4. Sud-huquq tizimidagi islohotlar
Sud hokimiyati – uchunchi hokimiyat tarmog’i bo’lib, u qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. Sud tuzimi 5 yil muddatga saylanadi. Sud faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir. O’zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Sudlar to’g’risida”gi qonun asosida sud islohotlari o’tkazildi.
Sud-huquq tizimini yangi asosda barpo etishning dastlabki yillaridan inson huquqlarini himoya qilishning kafolati sifatida advokatura instituti va advokatlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. SHunday qilib, mustaqillikka erishish arafasida va mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab O’zbekistonda davlat va jamiyat hayotini demokratik jihatdan yanada yangilashga va sud-huquq tizimini isloh qilishga kirishildi. Sudlarni tashkil etish, faoliyat ko’rsatish tartibi qonun bilan belgilab qo’yilgan. O’zbekistonda Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar, tuman, shahar sudlariga bo’linadi.
Aslida amaldagi qonunlarga muvofiq mamlakatning amaldagi Prezidenti o’z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy ichida, “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi Qonunga to’liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o’tkaziladi9.”
2007 yilda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan mamlakat prezidenti bir vaqtning o’zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i ekanini belgilaydigan normaning chiqarilishi ushbu davrdagi muhim siyosiy-huquqiy voqealardan biri bo’ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyamizning 89-moddasida “O’zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig’idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi” degan qoida belgilab qo’yilgan10.
Demokratik davlat qurilishida sud hokimiyatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Sud hokimiyati demokratik davlatda mustaqil hokimiyat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106- moddasi.)
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan „Sudlar to‘g‘risida“ gi Qonun asosida sud islohotlari o‘tkazildi. O‘zbekiston tarixida birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tuzildi. Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislardan tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi:
• qonunlarning, Prezident farmonlarining, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarining va boshqa majburiyatlarning O‘zbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
• O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
• O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud tizimining boshqa tarmoqlari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi „Sudlar to‘g‘risida“ va 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan „Jinoiy jazolarni liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, jinoyat-protsessual kodekslari hamda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida“ gi Qonunlar asosida yanada takomillashib bormoqda. Sud ishlarida qonuniylikka amal qilishga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining sud himoyasi huquqi bilan ta’minlanishiga, fuqarolar huquq va erkinliklarining himoyalanishiga e’tibor tobora yaxshilanib bormoqda. Sud hokimiyati qonunning ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda sudlar ixtisoslashtirildi, fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha alohida sudlar tashkil etildi. Sudlar sud qarorlarini ijro etish kabi o‘zlariga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod qilindi. 2008 yil 1 yanvardan mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilindi, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga o‘tkazildi. Demak, mamlakatimizda jinoiy jazolashning eng insonparvar huquqiy tizimi tashkil etildi. Muxtasar aytganda, O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik-respublika boshqaruv tizimi qaror topdi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bir-biriga daxlsiz holda faoliyat yuritmoqda.
2000 yil yangi tahrirda “Sudlar to’g’risida” qonun qabul qilindi. Konstitutsiyaning 106-moddasiga binoan Sudlar har qanday hokimyat organlaridan mustaqil holda o’z faoliyatini olib boradi
Mamlakatimizda sud tizimi islohotlari 2 davrga bo’linadi:
1991-2016 yillar 2) 2017 yildan keyingi davr
1-davrda sudyalar vakolati 5 yil bo’lgan
2008 yil 1-yanvardan O’zbekistonda o’lim jazosi bekor qilinadi
2017 yil 21 oktabrdagi Sh. Mirziyoyev farmoniga binoan sudyalarni vakolat muddati 1-martada 5 yil, 2-marotaba tayinlanishda 10 yil, 3-marta tayinlanganda umrbod deb belgilandi
2017 yil 21 fevralda Shavkat Mirziyoyevning “Sud tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorlogini oshirish chora-tadbirlari” to’g’risida farmonlari chiqadi. Farmonga binoan:
Oliy Sud va Oliy xo’jalik sudi yagona Oliy Sudga birlashtirildi
Harbiy sudlari Qurolli Kuchlar tarkibidan Oliy Sud tizimiga o’tkazildi
2017 yil prezident 2700 mahkumni (956 tasi jazoni ijro etuvchi koloniyalardan) avf etdi
Do'stlaringiz bilan baham: |