O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruzalar matni


-MAVZU: O’ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI



Download 382,59 Kb.
bet81/98
Sana01.07.2021
Hajmi382,59 Kb.
#106342
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   98
Bog'liq
O'zbekistonning yangi tarixi - Maruzalar matni 181020102837

13-MAVZU: O’ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI

REJA.

1. O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishi

2. O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi.

3. O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi



  1. Faol tashqi siyosat: O‘zbekistonnning jahon hamjamiyatiga tobora integratsiyalashuvi va rivojlanish startegiyasi.


Tayanch tushunchalar: Tashqi siyosat, BMT, MDH, SHHT, Yevropa Ittifoqi, Markaziy Osiyo, Integratsiya, Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi
1. O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishi

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz chet davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan teng huquqlilik asosida diplomatik, savdo, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hamkorlik qilish yo‘lini tutdi. Xususan 2010 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston dunyoning 120 dan ortiq davlati bilan diplomatik aloqalari o‘rnatdi. Toshkentda 42 ta davlat elchixonasi, 1 ta bosh konsulxona, 9 ta faxriy konsullik, 10 ta xalqaro tashkilot vakolatxonasi, 5 ta xalqaro moliyaviy tashkilot vakolatxonasi, 3 ta savdo tashkiloti vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda.

Eng muhim voqealardan biri 1992 yil 2 martda O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘ldi. 1993 yil BMT Bosh Assambliyasining 48-sessiyasida Prezident I.A.Karimov ma’ruza qildilar. 1995 yil BMTning 50 yilligi munosabati bilan Bosh Assambleyaning tantanali yig‘ilishida asosiy e’tibor bu tashkilotning faoliyatini yanada kengaytirish bilan bir qatorda, yana mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, ekstremizm, terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash masalalariga qaratildi. SHu bilan birga Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari uchun o‘ta dolzarb masala Orol muammosining ko‘tarilishi muhim ahamiyat kasb etdi.



SHu bilan birga O‘zbekiston jahon jamoatchiligini tashvishga solayotgan xalqaro muammolardan biri bo‘lgan terrorizm, uyushgan jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish, diniy ekstremizm masalalariga o‘z e’tiborini qaratdi. Davlatimiz rahbari o‘tgan vaqt davomida dunyoning ko‘pgina notinch mintaqalarida, jumladan, Afg‘oniston hududida ildiz otgan diniy aqidaparastlik va terrorizm xavfidan jahon jamoatchiligini birinchilardan bo‘lib ogoh etdi. 1993 yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida, 1995 yil 2 martida Kopengagendagi xalqaro konferensiyasida bu borada o‘z takliflari bilan chiqdi.

1995 yil 15 sentyabrda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan Toshkent seminar kengashida, 1995 yil 24 oktyabrda BMTning 50 yilligiga bag‘ishlangan maxsus tantanali yig‘ilishda, 1999 yil 18 noyabrda EXHTning Istanbul sammitida, 2000 yili BMT Bosh Assambleyasining sammitida va boshqa nufuzli anjumanlardagi chiqishlarida O‘zbekiston rahbari I.A.Karimov Afg‘onistonning dahshatli vayronkorlik kuchiga ega xalqaro terrorizm o‘chog‘iga aylanib qolganidan dunyo jamoatchiligini ogohlantirdi. Bu xatarning oldini olish bo‘yicha ko‘plab amaliy choralarni taklif qildi.

Birinchi galda xalqaro terrorizmga qarshi kurashda barcha davlatlarni birlashishga da’vat etdi. Aynan ushbu g‘oyaning amaliy natijasi o‘laroq 2001 yil 28 sentyabrda BMT Xavfsizlik kengashi doirasida terrorchilikka qarshi kurash qo‘mitasining tashkil etilishi bilan u amalda o‘z ifodasini topdi. Afg‘oniston mintaqa va xalqaro xavfsizligiga eng katta xavflarddan biri ekanligini ta’kidlab, uzoq yilladan buyon ushbu masala yuzsidan ilgari surilib kelinayotgan 6+2 dasturini 6+3 ga aylantirish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu tashabbusi I. Karimovning 2008 yil 3-4 aprel kunlari NATO ning Buxaristdagi samitida ilgari surildi.

O‘zbekiston Respublikasi NATO ning kollektiv xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» loyihasini 1994 yilning iyulida imzoladi hamda 1995 yilning iyul oyida ushbu dasturga qo‘shildi. 1995-2001 yillar mobaynida «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturi doirasida o‘tkazilgan harbiy o‘quv mashqlarida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari bo‘linmasining tinchlikni saqlash kuchlari o‘ndan ortiq harbiy o‘quv mashqlarida qatnashdilar.

O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning 1999 yil 23-25 aprel kunlari AQSH ga hamda NATO ning 50 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etishi mamlakatimizning ertangi kuni uchun muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston - NATO munosabatlariga va uning «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturida hamkorlik qilish, bu NATOga a’zo bo‘lish emas. O‘zbekiston - NATO munosabatlarining asl mohiyati davlatimizning xavfsizligi va tinchligini ta’minlash, qolaversa mintaqada barqarorlikni qaror toptirish uchun shart-sharoitni imkon qadar kengaytirish va mustahkamlashdan iborat ekanligini ta’kidlandi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning "Tinchlik yo‘lida hamkorlik" Dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda O‘zbekistonning ishtirokini kafolatladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, "NATO bilan hamkorlik qilish harbiy-siyosiy voqealardan xabardor bo‘lib turish, bu uyushma doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ishlanmalardan bahramand bo‘lish uchun imkon beradi". NATO Bosh kotibi X.Solana va AQSHning NATOdagi doimiy vakili R.Xanterning O‘zbekistonga tashriflari O‘zbekiston va mazkur tashkilot o‘rtasidagi tinchlik yo‘lidagi siyosatining hamohang ekanligini ham ko‘rsatdi.

1992 yil 26 fevralda O‘zbekiston yana bir nufuzli tashkilot EXHT ga a’zo bo‘ldi. SHu bois 1994 yildan O‘zbekistonning EXHTdagi vakolatxonasi Venada, 1995 yildan esa EXHTning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalari bo‘yicha byurosi Toshkentda faoliyat yuritmoqda. 1999 yilda ushbu byuroga EXHTning mintaqadagi markazi maqom berildi. Markaz faoliyati nazariy jihatdan siyosiy-harbiy, iqtisodiy-ekologik va inson xuquqlari kabi sohalarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

O‘zbekistonning 1996 yil Lissabon Sammitida ishtiroki respublika rahbariyatining xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etishga ham imkon berdi. Anjumanda O‘zbekiston xavfsizlik muammosiga doir o‘z qarashlarini bayon etish huquqiga ega bo‘ldi. Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli zona deb e’lon qildi. 1999-yil 18-19-noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat rahbarlari uchun Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuvda Prezident xalqaro terorrizmga qarshi markazini tuzish taklifi bilan chiqdi.

1996 yilning boshlarida O‘zbekistonda Britaniya Kengashi bo‘limining ish boshlashi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytarish yo‘lidagi yangi qadam bo‘ldi. O‘zbekistonning Niderlandiya, Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, SHveysariya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, CHexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Evropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o‘rnatildi va kengayib bormoqda. SHveysariyaning Altendorf shahrida O‘zbekiston Savdo uyining ochilishi muhim voqea bo‘ldi. Bu maskan bugungi kunda savdo uyigina bo‘lib qolmay, O‘zbekistonning Evropa va jahonda biznes va savdo markazi hisoblanadigan mamlakat - SHveysariyadagi vakolatxonasiga ham aylandi. 1995 yil oktyabrda Jenevada "O‘zbekistonda xususiylashtirish: hamkorlik uchun imkoniyatlar" mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. SHu yil noyabr oyida esa Londonda o‘tgan "O‘zbekistonda biznes" konferensiyasida iqtisodiy islohotlarning xususiyatlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston jahon iqtisodiyotida integratsiyalashish yo‘lidan borib, Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashuv tashkiloti va boshqa moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. SHu bilan birga O‘zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT ning bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi kabi yana bir qancha tashkilotlarga a’zo bo‘ldi.

O‘zbekiston 2001 yilning iyun oyida «SHanxay xalqaro hamkorlik tashkiloti» ga a’zo bo‘ldi. Unga Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘izston va Tojikiston Respublikalari ham doimiy a’zodirlar. Bugungi kunda izchil faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro siyosiy-iqtisodiy tashkilotlar xaqida so‘z yuritilganda, shubhasiz, birinchi navbatda SHanxay Hamkorlik Tashkiloti tilga olinmoqda. Dastlab “SHanxay beshligi” deb nomlangan bu tashkilotga 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lib qo‘shilgach, “SHanxay Hamkorlik Tashkiloti” deb ataladigan bo‘ldi. Ayni paytda unga Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izston Respublikalari rasman a’zodirlar.

Tashkilotning “Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida SHanxay konvensiyasi” imzolangan bo‘lib, 2002 yil iyulida Sankt-Peterburgda u yanada mustahkamlandi. 2003 yil may oyida Moskva SHXTning tashkiliy organlari, ramzlari tasdiqlanib, O‘zbekiston Tashkilotining yangi raisi etib belgilandi. 2003 yil sentyabrda Pekinda “SHHTga a’zo davlatlarning 20 yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi” qabul qilinib, mahsulot, kapital, xizmat va texnologiyalar erkin aylanishi shartlari belgilab olindi, SHHTning moliyaviy byudjeti ko‘rildi. 2004 yil iyundan Tashkilot to‘la ravishda ishga kirishdi. 2005 yil iyulida Ostona sammitida Mongoliya, Hindiston, Pokiston va Eron kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi. 2010 yilda Toshkentda o‘tkazilgan navbatdagi anjuman a’zo davlatlar tashqi siyosatida muhim voqea bo‘ldi.

O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlarida boshlab chet mamlakatlar bilan teng huquqli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan e’tiboran mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga kirishga intila boshladi. Jumladan mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan mamlakat bu Turkiya respublikasi edi. 1991 yil 16-19 dekabr kunlari O‘zbekiston davlat delegatsiyasi Turkiyada bo‘ldi. Safar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya jumhuriyati o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to‘g‘risida shartnoma, konsullik vakolatxonalarini ayirboshlash to‘g‘risida Protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, axborot ayirboshlash, televidenie va radio eshittirish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida protokollar va boshqa hujjatlar imzolanadi.


Download 382,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish