I. BOB. TERMINALOGIYA MASALALARINING HOZIRGI ZAMON
ILMIY ADABIYOTLARDAGI NAZARIY TALQINI
1.1
Terminologiya masalalari bo’yicha ilmiy adabiyotlar tahlili
Hozirgi paytda dunyo tilshunosligining diqqat markazida turli xil mavzular
bilan birga terminologiya ham turibdi. Aynan shu davrda zamonaviy tilshunoslik
fanida yanada keng ma’no kasb etgan va chuqurroq o‘rganilayotgan
“terminologiya”ni topish mushkul vazifalrdan biri hisoblanadi.
Terminologiya – maxsus leksikani o‘rganuvchi fan bo‘lib, terminlarning
kelib chiqishi, shakli, ma’nosi, vazifasi va qo‘llanilishi kabilarni o‘z ichiga
qamrab oladi. Terminologiya zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning aktual
yo‘nalishlaridan biridir. Hozirgi vaqtda terminologiya masalasining o‘sib borishi,
bir tomondan, ilm-fanning dinamik rivojlanishi tufayli yangi tushunchalarning
ko‘payib borishi sababli deb qaralsa, ikkinchi tomondan, terminlarning shakllanish
jarayoni, rivojlanishi va funksiyasi kabi masalalarning yetarli darajada
o‘rganilmaganligi bilan bog‘liq hodisa deb izohlanadi.
5
Terminalogiya har bir til so’z boyligining juda kata qismini tashkil etadi.
Uning juda tez rivojlanishi ham bejiz emas, chunki u yangi so’zlar yasash imkonini
beradi. Biror tilning terminologiyasi ko’p terminlar tizimidan tashkil topgan.
Bilim, sanoat yoki madaniyatning biror maxsus sohasidagi biror so’z yoki so’z
birikmasi termin deb ataladi. Termin ifoda etayotgan biror so’zning mazmuni
mavzuli biror adabiyotda izohlash orqali talqin qilinadi. So’z ifodasi lingvistik
termin deb hisoblanishi mumkun deb yozgan edi Z. Xarris va I.F. Frizyslar.Ular
deskriptiv lingvistika tarafdorlaridan bo‘lib, so‘z ifodasini quyidagicha
ta’riflaydilar: “So‘z ifodasi insonning har qanday nutqi bo‘lib, u sukutdan oldin
yoki keyin ifoda etilishi mumkin”. Fanning har bir bo‘limi yoki maktabi o‘z tabiati
va metodlariga moslab maxsus terminologiyani rivojlantiradi. Bunday maxsus
terminologiya ilmiy izlanishning muhim qismi bo‘lib, o‘ta muhim ahamiyatga ega.
Chunki u rivojlanishga katta hissa qo‘shadi.
5
КимВ.Н., КимТ.С. Cоциально-политическаятерминология.–Т., . 2009. C. 5.
12
Теrmin so’zi аslidа lotincha “terminus” so’zidan olingan bo’lib “chek”,
“chegara” degan tushunchalarni bildiradi. Terminshunoslik, olimlar hаm unga
ta’rif berayotga vaqtda, atrof muhitni ya’ni tabiatni xarakterlashda uning anashu
lug’aviy ma’nosini inobatga oladilar. Biroq anashu chek chegarani belgilab
olishda, undan anglashiladigan tushunchani xarakterlashda xilma-hillik sodir
bo’lmoqda.
U fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos so‘z
hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va terminlar majmui
deganma’nolarni anglatadi. Termin so‘zi o‘rnida ba’zan atama, istiloh so‘zlarini
ishlatish hollari uchrabturadi. Ammo bu to‘g‘ri emas. Atama termin so’ziga
nisbatan tor tushunchani ifodalaydi. “Atama”, “atamashunoslik” kabi tushunchalar
umumxarakterda bo‘lganligi e’tiborga olinmadi. Chunki, “atama” deyilganda
terminologiyaga aloqasi bo‘lmagan onomastika (toponimiya, antroponomiya,
oykonimiya kabilar)ga aloqador leksik birliklar ham tushuniladi.Istiloh so’zi esa
arabchadir. Uni xalq tushunmaydi va meyorga aylangan emas. Terminologiya
masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib
kelgan.Chunki terminlarning sohalar lug‘aviy qatlamlaridagi o‘rni va vazifasini
belgilash, tushunchaning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash imkonini beradi.
Termin va terminalogiyaning u yoki bu kabi muammoli masalalari
yechiminitopish fan va texnikaning tegishli sohalari uchungina emas, balki
tilshunozlik uchun ham muhum ahamiyatga egadir.
Terminalogiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o’zaro
munosabatda bo’lgan terminlar tuzimini o’zida ifoda etadi. Terminologik tizmlar
fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib bormoqda.
Terminlar paydo bo’lib qolmaydi, aksincha, ularning zaruriyati anglangan
holda o’ylab topiladi, ijod qilinadi. Shuningdek oddiy so’zdan farqli ravishda,
terminning ma’nosi kontekstga bog’liq bo’lmaydi, maxsus so’z-termin o’z
terminlik ma’nosida va o’z terminologik maydonida qo’llanar ekan uning
hardoimgi ma’nosi saqlanib qolinaveradi.
13
Yangi texnika vositalari qaysi sohaga ko‘proq kirib kelgan bo‘lsa, shu soha
terminologiyasi to‘xtovsiz ravishda kengayib bormoqda. Ana shunday sohalardan
biri bugungi kitobatchilik ishi bilan shug‘ullanuvchi poligrafiya-nashriyotchilik
sohasidir. Mazkur soha taraqqiyotiga e`tibor bersak, bu sohaga texnik vositalarning
kirib kelishi, asosan, yigirmanchi asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Lekin uning eng
taraqqiy etgan davri bugungi kundagi holatidir. Hozirgi zamonaviy poligrafiya-
nashriyotchilik tarmog‘i hujjatlarni tayyorlash va ularning nusxalarini ko‘paytirish,
kitob holiga keltirish jarayonlarini o‘zida mujassamlashtirgan texnik vositalar
qo‘llanadigan etakchi sohalardan biriga aylandi. Natijada, ushbu soha
terminologiyasiga juda ko‘plab yangi tushunchalar va ular bilan birga yangi ilmiy-
texnikaviy terminlar ham kirib kelmoqda.
Lekin B.N.Golovin “terminologiya” va “terminologik tizim” ifodalarini
professional faoliyat sohalaridagi aloqador bir biri bilan tushunchaviy leksik-
semantik, so’z yasalishi va grammatik darajalarda bog’langan terminlar majmui”
ni bildiruvchi sinonimlar sifatida ishlatishni taklif qiladi. Boshqa mualliflar esa,
aksinch “terminologiy” va “terminalogik tizim” tushunchalarini farqlash
lozimligini uqtirishadi, ya’ni “terminalogiya” tushunchasi ostida stixiyali tarzda
to’planib boruvchi terminlar majmuini , “terminologik tizim” deganda esa inson
bilimlari yoki faoliyatining ma’lum bir ixtisoslashgan sohasini tasvirlovchi
tushunchalar tizimini adekvat ifodalovchi tartibga solingan terminlar majmuini
tushunishni taklif etishadi.
Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning
muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan,
nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi.
A.Reformatskiy terminga ta’rif berar ekan, “... terminlar – bu maxsus so‘zlardir”
degan xulosaga keladi. A.V.Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan
so‘zlarni “maxsus leksika” deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi.
1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi.
2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham
kiradi.
14
U o‘z fikrini davom ettirib, “Termin bilan professionalizmlar o‘rtasidagi farq
shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi
tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning
ifodasidir, nomidir, professionalizm esa biror kasb, mutaxassislik, ko‘pincha jonli
tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan
yarim rasmiy so‘zdir”,-deydi.
Ma’lumki, har bir fan sohasining rivojlanish va takomillashuv darajasi shu
soha terminologiyasining qay darajada taraqqiy etganligi, shuningdek, tartibga
solinganligi kabi belgilar bilan ham uzviy bog‘liqdir.
6
Chunki ilmiyadabiyotda
qo‘llanadigan termin yoki uning ifoda shakli aniq va ravshan bo‘lmas ekan, unda,
albatta, chalkashlik, noaniqlikkabi salbiy holatlar saqlanib qolaveradi. Shu bois,
V.P.Danilenko ta’kidlaganidek, har bir fan yoki sohaning taraqqiyot ko‘rsatkichi
shu soha terminologiyasining «qat`iy ilmiy terminologiya»ga ega ekanligi bilan
ham belgilanadi. V.P.Danilenko bu erda «qat`iy ilmiy terminologiya»
tushunchasini biron bir sohaviy terminologiyaning mazkur fan sohasi taraqqiyoti
bilan uyg‘unlashuvi, sohaviy terminologiyaningayni sohaga oid tushunchalarni
ifodalashdagi hamohangligi, yaratilgan va muomalada bo‘lib turgan
terminologiyaning muayyan fan tili bilan mos kelishi kabi holatlarni nazarda
tutadi.
7
Terminlarning «aniqligi va qat`iylashishi shu millatning fani, maorifi,
madaniyati darajasini ko‘rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi
fanning har xil sohalarida turlicha bo‘lib, ma’lum fanning taraqqiyotiga bog‘liq.
Bu taraqqiyot to‘xtovsiz bo‘lgani uchun yangi atamalarning kelib chiqishi, tartibga
tushishi ham uzluksiz bo‘ladi. Umuman, onatilida atamalarning puxta ishlanishi,
tartibga solinishi darslik va qo‘llanmalar tuzish uchun ham, ona tilida dars olib
borish uchun ham zarur bo‘lgan manbadir. Atamalarning ishlanmaganligi va
tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir ko‘rsatadi».
8
6
Nurmonov A. Hozirgi O‘zbek adabiy tili. –T.: Sharq, 2002. –B. 62-63.
7
DanilenkoV.P. Русскаятерминология: Опитлингвистичекого описания. -M.:Наука, 1977. -S.157.
8
Abdurahmonov G‘., Mamajonov S. O‘zbek tili va adabiyoti.-T.: O‘zbekiston, 2002.-B. 84-85.
15
Terminologiya voqelikni tushunishning ma’lum bir belgilangan sitemasini
ifodalab, intelektual aloqa kanalining biri hisoblanadi.Vinogradovning fikriga
ko’ra “Terminlarni yaratish va belgilashning ikki tomoni, ikki nuqtai nazari
mavjud: til strukturasi va tushunish, semantic shartli ravishda ilimdagi u yoki bu
tushunish sistemasining rivojlanishi”
9
deya izoh beradilar.
Tilshunoslikda terminlarning o‘zgarishi hamda yangiterminlarning paydo
bo‘lishi fan va texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Bu haqda tilshunos olim
L.I.Bojno quyidagilarni ta’kidlaydi: «Texnikataraqqiyoti ta’sirida terminologiya
o‘zaro aloqador ikki qonuniyat asosida, birinchidan, ilmiy-texnika progressi
qonuniyatlari bilan, ikkinchidan, til rivojlanishining umumiy qonuniyatlari bilan
bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi»
10
. Texnik malakaning endilikda ma’lum tor
doiradan chiqib, ommaviy xarakterga ega bo‘layotganligi va turli sohalarning
mutaxassislari kundalik faoliyatida fan va texnika yutuqlaridan keng
foydalanayotganligi terminlarga bo‘lgan yuksak talab bilan uning hozirgi holati
orasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etishni talab etadi. Chunki hayotda fan va
texnika taraqqiyoti qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lsa, uni egallash, boshqarish
va taraqqiy ettirish uchun terminlar ham shunchalik muhim ahamiyatga molikdir.
Shu jihatdan, terminlarni tartibga solish juda katta ilmiy va ijtimoiy ahamiyatga
egadir.
D.S. Lotte qanday kategoriyadagi so‘zlar terminlashishi mumkinligi haqida
gapirib: “texnikada quyidagi tushunchalarni anglatuvchi asosiy kategoriyalar
terminlashadi: jarayonlar (hodisalar); texnika predmetlari (materiallar, qurollar,
asboblar, detallar va h.k.); xossalar; hisobiy tushunchalar (parametrlar, geometrik
obrazlar va h.k.); o‘lchov birliklari”
11
, A.V. Kalinin esa termin bilan kasb-hunar
so‘zlariningbir-biridan farqli ekanligini quyidagicha asoslashga intiladi: “termin –
bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy
bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir,
9
В.В. Виноградов, «Вопросы языкознания»1961, стр.3-10
10
ВоджноЛ.И. Научнотехническая терминология из обектов изучение закономерностей розвитие языка //
Филологическая наука. 1971. – с. 103.
11
Лотте Д.С. Основы построения научно-технической терминологии. Вопросы теории и методики. М., 1961.
– с. 29.
16
nomidir, kasb-hunar so‘zlari esa – biror kasb, mutaxassislik o‘rtasida ko‘pincha
jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega
bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir”
12
.
T.S. Kogotkova bu fikrga yana ham oydinlik kiritib “Mahalliy ishlab
chiqarishning biror sohasi dialektal so‘zlari jamini ishlab chiqarish – kasbkorlikka
oid leksika deb ataymiz”
13
debta’kidlaydi.
Rus tilshunosligi va tarjimashunosligida esa bu masala chuqur tadqiq ostiga
olingan va samarali natijalarga erishilgan. Jumladan, Т.S. Shulyukina
14
o‘z
tadqiqot ishida iqtisodiy terminlarning o‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiy terminlar
tarjimasining muqobilligi, terminlarning ekvivalentini topish muammolari,
kognitiv model kabilarni o‘rganib chiqqan va tahlilga tortgan.
J.V.Lesnikova
15
“Способы перевода терминов с английского языка на
русский (на материале экономических текстов)” nomli ishida umuman
terminologiya, terminlarning xususiyati va tilshunoslikdagi o‘rni, terminlarni
tarjima qilish masalalari, vositali va vositasiz tarjima kabilartahlilostigaolingan.
Tahlil rus va ingliz tilidagi iqtisodiy terminlar tarjimasiga bag‘ishlangan.
Е. V.Kinchina
16
“Когнитивные аспекты перевода экономических
терминов: На материале английского и русского языков”. Bunda kognitiv
tilshunoslik terminologik muammolarning aspekti sifatida o‘rganilgan. Iqtisodiy
terminlar tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot ishi ingliz
va rus tilidagi manba asosida bo‘lganligi sababli unda ingliz tilidan rus tiliga
o‘zlashgan terminlar ishning asosiy negizi sifatida ko‘rilgan.
А.S. Каplina
17
“Межкультурные особенности экономического текста и
трудности его перевода”. Bu tadqiqotda iqtisodiymatnning xususiyatlari,
matnlarning ekvivalentligi va adekvatligi ustida izlanishlar olib borilgan.
12
Калинин А.В. Лексика русского языка:, 1971. – с. 141.
13
KоготковaT.S. K вопросуoпроизводственно-профессионаьной лексиккгoвoрa и соотношенииee с
терминологической лексикой летературного языка // Диалектная лексика 1969. – Лелинград: Наука,
1971. – с. 4.
14
Шулюкина Т. С. К вопросу перевода экономических терминов (на материале английского и русского
языков).- М., 2011.
15
Лесникова Ж.В. Способы перевода терминов с английского языка.-М., 2010
16
Кинчина Е. В. Когнитивные аспекты перевода экономических терминов.-К., 1999.
17
Каплина А.С. Межкультурные особенности экономического текста и трудности его перевода.-М., 2012.
17
Tadqiqotchining fikricha, iqtisodiy matnlarning asosiy maqsadi kogniti va axborot
yetkazish bo’lib, buning uchun turli iqtisodiy terminlardan, qisqartmalardan
foydalaniladi. Ba’zi elementlarni tarjima qilishda adekvatlikka erishish uchun
transformatsiyalardan foydalanish kerakligini qayd etadi.
I.V. Streletskaya
18
“Языковые особенности перевода экономических
текстов с английского языка на русский” nomli tadqiqot ishida iqtisodiy
diskursga alohida bob ajratilib, chuqur tahlil ostiga olingan. Unda diskurs
tushunchasi, iqtisodiy diskurs va iqtisodiy diskursning o‘ziga xos xususiyatlari
o‘rganilgan. Qolgan boblarda iqtisodiy matnlar leksik birlik, grammatik
birlikhamda stilistik – uslubiy birliklarga bo‘linib tadqiq qilingan. Leksik
birliklarnitahlil qilishda terminlar va maxsus leksika tarjimasi,
umumiste’moldagi leksikatarjimasi, abbreviaturalar, akronimlar va korxona-
tashkilot nomlari kabilarko‘rib chiqilgan. Uslubiy birliklarda esa
frazeologizmlar va klishelar, metaforalar tarjimasi tadqiq qilingan.
О.V.Dovbishning
19
“Английская
финансовая
терминологияи
проблемыее перевода на русский язык (На материал его довых финансовых
отчетов зарубежных компаний)” da moliyaviy hisobot terminlar tizimi o‘ziga
xos matn janri sifatida o‘rganilgan. Tadqiqotga korxonaning yillik moliyaviy
hisoboti manba bo‘lib xizmat qilgan.
Termin borasida turlicha nuqtai-nazar yo’q emas, jumladan I.V. Arnold,
M.V. Nikitin, A.A. Ufimseva va boshqalar talqinida termin so’zning o’ziga xos
turidir. “Ideal terminmonosemantik” bo’lmogi darkor va o’z soxasida ishlatilganda
mikro-kontekstga “qaram” emas. Uning ma’nosi o’zgarishsiz qolaveradi, agarki
yangi kashfiyot paydo bo’lib, uning tushunchasi yoki raferentini o’zgartirmasa.
Kontekstan anchagina mustaqil bo’lgan termin kontekstual ma’noga ega
emas. Uning faqatgina yagona am’nosi denotative ma’nosidir. Termin mazmun va
morfologik tartib o’rtasidagi yakka moslashuvga ega. Termin o’z sohasi doirasida
qo’llanilganda,
emotsional
bunyodkorlikka
ega
bo’lmaydi.
Bunday
18
Стрелецкая И.В. Языковые особенности перевода экономических текстов с английского языка на
русский. - М., 2012.
19
Довбыш О.В. Английская финансовая терминология и проблемы ее перевода на русский язык.-М., 2003.
18
bunyodkorlikga ya’ni konnotatsion yoki stilistik bunyodkorlikka ega bo’lishi
uchun o’z sohasi doirasidan tashqaridan boshqa terminologik tizim a’zolari bilan
qo’shib ishlatilishi kerak va ko’pincha adabiy va so’zlashuv nutqida ishlatiladi.
Biroq bu mahalda terminlik vazifasini yo’qotadi va uning denatatsion ma’nosi ham
o’zgaradi. U oddiy bir so’zga aylanib qoladi. Fanning har bir bo’limi yoki maktabi
o’z tabiati va metodlariga moslab maxsus terminalogiyani rivojlantiradi. Bunday
maxsus terminologiya ilmiy izlanishning muhum qismi bo’lib, o’ta muhum
ahamiyatga ega. Chunki u rivojlanishga katta hissa qo’shadi.
Ilmiy terminalogiyaning (jumladan ingliz tili va o’zbek tillari) masalalarini
ishlab chiqishda rus tilini ilmiy terminalogiyasiga bag’ishlangan maxsus tatqiqotlar
muhum ro’l o’ynamoqda.
Bu borada talantli terminshunoz, terminologik tatqiqotlar tashabbuskori D.S.
Lottening ishlari alohida diqqatga sazovordir. Bu o’rinda shuni qayt etish kerakki,
D.S. Lottening ishlari ingliz tili va o’zbek tilshunozligi ve terminologiyasi uchun
ham xuddi ana shuday ahamiyatga egadir. Chunki uning asarlarida ilmiy
terminlarni tartibga solish va termin yasash kabi eng dolzarb masalalar o’z
ifodasini topgandir.
D.S. Lotte terminologik tizimini yuzaga keltirishda qator usullar mavjud
ekanligini ko’rsatib beradi. Bu esa inliz terminshunozligi uchun ham birdek
muhum hisoblanadi. U ilmiy terminlar yasashning quyidagi usullarini ko’rsatib
o’tgan:
1. Umumiy funksional o’xshashlik, tashqi o’xshashlik yoki o’zaro
bog’liqlik asosida ko’chirish yo’li bilan mavjud terminlarning yoki umuman
taomildagi so’zlarning ma’nosini o’zgartirish
2. Turli affiks (suffiks, infleks) larni ishlatib mavjud so’zlardan yangi so’z
yasash
3. Mavjud bo’lgan mustaqil so’z va o’zaklarni (bular ba’zan qisqargan
bo’lishi mumkun) bir-biriga qo’shish yo’li bilan yangi qo’shma (ko’p o’zakli) soz
hosil qilish
19
4. Birikma terminlarini hosil qilish, ya’ni ikki yoki bir necha mustaqil
so’zlarni mavjud bo’lgan biror sintaktik forma vositasida doimiy qo’llash
D.S. Lotte tomonidan ko’rsatib o’tilgan termin yasash usullari ingliz va
o’zbek terminshunozligida ham o’zining amaliy tadbig’ini topmoqda. Qayd etish
kerakki, uning “ilmiy terminalogiyani barpo etishning asoslari” , “ilmiy
terminlarning qisqa formalari” , “uch elementdan iborat ilmiy terminlarni yasash
va ularni imlosi” nomlari bilan e’lon qilingan asarlari to’plamlari nafaqat rus
tilining, balki boshqa tillar terminologiyasining nazariy masalalarini ishlab chiqish
va shu asosiy milliy terminologiyani vujudga keltirishda ham qimmatli manba
bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Malumki, ilmiy terminologiyada bag’ishlangan
ishlarning deyarli barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini
anglatadigan definitsiyaga ega bo’lgan va asosan, nomimativ funksiyani
bajaradigan birikmalar termin hisoblanadi deb qaraladi. Keyingi paytlarda qaysi
so’z turkumlarini termin deb hisoblash borasida munozara yuzaga kelgan.
Lotte o’z ishlaridan birida qanday kategoriya so’zlaning terminlashishi
mumkunligi haqida shunday deb yozadi;
“Fanlarda quyidagi tushunchalarni anglatuvchi asosiy kategoriya
terminlashadi, hodisa jarayonlari, predmetlar, hossalar, hisobiy tushunchalardir”
Taniqli terminshunoz G.O. Vinokur o’zining asrlaridan birida shunday deydi:
“Muayyan ilmiy tushunchalarni ifodalovchi so’zlar terminologik vazifani
bajarishiga qarab, albatta, abstrakt nom shaklini, terminlar harakat nomlarining
majmuidan emas, balki narsa va harakat tushunchalari nomlarining muayyan
tizimidan iboratdir”. Shuning uchun predmetlar, sifatlar harakatlar haqida ilmiy
tushunchalarni ifodalovchi yagona lesik-semantik vositalar bo’lib so’zning tom
ma’nosida otlar maydoniga chiqadi.
Biz ham shu fikrga tomoman qo’shilishimiz va faqat ot turkumiga oid
so’zlargina terminologiya obyekti bo’la oladi deb hisoblaymiz. Boshqa so’z
turkumlariga kelsak, agar ular termin tarkibiga strukturaviy komponent bo’lmasa
ular muayyan tushunchaning harakat qilish jarayonida nomoyon bo’ladi.
20
Ba’zan shunday fikr yuritiladiki, zamonavi tilshunozlik doirasida
termonologiya murakkab sohadir. Bunga o’xshash fikrlar asosiz ekanligiga
ishonch xosil qilish murakkab masala emas. Terminologiya izlanishlari har qanday
ilmiy aniqlikka tayangan holda tasdiqlangan fikrlarga va maxsus lug’atlarga ta’sir
ko’rsatmaydi. Tilshunozlikda qo’llaniladigan barcha terminlar esa faqatgina tilning
ilimiy tatqiqodlarida foydalanish o’rinlidir. Chunki bu kabi terminlar shu sohada
ish olib borayotgan tilshunozlar uchun qiziq va tushunarli. Til haqida fikr
yuritilganda tilshunozlikda qo’llaniladigan so’zlaning ko’p qismi ishlatilmay
qolingan holatlar kuzatilmaydi umuman olganda an’anaviy gramatikadagi maxsus
terminlar zamonaviy tilshunozlikdagi terminlarga qaraganda mavhumroq.
Tilshunozlar ma’lum bo’lgan nomutaxasislikdagi terminlarni o’zgartiradi yoki
to’ldiradi.
Birinchidan, ko’pgina an’anaviy terminlar ilimiy tushunchalarni ifodalashda
yetarli darajada aniq emas. Ikkinchidan zamonaviy tilshunozlikning o’zining
yo’nalishida tilning umumiy teoriyasi va strukturasi zamonaviy va an’anaviy
gramatika orqali sezilarli o’zgardi.
Hozirgi terminologik lug’atlarda maxsus va an’anaviy atamalar keng
ko’lamda batafsil tushuntirish, aniq izohlar berish masalalari asta sekin joriy
etilmoqda.
Terminologiyada shuni ko’rishimiz mumkunki, tilda nomoyon bo’lgan
maxsus terminlarni noto’gri tushunish va birma’nolik masalalariga yo’l
qo’yilmoqda.Terminologiyaning tartibga solinishi nafaqat ilmiy sohada, balki
ijtimoiy hayotda ham ahamiyati katta bo‘lgan masaladir.
Biror fan sohasining terminologiyasi o’z terminlarining butun bir majmuasi
emas, balki u aniq bir tizim bo’lib tushunchalarni ifoda etuvchi tizimdir.
Terminologik tizimlarning bir-birini kesib o’tuvchi o’qlar kabi bir vaqtning o’zida
bir necha terminologik tizimlarga kirishi mumkun. Agar terminlarning manosi va
ularning talqini o’zgarmas bo’lib keladigan bo’lsa yoki bir bilim sohasi ularga ega
bo’lmasa unda bu zarar emas. Qaramaqarshi fenomenon ya’ni terminlar
sinonomiyasi ba’zi-bir sabablarga ko’ra xavfli emas.
21
Ma’lumki, terminologiya masalalari ilmiy-texnik ishlab chiqarish, kasb-
hunar, har xil tarmoqlar leksikasi, ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga tegishli
so‘z va iboralarni qamrab oladi, bu tushunchalar tarixi xalq hayoti, uning moddiy
va ma’naviy jihatlari bilan bog‘liq hamda ularning barchasini tadqiq qilish, tilning
mulkiga aylantirish hozirgi davr tilshunosligi oldida turgan, kechiktirib bo‘lmas
tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir.
T.S. Kogotkova bu fikrga yana ham oydinlik kiritib“Mahalliy ishlab
chiqarishning biror sohasi dialektal so‘zlari jamini ishlab chiqarish – kasbkorlikka
oid leksika deb ataymiz”
20
deb ta’kidlaydi.
O’zbek tilda terminologik tizimlarni o’rganishda hozirgi kunda katta
ahamiyat berila boshladi. Ona tilimizga davlat tili maqomi berilishinva uning jahon
miqyosiga chiqa boshlashi munosabati bilan tilimizning xalqaro obro’si ortib
bormoqda.
Umuman olganda, terminalogik tizmlar boshqa til tizmlaridan farqli ravishda
ilmiy tushunchalarni tasniflash, sistemalashashtirish va belgilash jarayonida
yuzaga keladi. Terminalogiyaning tizimli ekanligini til doirasidan chiqmay turib
asoslab bo’lmaydi. Terminologiyadagi tizmlilik, birinchi navbatda, ilmiy bilimning
o’zi tizimli ekanligi va iyerarxik tarzda tuzilganligi bilan aloqador. Keltirib o’tilgan
fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkunki, “terminalogiya” va “terminalogik
tizim” tushunchalarini farqlash lozim.
Haqiqatan ham, terminlarga munosabatda soha mutaxassislari va
terminshunos olimlar hamkorlikda ish olib borib, o‘zgartilayotgan yoki
alamashtirilayotgan terminlarning sodda, ixcham, eng muhimi, xalqqa tushunarli
bo‘lishini ta’minlash ishiga bosh qo‘shishlari ayni muddao bo‘lur edi. Har bir
xalqning asriy tajribasini o‘zida mujassam qilgan ona tilidagi lisoniy boyliklarni
asrab qolish, ularni ilmiy tahlil qilish, keyingi avlodlarga etkazish hozirgi fan
oldida, xususan, tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, “Xalqning
20
KоготковaT.S. K вопросуoпроизводственно-профессионаьной лексиккгoвoрa и соотношенииee с
терминологической лексикой летературного языка // Диалектная лексика
1971. – с. 4.
22
milliy madaniyativa o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tili”
21
da
mavjud bo‘lgan so‘z va iboralarni, atamalar va leksik boyliklarni o‘rganish hamda
lisoniy meros sifatida ilmiy tahlilini olib borish bugungi kunda eng dolzarb
masalalardan biridir. A.A.Potebnya termin so’zini “keyingi ma’no” deb atagan va
“u tilshunoslikning o‘rganish ob`ektiga kirmaydi, uni boshqa fanlar o‘rganadi”
22
deb ko‘rsatilgan terminologik leksika uzoq davrlargacha alohida nominativ birlik,
atama sifatida tilshunoslikda tadqiq qilinmadi. Terminlarga munosabatda,
terminologik tizimini yangilash, o‘zgartirishva takomillashtirishda tilning
rivojlanish qonuniyatlariga, uning lug‘aviy tizimini me`yorlashning o‘ziga xos
ob`ektiv talablariga, mezon, ilmiy o‘lchov hamda tamoyillariga amal qilgan holda
ish tutish g‘oyat muhimdir.
Filologiya
fanlari
doktori,
G‘.
Abdurahmonov
shundayyozadi:
«Atamalarning aniqligi va qat`iylashishi shu millatning fani, maorifi, madaniyati
darajasini ko‘rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xil
sohalarida turlicha bo‘lib, ma’lum fanning taraqqiyotiga bog‘liq. Bu taraqqiyot
to‘xtovsiz bo‘lgani uchun yangi atamalarning kelib chiqishi, tartibga tushishi ham
uzluksiz bo‘ladi. Umuman, ona tilida atamalarning puxta ishlanishi, tartibga
solinishi darslik va qo‘llanmalar tuzish uchun ham, ona tilida dars olib borish
uchun ham zarur bo‘lgan manbadir. Atamalarning ishlanmaganligi va tartibga
solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir ko‘rsatadi». Demak, terminologiyaning
tartibga solinishi nafaqat ilmiy sohada, balki ijtimoiy hayotda ham ahamiyati katta
bo‘lgan masaladir.
H.Bektemirov va E.Begmatovlar o‘zlarining “Mustaqillik davriatamalari”
kitobida shunday yozadi: “Tilga xohlagan so‘zni kiritaverish, undan xohlagan
so‘zni xohlagan paytda chiqarib yuborish mumkin deb hisoblash xato fikrdir. Til
hayotiga, nutqiy amaliyotga aralashishning o‘rni, me`yori va buning darajasini
bilish hamda o‘sha asosda ish ko‘rish ilmiy terminlarni tartibga solish va
takomillashtirishning eng to‘g‘ri yo‘lidir”.
21
Karimov I.A. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. –Toshkent: O‘zbekiston, 1999. – B. 19.
22
Потебня А. А. Из записок по русской грамматике 1958. – с.19
23
O`zbek tili terminshunoslik sohasining hozirgi darajasi, ilmiy qiymati
bevosita rus hamda boshqa xalqlar terminshunoslarining ishlari bilan chambarchas
bog‘liq. Shu jihatdan qaraganda, N.A.Baskakov, L.A.Bulaxovskiy, G.O.Vinokur,
V.V.Vinogradov, A.A.Reformatskiy, D.S.Lotte, S.A.Chapligina, T.L.Kandelaki,
V.P.Danilenko
kabi
o`nlab
terminshunos
olimlarning
ishlari
o`zbek
terminshunosligining qaror topishiga o`zining katta hissasini qo`shdi.
Turkiy xalqlar tilshunoslarining, jumladan, M.Sh.Gasimov, B.U.Oruzbaeva,
R.A.Urekenova, F.S.Faseev kabi olimlarning ishlari ham o`zbek terminologiyaning
rivojiga ulkan hissa bo`lib qo`shildi.
Ma’lumki, tilshunoslikning eng dolzarb, g‘oyatda murakkab, ham nazariy,
ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan sohasi terminologiyadir. XX asrning 30-yillari
o‘zbek tilining ko‘plab terminologik lug‘atlari tuzilib nashr etildi. Shu jarayonda
terminlar tarixi, terminlarning ma’no va mavzu guruhlari, grammatik tuzilishi va
yasalishi, taraqqiyot yo‘li va boyish manbalari haqida nazariy masalalari ham
ishlab chiqildi. Ulug‘ Tursunov, birinchilardan bo‘lib, o‘zbek tiliterminologiyasi
masalalariga oydinlik kiritishga harakat qildi va ushbu masalaga bag‘ishlabasarlar
yozdi: «Til-terminologiyada burjuaziya intilishlariga qarshi», «O‘zbek
terminologiyasi masalalari», «Terminologiya masalalari», «O‘zbek adabiy
tilidao‘z-terminlar tanlash prinsiplari» kabilar. Bu asarlarda terminlarni hosil
qilish, to‘plash, tartibga solish, unifikatsiyalash va nashr etish sohasidagi turli xil
qarashlar va tushunchalar haqida mulohaza yuritiladi. Bundan tashqari,
terminologiya sohasida ro‘y bergan va ro‘y berayotgan chalkashliklar yaqqol
ko‘zga tashlana boshlashi ta’kidlanadi. Masalan, bir tushunchaning turlicha atala
va yozila boshlashi; aniq va ixcham terminlar o‘rniga uzundan uzoq izohlarning
berilishi; termin yaratishda ona tili imkoniyatlaridan kam foydalanish; o‘zbek
terminologiyasini boyitishdagi manbalardan biri tashqi omilga turlicha yondashish
faktlari mavjudligi ko‘rsatildi.
Prof. U.Tursunovning terminologiya masalalariga baqishlangan asarlarida
ikki muammo alohida o‘rin tutadi:
1. Terminlarning qo‘llanilishi.
24
2.Terminologiyaning boyish manbalari.
Terminlar qo‘llanilishi haqida fikr yuritar ekan prof. U.Tursunov ularni uch
guruhga ajratib tahlil qiladi: a) bir sohada qo‘llaniladigan terminlar; b) har xil
sohada qo‘llaniladigan terminlar; v) termin hamoddiy so‘z sifatida qo‘llaniladigan
terminlar.
O’zbek terminologiyasi haqidagi prof. U.Tursunovning fikrlari bugungi
tilshunosligimiz
uchun ham
muhim
ahamiyat
kasb
tadi.K.M.Musayev
terminologiyani tilning leksikasi sifatida go‘yo bir shaharga qiyoslaydi. Uning
fikricha, terminologiya yagona reja asosida qurilsa-da, lekin birdaniga barpo
etilmaydi. U tarixiy shart-sharoit asosida shakllanadi, uni yaratishda har xil
avlodga mansub bo‘lgan turli me`morlar, loyihachilar, kashfiyotchilar ishtirok
etadi. Ular har bir qurilayotgan inshootni yaxshi o‘rgangan holda barpo etadilar.
Terminologiyani tartibga solishdagi o‘ziga xos murakkablik ham shu bilan
belgilanadi.
23
Shu bilan birga N.A.Baskakov
24
, N.K.Dmitriyev
25
, F.S.Faseyevlarning
26
,
keyinchalik turkiy tillar materiallari asosida terminlarni o‘rganish bo‘yicha
B.U.Oruzbayeva
27
, R.A.Urekenova
28
, M.Sh.Gasimovning
29
ishlarini ko‘rsatish
mumkin.
O`zbek tili terminologiyasining rivojiga salmoqli hissa qo`shgan
olimlardanbiri professor Renat Doniyorov hisoblanadi. Uning “O`zbek tili texnik
terminologiyasining ayrim masalalari” (1977) kitobida o`zbek tili texnik
terminologiyasini tartibga solish, undagi qator chalkashliklarning oldini olish kabi
masalalar o`rin olgan. Mazkur ish texnikterminologiyani tadqiqqilish ishiga katta
hissa bo`lib qo`shildi deyish mumkin. N.Ikromova o`zining “O`zbek taomlari
leksikasi” ishida esa o`zbek taomlari nomlarining lisoniy xususiyatlari haqida so`z
yuritadi.Shu bilan birga, o`zbek tili leksikasi masalalari “Hozirgi zamon o`zbek
23
Мусаев К. М. Формирование, развитие и современные проблемы терминологии. 1986. -с.163.
24
Баскаков Н.А. Современное состояние терминологии в языках народов СССР.1959. –с. 27 .
25
Дмитриев Н.К. Грамматическая терминология в учебниках родного языка.1955.
26
Орузбаева Б.У. Словообразование в кыргызском языке. – Фрунзе, 1964.
27
Урекенова Р. А. Образование терминов в казахском языкеб. Алмата. 980.
28
Гасымов М.Ш. Основы терминологии азербайджанского языка.: Автореф. дис. – Баку, 1972;
Azerbajchan dili terminolokijasinin asaslari. – Baku: 1973.
25
tili”
30
, “Hozirgi o`zbek adabiy tili”
31
kabi tadqiqotlar va darsliklarda ham o`z
ifodasini topgan. 1981-yilda O`zFA Til va adabiyot institutining bir guruh
tilshunos olimlari tomonidan “O`zbek tili leksikologiyasi” nomli yirik ish
maydoniga keldi. O`zbek tilshunosligida leksik qatlamlarni qiyosiy o`rganish
masalalari bo`yicha ham ancha ishlar qilinganini kuzatish mumkin. Bu borada
I.Ismoilovning 1966 yilda nashr ettirgan monografiyasi muhim ishlardan biri
sanaladi.
32
Muhimi shundaki, mazkur ishda o`zbek va uyg`ur tillardagi qon-
qorindoshlik terminlarilarining paydo bo`lishi va amalda qo`llanish me`yorlari
atroflicha tahlil etilgan. D.X.Bazarova va K.Sharipovalar tomonidan “O`rtaOsiyo
va Qozog`iston turkiy tillari leksikasining taraqqiyoti” deb nomlangan yirik
tadqiqot maydonga kelganligini ham ta`kidlash o`rinli. Unda Markaziy Osiyo
hududidagi turkiy tillarda qo`llanilgan zoologik terminlar tadqiqot obyekti qilib
olingan. H.Dadaboyevning “XI-XI U asrlar turkiy tillar yozmayodgorliklaridagi
ijtimoiy-siyosiy va sotsial iqtisodiy terminologiya”
33
mavzusida yaratilgan
tadqiotida o`zbek tilidagi, jumladan, turkiy tillardagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-
iqtisodiy terminologiyaning paydo bo`lishi va tildaqo`llanish mummolari atroflicha
o`rganilgan. Unda ayniqsa, O`rta Osiyo hududidagi turkiy xalqlar tillaridagi yurt,
ulus, baliq (“shahar” ma`nosida), yasaq (“huquq, qonun” ma`nosida), ordu, qazi,
og`riliq, jaza, yug`rush (“vazir” ma`nosida) kabi yuzlab ijtimoiy-siyosiy terminlar
ishlatilganligi, Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`otit turk”, Yusuf Xos
Hojibning “Qutadug`u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat al-haqoyiq”,
Zamaxshariyning “Muhaddimat al adab”, Sayfi Saroiyning “Guliston bi-t-turkiy”,
Qutbning “Xisrav va Shirin”, Rabg`uziyning “Qissasi Rabg`uziy” kabi asarlaridan
olingan terminlar misollar bilan isbotlab berilgan. Shu bilan birga, terminlarning
paydo bo`lish tarixiga, ularning yasalish qonuniyatlariga hamda boshqa tillardan
o`zlashtirilgan terminlar hisobiga boyishi masalalariga ham alohida e`tibor
berilgan.
30
Tursunov U. Muxtorov J, Rahmatullayev Sh. Hozirgi o`zbek tili (morfologiya, leksika). – Toshkent, 1971.
31
Shoabdurahmanov Sh., Asqarova M., Hojiyev A., Rasulov I., Doniyarov X. Hozirgi o`zbek adabiy tili. –
Toshkent, 1980.
32
Ismoilov I. Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari .-Toshkent, 1966.
33
H.Dadaboyev. XI-XI U asrlar turkiy tillar yozma yodgorliklaridagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy
terminologiya . –Toshkent, 1991.
26
Albatta, bunday o‘zgarishlar o‘zbek tilining ish ko‘rish doirasini
kengaytirib,uning leksik tarkibini yangi-yangi ilmiy va texnik terminlar bilan
boyitdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |