To‘qqizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishdir. O‘zbekistonda o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayangan holda mahalliy hokimiyat boshlig‘i bo‘lgan hokim instituti joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari kengashlari bo‘lib, ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladilar. Konstitutsiyaning 99-104- moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari belgilab berilgan. Konstitutsiyada fuqarolik jamiyati qurishning muhim omili bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzish tartiblari belgilangan. 105- moddada: „Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi“, deb belgilab qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |