nizom“, „Davlatga qarashli bo‘lgan bolalar muassasalari to‘g‘risida nizom“, „Uchinchi mingyillikning bolasi“, bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash dasturi ishlab chiqildi hamda hayotga tatbiq etilmoqda. Besh mingga yaqin maktabgacha ta’lim muassasalari hukumat qarori bilan ta’lim tizimi tasarrufiga o‘tkazildi. Xususiy va xonadon bog‘chalar tarmog‘i kengaydi. Respublika bo‘yicha 84 % maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta’lim muassasalarida, xo‘jalik hisobidagi qisqa muddatli guruhlarda, maktablar qoshidagi tayyorlov guruhlari, savodxonlik va boshqa turdagi markazlarda amalga oshirilmoqda. 16 % esa oilalarda maktabga tayyorlanmoqda. 2001-2003 yillarda respublikamizda 6842 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatdi, ularda 608500 nafar o‘g‘il-qizlar tarbiyalandi, 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar xizmatda bo‘ldi. O‘zbekiston hukumati ta’limni rivojlantirish uchun katta mablag‘ ajratmoqda. Birgina 2001 yilda ta’lim xarajatlari davlat budjeti sarf-xarajatlarining 36 %ni tashkil etdi. Ular yangi ta’lim binolari barpo etish, ularni eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va o‘quv mebellari bilan jihozlash uchun sarflandi. 848398 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 2244 ta yangi umumta’lim maktab binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. Umumta’lim maktablari uchun davlat ta’lim standartlari, ularga asoslangan o‘quv dasturlari, darsliklar yaratilib, ta’lim jarayoniga joriy etildi. Ta’lim mazmun va mohiyat jihatidan yangilandi. O‘quv amaliyotiga „Vatan tuyg‘usi“, „Odobnoma“, „Ma’naviyat asoslari“, „Milliy istiqlol g‘oyasi“, „Dunyo dinlar tarixi“, „Huquqshunoslik“, „Sog‘lom oila va nikoh“, „Iqtisodiy bilim asoslari“ kabi bir qator yangi fanlar kiritildi, ular bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklar yaratildi. 2002-2003 o‘quv yiliga kelib umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, ya’ni 1-9 sinflarda o‘qitish to‘laligicha lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida olib borildi. Hukumat o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlashga g‘amxo‘rlik qilmoqda. Shu maqsadda „Maktab kutubxona jamg‘armasi“ tashkil etilib, o‘quvchilar ijara usulida darsliklar bilan ta’minlanmoqda. 2001 yilda davlat budjeti hisobidan „Maktab kutubxona jamg‘armasi“ga 1923 mln so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2002 yilda 6520 mln so‘m ajratildi. Har yili 600 ming nafardan ziyod birinchi sinf o‘quvchilari Prezident sovg‘asi sifatida o‘quv qurollari, darsliklar bilan bepul ta’minlanadi. Prizedent farmoni (2004 yil 19 fevral) va Vazirlar Mahkamasining qarori (2004 yil 9 iyul) asosida maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ishlab chiqildi. Dasturga binoan 2004-2009 yillarda buzib tashlanadigan umumta’lim maktablari o‘rniga yangi maktablar qurish, maktablarni kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash tadbirlari ishlab chiqildi. Shuningdek, dasturda umumta’lim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, maktablarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlash, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshi-rish, ularning mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish tadbirlari aniq belgilab berildi.

2003-yil 19-fevraldagi Prezident Farmoni va 2004-yil 9-iyuldagi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida maktab ta’limini rivojlanlirish Davlat umummilliy dasturi ishlab chiqarildi. Dasturga binoan 2004- 2013-yillarda 9 765 maktabning 4 147 tasida qurilish-ta’mirlash ish- lari amalga oshirildi va 3 225 ta maktab rekonstruksiya qilindi. 424 yangi maktab, sport zallari qurildi. Ayni paytda, maktablarni o‘quv laboratoriya jihozlari, mebellar, kompyuter texnikasi bilan ta’mir- lashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘quvchilar darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanmoqda. 1-sinfga qabul qilingan o‘quv- chilarga Prezident sovg‘asi sifatida 12 nomdagi o‘quv qurollari va o‘quvchi sumkasidan iborat sovg‘alar topshirilmoqda.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining eng muhim, O‘zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdir. 1997—2012-yillar davomida zamonaviy o‘quv- laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 1 537 ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji barpo etildi. Davlat ta’lim standartlari, o‘quv das­turlari ishlab chiqildi, amaliyotga kiritildi va darsliklar yaratildi.

2005-2010 yillarda 7800 tadan ziyod umumta’lim maktablari yangidan qurildi va kapital ta’mirlandi, bolalar sport inshootlari qurilib, foydalanishga topshirildi. 2009-2010 o‘quv yilida respublikamizda 9860 taumumta’lim maktablarida 450 mingga yaqin o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi, 5 millionga yaqin o‘quvchi ta’lim-tarbiya oldi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining eng muhim O‘zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdan iborat vazifa sobitqadamlik bilan amalga oshirilmoqda. 1997-2010 yillarda 1536 dan ortiq akademik litsey va kasb-hunar kolleji barpo etildi. Kollej va litseylar uchun o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi, tajriba-sinovdan o‘tkazildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi, darsliklar yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumta’lim maktab bosqichini va 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim bosqichini o‘z ichiga olgan uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 1999-yilda Toshkent islom universiteti tashkil etildi. 2009-2010 o‘quv yilida 66 ta oliy o‘quv yurti, shu jumladan, 6 ta xorijiy oliy o‘quv yurtlarining filiallari faoliyat ko‘rsatdi. Oliy o‘quv yurtida 850 yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha 300 mingga yaqin bo‘lajak bakalavr va ma-gistrantlar ta’lim-tarbiya olmoqda. 18486 nafar professor-o‘qituvchi talabalarga ta’lim-tarbiya bermoqda, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. 1998-2001 yillarda 131 ta bakalavriat yo‘nalishi, 664 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun qo‘yiladigan talablarni o‘zida mujassamlashtirgan Davlat ta’lim standartlari, ularga mos o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlari yaratildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi. Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati olib borilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish Milliy dasturda belgilangan muhim vazifalardan biridir. 1997 yilda tashkil etilgan „Umid“ jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan 1997-2001 yillarda 785 nafar yigit-qiz rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qish uchun jo‘natildi. Ulardan 519 nafari o‘qishlarini bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi yo‘llanmasi bilan vazirliklar, idoralar, tashkilot va korxonalarda ishlamoqdalar. Toshkentda 2002 yil iyulda Xalqaro Vestminster universiteti, 2006-yilda Moskva davlat universitetining filiali, 2007-yilda Moskva neft-gaz universitetining filiali, 2008- yilda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, 2009- yilda Turin politexnika universiteti tashkil etildi. Ta’lim muassasalarining Yevropadagi ta’lim jamg‘armasi, Germaniyadagi Texnika hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JAIKA - Xalqaro hamkorlik agentligi, Koreyaning KOIKA - Xalqaro hamkorlik agentligi, UNESCO, Jahon banki, TASIS-TEMPUS ochiq jamiyat instituti, AQSH, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Daniya, Xitoy, Gollandiya Oliy ta’lim vazirliklari bilan hamkorligi kengayib bormoqda. Ta’lim ravnaqi uchun 150 mln AQSH dollari hajmida chet el investitsiyalari jalb etildi. Oliy o‘quv yurtlarining yuzlab professor-o‘qituvchilari „Ustoz“ jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishda bo‘lib qaytdilar. O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi Prezidenti V.Shukshinov Prezidentimiz Islom Karimovga „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ning tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida mazkur akademiyaning faxriy a’zosi diplomini topshirar ekan, O‘zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo‘q hujjat, deb ta’rifladi. Ko‘pgina mamlakatlar tomonidan ham O‘zbekistonda yaratilgan ta’lim tizimi „Ta’limning o‘zbek modeli“ deb e’tirof etildi. Mustaqil respublikamizda fan taraqqiyotiga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8- iyuldagi „Ilm-fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida“gi Farmoni hamda VazirlarMahkamasining mazkur farmonning ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan qarori ilm-fan taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublika Fanlar akademiyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorda targ‘ib etuvchi va tarqatuvchi innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi. 1997 yilda Prezident farmoni bilan Xorazm Fanlar akademiyasi qayta tiklandi. Bugungi kunda Respublika ilmiy-tadqiqot majmuasi 362 ta akademik, oliy o‘quv yurtlari va tarmoq muassasalaridan iborat. Ularning 101 tasi ilmiy-tadqiqot instituti, 55 tasi oliy o‘quv yurtlari tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot laboratoriya va bo‘limlari, 32 tasi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi va eksperimental korxonalari, 30 tasi axborot-hisoblash markazlaridir. Fan sohasida 46 mingga yaqin kishi, jumladan, 2,8 ming fan doktori va 16,1 ming fan nomzodi tadqiqot ishlari bilan shug‘ul-lanmoqda. O‘zbekistonlik olimlarning matematika, ehtimollar nazariyasi, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni modellashtirish, informatika va hisoblash texnikasi, astronomiya, geologiya, seysmologiya, genetika, biotexnologiya, kimyo, fizika, ekologiya, tarix, arxeologiya yo‘nalishlari bo‘yicha yaratgan ilmiy maktablari, tadqiqot natijasida erishilgan nazariy va amaliy yutuqlari jahon ilmiy jamoatchiligi tomonidan tan olindi. Respublika olimlari ta’lim muassasalari uchun zamonaviy darslik, o‘quv adabiyotlari yaratishdek dolzarb sohada fidokorona mehnat qilmoqdalar. Mustaqillik sharofati bilan badiiy ijodiyot, badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqida hukmronligidan, illatlardan ozod bo‘ldi. Badiiy adabiyotda milliylik, mingyillik tarixiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Ijodiy faoliyatda mustaqillikni asrab-avaylash, demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish, har tomonlama barkamol insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash, yurtdoshlarimiz ongida milliy istiqlol g‘oyalarini shakllantirish kabi masalalar bosh mavzu sifatida o‘rin egalladi.

Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan etuk insonlar bo‘lib voyaga etishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

2003 yilda mamlakatda 9702 umumta’lim maktablarida 6 mln. 272000 o‘quvchiga 500 ming dan ortiq pedagog o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya bergan bo‘lsa, 51 ta akademik litseylarda 30620 o‘quvchi 419 kasb-hunar kollejlarida esa 285.685 yigit-qizlar hunar egallaganlar. 1991 yili O‘zbekistonda 52 oliygoh bo‘lgan bo‘lsa, 2010 yilda ularning soni 63 taga etgan. 2014 yilda esa hammasi bo‘lib 380 ta maktab, 160 dan ortik kasb-hunar kolleji va akademik litsey tubdan yangilangan. Mazkur maqsadlar uchun qariyb 550 milliard so‘m sarflangan. Ushbu mablag‘larning 120 milliard so‘mdan ortig‘i ta’lim muassasalarini o‘quv, laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter va mul­timedia vositalari bilan ta’minlash uchun ajra tildi-deya qayd etadi Prezident.

2015-2020 yillar oralig‘ida esa 500 ta umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, jumladan, 101 ta yangi maktab barpo etish va 810 ta kasb-hunar kolleji va akademik litseylarni kapital ta’mirlash rejalashtirilganligi xususida ham mazkur kitobda qayd etiladi. Ushbu amalga oshirilayotgan islohotlardan oliy ta’lim tizimi ham mustasno emas, albatta. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov qayd etganidek “2011-2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish dasturi doirasida 19 ta oliy ta’lim muassasasida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha qiymati 230 milliard so‘mlik ishlar bajarildi.

Ta’limga e’tibor, bu madaniyat va ta’limga e’tibordir. “Mamlakatimizda ta’lim soxasini rivojlanti­rish va islox, etishga yunaltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki maxsulotning 10-12 foizini tashkil etayotgani va bu soxaning davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ziyod ekani, bun- day kursatkichlarni dunyoning boshka davlatlarida kamdan-kam uchratish mumkinligi bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YUNISEF, YUNESKO va boshka nufuzli xalkaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilmokda”


Download 421,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish