O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruzalar matni


O’zbekistonda ijtimoiy islohotlarining yangi bosqichiga ko‘tarilishi



Download 382,59 Kb.
bet58/98
Sana01.07.2021
Hajmi382,59 Kb.
#106342
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   98
Bog'liq
O'zbekistonning yangi tarixi - Maruzalar matni 181020102837

2. O’zbekistonda ijtimoiy islohotlarining yangi bosqichiga ko‘tarilishi.

2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarida SHavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasining yangi Prezidenti etib saylandi. Ushbu siyosiy voqea davlatimiz tarixida yangi davrni boshlab berdi. O‘zbekiston va uning xalqi demokratik, ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ydi.



Prezident SHavkat Mirziyoev o‘z rahbarlik faoliyatini xalq bilan muloqot va inson manfaatlariga e’tibor berishdan boshladi. Ayniqsa uzoq yillar mobaynida etilib qolgan ko‘plab muammolarni hal qilish, xususan korrupsiya, rahbarlar faoliyatiga tanqidiy tahlil asosida yondashish, har bir rahbarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, xalqning dardu- tashvishlari bilan yashash, oddiy insonlar murojaatlari bilan ishlash tizimini shakllantirish, inson omiliga e’tibor masalalari shular jumlasidandir. Ayniqsa joylarda xalq bilan ishlashning eng ta’sirchan mexanizmi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq qabulxonalari”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidetining Virtual qabulxonalari” tashkil etildi. 2017 yil mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e’lon qilindi. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya kundalik ish mezonimizga aylandi14

2017 yilning 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi. Farmonda belgilangan strategiya loyihasi va unda ko‘zda tutilgan muhim strategik masalalar respublikamiz ekspertlari hamda keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tdi.

Strategiya loyihasi o‘ta dolzarb, ya’ni aholinining turmush tarzini yanada yaxshilash masalalarini kompleks o‘rganish, davlat boshqaruv tizimini isloh qilish, mamlakatda qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan edi. Harakatlar strategiyasini kelajakda beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirish ko‘zda tutildi. Ular quyidagilar:

Birinchi ustuvor yo‘nalishda davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish, xususan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish;

Ikkinchi ustuvor yo‘nalishda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;

Uchinchi ustuvor yo‘nalishda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;

To‘rtinchi ustuvor yo‘nalishda mamlakatda ijtimoiy sohani rivojlantirish;

Beshinchi ustuvor yo‘nalishda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi muhim vazifalar belgilandi.

 Ma’lumki so‘ngi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi. Xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Inson va uning manfaatlarini ko‘zlab ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishi bu, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. YA’ni davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirishga e’tibor qaratdi.

Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan dastur bu ikkinchi yo‘nalish hisoblanadi. YA’ni sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish belgilab berildi. Uning muhimligi shuningdek sud tizimini isloh qilish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.


Download 382,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish