O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o'zbekiston davlat jahon tillar universiteti


Milliy g’oya mustaqil demokratik taraqqiyotni ta'minlashning muhim sharti hisoblanadi



Download 38,33 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2021
Hajmi38,33 Kb.
#66539
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Referat Miiliy G'oya

Milliy g’oya mustaqil demokratik taraqqiyotni ta'minlashning muhim sharti hisoblanadi va mamlakatda demokratik jamiyatning shakllanishi, fuqarolik jamiyati qurilishi, qaror topishi va amal qilishining dunyoda e'tirof etilgan umumbashariy printsplari hamda milliy tamoyillarga asoslanadi. Ayni paytda uning mamlakatimizga xos va mos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda erkin, demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini qurish yo’llari va qonuniyatlarini o’rganadi.

Milliy g’oya mustaqil demokratik taraqqiyotni ta'minlashning muhim sharti ekanligini yana shu bilan izohlash mumkinki, aynan milliy g’oya orqali fuqarolarda demokratik jamiyat talablariga javob beradigan dunyoqarash, fikrlar xilma-xilligi, erkinlikni qadrlash, inson qadr-qimmati, sha'ni va or-nomusini hurmat qilish bilan bog’liq qadriyatlar shakllantiriladi. Bu vazifalar fuqarolarimizni mamlakatda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish, demokratik qadriyatlarni hurmat qilish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga safarbar etishda yaqqol namoyon bo’ladi. U fan sifatida ana shundan ulug’ va bunyodkorlik ishlariga xizmat qiladi. Buning uchun u turli xil uslublardan foydalanadi. Bular dunyo fanlari foydalanib kelayotgan tajriba, qiyosiy tahlil, empirik-sottsiologik va ilm-fanning boshqa zamonaviy uslublaridir.

Milliy g’oyani targ’ib etish, kishilarni shug’oyaning to’g’ri, hayotiy va ilg’or ekanligiga ishontirish – demokratik jamiyatda amal qiladigan plyuralizm (fikrlar, qarashlar rang-barangligi) kishilarga o’z hayotiy manfaatlari, maqsad va intilishlarini aks ettiradigan mazkur g’oyani tanlash, himoya qilish va rivojlantirish imkonini beradi.

Jamiyat faqat o’z shaxsiy manfaatini ko’zlaydigan odamlar yig’indisidan iborat emas. Umumiy manfaatlarni teran anglash kishilarning jamiyat bo’lib uyushishlariga, ijtimoiy talab va normalarni e'tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo’ladi. Bu, ayniqsa, hozirgi o’tish davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, jamiyat a'zolari milliy g’oyada o’z hayotiy manfaatlari, orzu-umidlari ifodasini ko’rsagina odamlarni ruhan bardam, uyg’oq va faol qila oladigan kuchga aylanadi.Milliy g’oya jamiyatimizda ilg’or g’oyalar ustuvorlik qiladigan sog’lom ijtimoiy muhitni yaratishga yordam beradi. Demokratik qadriyatlarning keng rivojlanishi qarashlar xilma-xilligi va fikrlar rang-barangligi (plyuralizm) ning qaror topishiga olib keladi. Kishilar ruhan yuksaklikka, yana ham baxtli va farovonroq hayot kechirishga intiladilar. Bunday hayotga erishishning turli vosita va yo’llari mavjud bo’lib, u turli g’oyalarda o’z ifodasini topadi. G’oyalar ilmiy-nazariy yoki diniy asosga ega bo’ladi. Demokratik jamiyat aql va tafakkur poydevori ustida kad ko’taradi, dunyoviy ilm-fan va texnika jamiyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Ijtimoiy hayot tobora intelektuallashib borayotgan, ilmiy tafakkur insoniyat ma'naviyatining ustuvor yo’nalishiga aylanayotgan hozirgi sharoitda ko’proq ilmiy-nazariy asosga ega bo’lgan ilg’or g’oyalar ustunlik qiladi.

Sog’lom ijtimoiy muhitni yaratmay turib, milliy g’oyaning ustuvorligini ta'minlab bo’lmaydi. Demokratik jamiyatda sog’lom ijtimoiy muhit–demokratik printsplarni hurmat qilish, Konstitutsiya talablariga buysunish, ijtimoiy tartiblarga ongli ravishda itoat qilish, ijtimoiy adolatni qaror toptirish demakdir. Milliy g’oya jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlar, sinflar, tabaqalar manfaatlarini aks ettirar ekan, jamiyat hayotiga tahdid soladigan giyohvandlik, korrupsiya, o’g’rilik, poraxo’rlik singari ijtimoiy illatlarga qarshi kurashishni taqozo etadi.

Yangicha fikrlaydigan, mutelik tuyg’usidan xoli bo’lgan ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash milliy g’oyaning muhim vazifasidir. Ijtimoiy hayoto’rtaga qo’yayotgan muammolar ijodiy fikrlaydigan, tashabbuskor va yuksak ma'naviyatli inson shaxsini shakllantirishni talab etyapti. Milliy g’oya davr talablari va xususiyatlarini yakqol ifoda etgani uchun ham kishilar qalbiga tez yetib boradi va hayot dasturi bo’lib xizmat qiladi.

Xullas, milliy g’oya o’zining eng oliy maqsadi, vazifalari va xususiyatlariga ega. Uning oliy maqsadi yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lida xalqimizni jipslashtirish, fuqarolar, ayniqsa, o’sib kelayotgan yosh avlod ongida mustaqil dunyoqarash va ogohlik hissini kamol toptirish, komil insonni voyaga yetkazish, ularda mafkuraviy immunitetni tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lib qolaveradi. Zero, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev haqli ravishda e'tirof etayotganidek, “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo’lib kamolga yetishi bilan bog’liq”.

“Milliy g’oya: O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanini o’rganish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Fan talabalarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik jamiyat qurishning maqsadlari, uning shakllanishi va rivojlanishi strategiyasi, bu strategiyaning milliy g’oya bilan bog’liqligi to’g’risidagi g’oyalar, qarashlar bilan tanishtiradi. Mazkur g’oyalarning talabalar ong va tafakkuriga singdirilishida, ishonch va e'tiqodlariga ko’chishida muhim o’rin tutadi. Demokratik jamiyat qurishning qonuniyatlarini bilishda, uning jahonda e'tirof etilgan tamoyillarini har bir mamlakat va xalqning milliy, ma'naviy xu-hsusiyatlari bilan bog’liq holda amalga oshirish zarurligini his etish va unga amal qilish ko’nikmalarini shakllantiradi. Xaqiqiy demokratiya bilan soxta demokratiyaning farqini ko’rishda, uni baholab, munosabat bildirishda, fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim o’rin tutadi.

“Milliy g’oya: O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanini o’rganish orqali erkin, demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishining nazariy asoslarini dunyoda demokratik jamiyat qurish bilan bog’liq umumiy qonuniyatlarni bilish bilan birga, demokratiyaning o’ziga xos milliy ko’rinishlari, “milliy modellari”ning ma'no-mazmunini to’g’ri tushunib olishga muvaffaq bo’lish mumkin.

O’zbekiston hayotidagi o’zgarishlar insonlar ongida ham katta o’zgarishlar qilishni talab etadi. O’tish davrini boshidan kechirayotgan har qanday davlat yangi zamon kishisini tarbiyalash haqida jiddiy qayg’urishi, tabiiy. Demak, O’zbekistonda ham, “komil inson” g’oyasida e'tirof etilgan shaxs mos sifatlarini fuqarolarda qaror toptirish vazifasi ko’ndalang turibdi.

Jamiyatimizda ta'lim –tarbiya, qolaversa, targ’ibot-tashviqot ishlariga yo’naltirilgan barcha institutsional tizimlar orqali shakllantirilayotgan, targ’ib qilinayotgan milliy g’oya:

Birinchidan – milliy g’oya va milliy mafkura o’zligimizni, muqaddas an'analarimizni va xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini jamiyatimiz oldida turgan bugungi oliy maqsad va vazifalarini qamrab olishishart;

Ikkinchidan – mamlakatimizdagi insonlarning barchasini yagona milliy bayroq ostida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning dahlsizligini ifodalaydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g’oya-mafkura bo’lishi keraq

Uchinchidan – milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o’xshash unsurlardan boshqa elat va millatlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutloqo xoli bo’lib, qo’shni davlat va xalqlar umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda o’zimizga munosib hurmat izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo’lishi darkor;

To’rtinchidan – milliy g’oya va mafkura birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur.

Beshinchidan – Vatanimizning shonli o’tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog’lab turishga, shu bilan birga jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo’l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da'vat qiladigan g’oya bo’lishi kerak.

Aslida jamiyatning o’z ertasi va kelajagiga ishonchio’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Buning zamirida millat baxt saodati yo’lida, demak har bir fuqaro manfaatidan kelib chiquvchi maxsus faoliyat – mafkuraviy tarbiya yotadi.

Mafkuraviy tarbiya deganda kishilar dunyoqarashini boshqarish emas, balki odamlarning tafakkurini boyitish, uni yangi ma'no va mazmun bilan to’ldirish nazarda tutiladi.

Mafkuraviy tarbiya jarayonida fuqarolarga, xususan, o’sib kelayotgan yosh avlodga g’oyaga qarshi - g’oya, jaholatga qarshi - ma'rifat tamoyilining mazmun va mohiyatini tushuntirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 1998 yili “Tafakkur” jurnali bosh muharririning bergan savollariga javoblarida hamda tarixchi olimlar bilan bo’lgan uchrashuvda ilk bor bu masalaga diqqat bilan e'tibor qaratilib, “G’oyaga qarshig’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin” degan shior o’rtaga tashlangan edi. Bu masala g’oya va mafkura tushunchasida ham muhim o’rinda turadi.Milliy ma'naviyatimizni va ma'naviy o’zligimizni tahdidlardan himoya qilish uchun milliy istiqlol g’oyasidan samaraliroq va kuchliroq vosita yo’q. Shu masalada milliy g’oyaning juda muhim funktsiyasi, ya'ni milliy va ma'naviy o’zlikni himoyalash kabi muhim funktsiyasi namoyon bo’ladi.

Milliy g’oya jamiyatni jipslashtiruvchi, uni ijtimoiy taraqqiyot ko’ndalang qo’yayotgan masalalarni hal qilishga, chetdan bo’layotgan g’oyaviy, ma'naviy tahdidlardan himoyalashga qaratilgan kuchdir. Jahondagi globallashuv jarayonlari ana shug’oyaga bo’lgan ehtiyojni keskin kuchaytiradi.

Xolbuki, yosh avlod tarbiyasida masalaning katta-kichigi bo’lmaydi. Ularning hammasi muhim. Hali dunyoga hayrat ko’zi bilan qarayotgan yosh avlod ong-shuuri, qalbi ildizi yo’q “ommaviy madaniyat” uchun emas, haqiqiy milliy qadriyatlar, haqiqiy o’zbekona madaniyat bilan limmo-lim bo’lsin. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti o’zining “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida bu masalaga alohida to’xtalib o’tgani bejiz emas: “Hozirgi vaqtda ko’z o’ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o’zgarishlar yuz berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshig’oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etadi”.

Milliy g’oyaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari, amal qilish printsplarini o’rganish – “Milliy g’oya: O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti hisoblanadi. Mazkur fan mamlakatda demokratik jamiyatning shakllanishi, fuqarolik jamiyati qurilishi, qaror topishi va amal qilishining dunyoda e'tirof etilgan umumbashariy printsplari hamda milliy tamoyillarga asoslanadi. Ayni paytda uning mamlakatimizga xos va mos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda erkin, demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini qurish yo’llari va qonuniyatlarini o’rganish, bu fanning ob'ektini tashkil etadi.


Download 38,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish