O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI
O’ZBEK MAQOMI TARIXI VA NAZARIYASI FANIDAN
Kurs ishi
MAVZU: XORAZM TANBUR CHIZIG`I
Bajardi: “Cholg`u ijrochiligi ” kafedrasi
2-kurs talabasi Shermurotov Fayozbek
Ilmiy rahbar: katta o`qituvchi Djurayeva
L.Sh San,fan.fal.dok.(PhD0
TOSHKENT - 2022
REJA:
Kirish
Asosiy qism
Xorazm tanbur chizig’i
Komil Xorazmiy va uning avlodlari
Xulosa
Kirish
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad, yurtimizda sog‘lom va barkamol, bilimli, yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan avlodni shakllantirishdan iborat. Aynan ana shu maqsadga erishish uchun mamlakatimiz yangi davrda yashaydigan, yangicha fikrlaydigan, yangi ishlab chiqarish, ijtimoiy sharoitlarda faoliyat ko‘rsatadigan, dini, millati, irqidan qat’i nazar zamonaviy kasbiy mahoratga ega bo‘lgan, respublikamizda inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyat qurilmoqda. Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim sharti etib belgilangan1ligi fikrimiz dalilidir.
Uzoq ming yilliklar tarixi shundan dalolat beradiki, o‘zbek milliy davlatchilik tarixi eng avvalo ma’naviyat-ma’rifatning jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaganligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu azaliy an’anaga mustaqillik yillarida ham alohida e’tibor berilishi juda ahamiyatli bo‘ldi. Qayd etish lozimki, istiqlolning dastlabki davrlaridanoq madaniyatning metodologiyasi o‘zgardi. Agarda, sho‘rolar mustabid tuzimi davrida madaniyatning asosiy vazifasi jamiyat a’zolarining kommunistik mafkura va soxta g‘oyaga e’tiqodini mustahkamlashga safarbar etish bo‘lsa, istiqlol davrida uning maqsadi tamomila o‘zgardi.
Xo‘sh, bular nimalarda ko‘rindi? Xususan, eng avvalo, mamlakat hukumati, Prezidentning ma’naviy-ma’rifiy omillarga nisbatan munosabati shakllandi. Jumladan, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustivor yo‘nalishi, deb hisoblandi. Joylarda ma’naviyat bilan bog‘liq ishlarning amalga oshirilishi uchun butun mas’uliyatni hokimlar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmalariga yuklatilishi juda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.
Ikkinchidan, ma’naviyati yuksak millat va davlatnigina kelajagi buyuk bo‘lishi mumkin ekanligi to‘g‘risidagi ijtimoiy fikr shakllana boshlandi. Darhaqiqat iqtisodiy-siyosiy omillarning har qanday davlat, millat hayotidagi o‘rni va roli kattadir. Biroq, ma’naviy omillargina jamiyatda sodir bo‘lgan barcha muammolarni hal etishga qodir omil ekanligi endi haqiqatdir.
Uchinchidan, ma’naviyat va ma’rifat jamiyatni poklantiruvchi kuch ekanligi e’tirof etilmoqda, zero sho‘rolar mustabid tizimi davridan qolgan yaramas «ma’naviy» merosdan poklanmasdan turib istiqlolga xizmat qiladigan, fuqarolar qalbi va ongini yangilashga qodir ma’naviyatni shakllantirish mumkin emas edi.
To‘rtinchidan, istiqlol davri O’zbekiston jamiyati ma’naviyatining eng muqaddas maqsadlaridan biri – o‘tmish tarixiy-madaniy, ilmiy, ahloqiy-mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlariga sho‘ro davrida tarkib topgan munosabat kabi «illat» sifatida emas, aksincha, jamiyatni poklantiruvchi va kelajakni ma’naviy jihatdan mustahkamlovchi omil asnosida qarashdan iborat jamoatchilik fikri shakllandi.
Beshinchidan, istiqlol davrida ma’naviyatning har qanday siyosiy hukmron mafkuralardan holiligi, muhimi, shakllanayotgan milliy mafkuraning ma’naviyat bilan uyg‘unligi ta’minlandi. Mustaqillik davrida bajarilishi lozim bo‘lgan eng ustivor vazifa «xalqimiz orasida katta ma’rifiy-amaliy ishlarni olib borib, milliy mafkuramizga kuch-quvvat beradigan, uni yangi-yangi marralar sari safarbar etadigan, keng ommaga ta’sir o‘tkazishga, xalqni o‘ziga tarafdor etishga xizmat qiladigan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy manbalarni to‘g‘ri belgilab olishdir2».
Musiqaning sirli dunyosiga kirgan odam, uning mislsiz ummon ekanligini anglashi muqarrardir. Bu ummon - moziydan sadolanishi, tarix davomida zamon va makon qonuniyatlari negizida shakllanishi, an’analar kamolotida qadr topishi va qadriyatlarga aylanishi, ijodiyot degan ilohiy ne’mat asosida, jonli ravishda rivojlanib borishi bilan xarakterlanadi. Har bir davr o‘zining musiqiy an’analari bilan izohlanishining ham hikmati shundadir. Musiqaning samoviv yoki ilohiy ekanligi qadimiy manbalarda o‘z aksini topgan. Insoniyat esa o‘z ma’naviyati darajasida o‘zining ma’naviy boyliklarini shakllantirib, davrlar osha rivojlantirib kelgan. Bu jarayonda har soha zamonlar evrilishida charxlanib, mukammallashib, yangidan-yangi ijodiy munosabatlar negizida boyib, o‘z samarasini namoyon etib kelgan.
Musiqa sohasining azaliy qadriyatlardan zamonaviylik mezonlariga bo‘lgan jarayonlarni faqatgina ohanglarda muhrlangan betakror asarlardangina anglash mumkin. Buning esa ko’lami juda keng, ularni tasavvur ham qilish mushkul. Chunki, har bir xalqning o‘z ma’naviyati, ma’rifati, estetikasi bo‘lib, hayot degan jarayonda milliy hamda mahoratli omillar bilan sug‘orilib kelingan. Buning negizida ikki ulkan tafakkur yo‘nalishlari, ya’ni xalq ommaviy musiqasi va tafakkurning individual ijodiy munosabatlarining mahsuli o‘rin olgan.
Musiqa san’atining azaliy an’analari Sharq xalqlari madaniyatida shakllanib rivoj topganligi hamda butun bashariyatga ijodiy ta’sir etganligi, fanda o‘z ijobatini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |