4. Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʼrni hamda nufuzini ortib borishi
Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʼrnini yaxshilash borasidagi davlat siyosati, huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi.
Barchamizga maʼlumki, bugun dunyo hamjamiyatidagi har bir davlat xalqaro maydonda oʻzining munosib oʻrnini egallashga, mavjud salohiyatlarini yana-da yuksaltirishga intiladi. Shu jumladan, mamlakatimiz ham bugun dunyoning nufuzli indikatorlari tizimida oʻzining oʻrnini egallashga, koʻrsatkichlari darajasini ijobiy tomonga siljitishda barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Shu o‘rinda mavzuga oid yana bir ma’lumot: Prezidentimizning 2018 yil 13 iyuldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda eng muhim xalqaro reytinglarni va tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda oxirgi ikki yilda egallab turgan mavqeini chuqur o‘rganishni ta’minlasin”, deya qayd etilgan edi. Bu esa O‘zLiDeP uchun ham nihoyatda muhim masalalar sirasiga kiradi. Zero, Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga joriy etish borasida mas’uliyatni his etayotgan siyosiy kuch, partiyamizning asosiy elektorati bo‘lgan tadbirkorlar esa investitsiyalarning kirib kelishidan bevosita manfaatdor qatlamdir.
Shuningdek, Prezidentimizning 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ham partiyamiz kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqqan. Xususan, O‘zbekistonning global raqobatbardoshlik reytingi va boshqa xalqaro reytinglarda qatnashishi va unda mamlakatimizning egallagan o‘rnini yaxshilab borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; mamlakatda qulay biznes va investitsion muhitni shakllantirish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikning amaliyotga tatbiqi ustidan kuchli parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatish; iqtisodiyotni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan masalalar yuzasidan xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhlari tomonidan alohida eshituvlar tashkil etish; hamkor tashkilotlar bilan birgalikda markazda va joylarda qulay biznes va investitsion muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini tashkil etish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish; tadbirkorlar, fermerlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish kabi ishlarga alohida e’tibor qaratilishi belgilangan.
Xususan, davlatimiz rahbarining 2019-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chor-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy obroʻsini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini xolis va haqqoniy baholashni taʼminlash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar buning isbotidir.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi mavqeini ko‘tarish, ko‘rsatkichlarning xolis va haqqoniy baholanishini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimizning joriy yil 25 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, respublikamizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashni ta’minlash yo‘llari atroflicha belgilab berildi.
Mazkur hujjatga muvofiq boshqa vazifalar qatorida 3 ta asosiy yo‘nalishda ish olib borilayotgani alohida e’tiborga molik. Ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |