O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o'zbekiston davlat jahon tillar universiteti


Milliy g’oyaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari, amal qilish printsplarini o’rganish



Download 38,33 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2021
Hajmi38,33 Kb.
#66539
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Referat Miiliy G'oya

Milliy g’oyaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari, amal qilish printsplarini o’rganish;

Milliy g’oyaning yaxlit ta'limot sifatida asosiy xusuiyatlarini bilib olish;

Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot barpo etishning strategik maqsadlarini va o’ziga xos tamoyillarini o’rganish;

Milliy g’oyani xalqimiz qalbi va onggiga singdirish sohalari, vositalari, usul va yo’llarini o’rganish.

Shuningdek, O’zbekiston ijtimoiy hayotining barcha sohalari fanning ob'ektidir. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi nazariyasi va amaliyoti bir tomondan, demokratik jamiyat to’g’risidagi mavjud qarashlarga, nazariyalarga hamda mamlakatimizning davlatchiligi tarixiy merosi bilan bog’liq mutafakkirlarning g’oyalarini hisobga olsa, ikkinchidan, mustaqillik yillarida demokratik jamiyat qurilishi to’g’risidagi muhim konseptual g’oyalar va qarashlarning ishlab chiqilishi, unda O’zbekistonning o’ziga xos rivojlanish yo’li xususiyatlariga tayanadi.

Uchinchidan, bu sohada mustaqillik yillarida erishilayotgan zafarlarni demokratik jamiyat qurish tajribasi yutuqlariga tayanib o’rganadi. O’zbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan o’rni, o’zaro manfaatli hamkorlik asoslarini ishlab chiqish va rivojlantirish qonuniyatlarini bilish ham muhim o’rin tutadi. Mamlakatimizda demokratik jamiyat qurilishi ijtimoy hayotimizning biron-bir sohasi bilan chegaralanib qolmaydi, balki uning barcha jabhalaridagi o’zgarishlarning negizlarini o’z ichiga oladi va o’rganadi. Bunda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti demokratiyalashuvining va siyosiy hayotining erkinlashtirilishi, davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, uning manbai, fuqaro – jamiyat – davlat munosabatlari asosiy negiz hisoblanadi.

Har bir kishi o’zi yashayotgan jamiyat mamlakat yoki davlatning maqsadini, uni ifoda etadigan g’oyalarini bilishi, aniq tasavvur etishi kerak. Shunda bu maqsadlar uning ong va tafakkuridan joy oladi. Yoki shunchaki joy olib qolmasdan, asta-sekin unga nisbatan ishonch, e'tiqod paydo bo’ladi. Ishonch, e'tiqod shundayki, usiz inson o’z yo’lini, maqsad va manfaatlarini ko’ra olmaydi. U qancha mustkaqkam bo’lsa, bu g’oya yoki maqsad yo’lida o’zini bag’ishlash, faoliyatini unga mos tarzda ko’radi. G’oya, maqsadlar har bir inson qatti-harakati, faoliyati bilan mushtarak tarzda uyg’unlashib boradi. Jamiyatning o’z-o’zini tashkil etishga, insonlarni, jamiyat a'zolarini, millatni, xalqni birlashtirishga, uyushtirishga xizmat qiladi. Aniq maqsadlar sari yo’naltiradi. Inson tafakkur voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g’oyalar va ta'limotlar yaratadi. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g’oya bo’la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta'sirchan, zalvorli fikrlargina g’oya bo’la olishi mumkin.

Ilmiy adabiyotlarda “g’oya”, “mafkura”, “ideya” va “ideologiya” tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideologiya ko’proq G’arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi yunon tilidagi idea so’zidan olingan, u ideologiya so’zining o’zagi bo’lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma'nosini anglatadi.

Ideologiya (Idea - g’oya, tushuncha, logia – ta'limot) atamasi esa g’oyalar to’g’risidagi ta'limotni anglatadi va ikki xil ma'noda ishlatiladi:

G’oyalarning mohiyat-mazmuni shakllanishi, ahamiyati to’g’risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo’lib hisoblanadi.

Muayyan g’oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

G’oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki ular garchi tafakkur paydo bo’lsada, inson ruhiyatiga, xatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G’oya shunday harakatga keltiruvchi maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.

Tafakkurning mahsuli sifatida g’oya tevarak olamni o’rganish, bilish jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllar, ilm – fan, din, falsafa, san'at va badiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq, muayyan bir g’oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Ma'lum ma'noda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o’z g’oyalari mavjud bo’ladi.

Mazmuni va namoyon bo’lish shakliga qarab, g’oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.

Ilmiy g’oyalar;

Falsafiy g’oyalar;

Diniy g’oyalar;

Badiiy g’oyalar;

Ijtimoiy – siyosiy g’oyalar;

Milliy g’oyalar;

Umuminsoniy g’oyalar va hokazo.

Xullas, insoniyat tarixi xilma-xil va mafkuralarining vujudga kelishi, amaliyoti bir–biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir.

Bunyodkor g’oya deb, insonni ulug’laydigan, uning kuch-g’ayrati va salohiyatini oshirib, xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga safarbar etadigan, o’zida mehnat, taraqqiyot, do’stlik, tinchlik, adolat, halollik kabi ezgu maqsadlarni mujassam etadigan g’oyaga aytiladi.

Vayronkor g’oya deb, turli ta'sirchan vositalardan foydalanib, odamlarni soxta va puch maqsadlarga ergashtiruvchi, ularning kuch-qudratini buzg’unchilik va jinoyatga yo’naltiradigan, insoniyat uchun faqat kulfat keltiradigan g’oyaga aytiladi.

Ijtimoiy-siyosiy g’oyalar har bir xalq va umuman bashariyatning orzu-umidlarini, maqsad-muddaolarini ifodalaydi, erkin hayot va adolatli tuzumni tarannum etadi. Ozodlik va mustaqillik, adolat va haqiqat, tinchliksevarlik va insonparvarlik g’oyalari shular jumlasidandir.

Ilmiy g’oyalar - fan taraqqiyotining samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo’ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari (printsplari), ustuvor qoidalarini (postulatlarini) tashkil qiladigan ilmiy fikrlardir. Ilmiy g’oyalar - ilm-fan sohasida biron bir sensatsion yangilikni ilgari surish orqali uni hayotga tatbiq etish yo’lidagi urinishlar.

Diniy g’oyalar deb, har bir diniy ta'limot va oqimning asosini, diniy iymon-e'tiqodning negizini tashkil etuvchi aqidalarga aytiladi. Diniy g’oya va mafkuralar - insoniyat tafakkurining oddiylikdan murakkablikka qarab intilishida dunyoni, dunyo ichra o’zlikni anglashga qaratilgan diniy (ya'ni iymon-ye'tiqodga asoslangan) qarashlar tizimi.

Falsafiy g’oyalar har bir falsafiy ta'limotning asosini tashkil etadigan, olam va odam to’g’risidagi eng umumiy tushuncha va qarashlardir. Ular bizni o’rab turgan dunyoni bilish jarayonida, kishilik jamiyatining taraqqiyoti mobaynida to’plangan bilimlarni umumlashtirish, inson hayotining ma'no-mazmuni, uning baxt-saodati kabi masalalar ustida mulohaza yuritish asosida shakllanadi.

Forobiyning fozil shahar to’g’risidagi, tasavvuf daholarining komil inson haqidagi, Ibn Sinoning tana va ruh munosabatiga oid, Alisher Navoiyning adolat va insoniylik borasidagi teran fikrlari falsafiy g’oyalarning yorqin namunasidir.

Badiiy g’oyalar - adabiyot va san'at asarining asosiy ma'no-mazmunini tashkil etadigan, undan ko’zlangan maqsadga xizmat qiladigan yetakchi fikrlardir. Ular hayotdan olinadi, badiiy talqinlar asosida bayon etiladi, o’quvchida muayyan taassurot uyg’otadi. Abadiy qahramonlarni sevish, ularga ergashish hollari ham ana shu asosda ro’y beradi.

Umuminsoniy g’oyalar deyilganda, butun insoniyatga daxldor bo’lgan, ularga ta'sir ko’rsata oladigan, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan mafkuralar amal qilmoqda. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson va jamiyat kamolotiga xizmat qiladigan g’oyalar tushuniladi.

Ijtimoiy-siyosiy g’oyalar har bir xalq va umuman bashariyatning orzu-umidlarini, maqsad-muddaolarini ifodalaydi, erkin hayot va adolatli tuzumni tarannum etadi. Ozodlik va mustaqillik, adolat va haqiqat, tinchliksevarlik va insonparvarlik g’oyalari shular jumlasidandir. Asrlar mobaynida bunday buyuk, o’lmas g’oyalar xalqlarga kuch-quvvat va ilhom bag’ishlab, ularni o’z erki uchun kurashga sag’arbar etib kelgan.

Ozodlik g’oyasi – mazlumlarnio’z erki uchun kurashga chorlaydigan, qullik va qaramlikning har qanday ko’rinishini inkor etadigan g’oyadir.

Mustaqillik g’oyasi – engulug’ va ezgu g’oya. Har bir xalq istiqlol tufayli o’ziga yot va begona tuzumdan, ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy tazyiqlardan xalos bo’ladi, o’z salohiyatini to’la-to’kis ishga solish, o’zi istagan va o’zi tanlagan yo’ldan borish imkoniyatini qo’lga kiritadi.

Adolat va haqqoniyat g’oyalari – insonningtabiati va ijtimoiy tuzumning mohiyatini belgilaydigan, qudratli kuchga ega bo’lgan g’oyalardir. Odamlar asrlar mobaynida odil jamiyatni orzu qilib, haqiqat tantanasi uchun kurashib kelgan. Adolat buzilgan yerda umidsizlik va tushkunlik hukm suradi. Adolat tantana qilgan jamiyat yuksaklikka ko’tariladi.

Milliy g’oyalar – millatning o’tmishi, buguni va istiqbolini o’zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g’oyalar shakli.

Milliy g’oya O’zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobanyida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad-muddaolarini o’zida mujassam etadi.

Millat g’oya o’z mohiyatiga ko’ra, xalq millat taqdiriga daxldor bo’lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo’lgan, strategik maqsadlarni o’zida ifoda etadi.

Milliy g’oya tushunchasi tom ma'no-mazmunini ozodlik, tinchlik, insoniylik, mehribonlik, sadoqat, fidoiylik, o’zaro mehr-oqibat, muruvvat, do’stlik, birodarlik, bag’rikenglik kabi eng oliy qadriyatlar tashkil qiladi.

Milliy g’oya o’zining mohiyati bo’yicha millatning manfaatlarini umumlashtiradigan, uni o’z oldiga qo’ygan yagona oliy maqsadlari sari birlashtiradigan va sag’arbar etadigan g’oyadir. Unda butun millat uchun umumiy bo’lgan g’oyalar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi g’oyalar umummilliy g’oyalar qatoriga kiradi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning fikricha: «Milliy g’oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o’tib, asrlar davomida e'zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma'naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta'bir joiz bo’lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o’zimizga tasavvur qiladigan bo’lsak, o’ylaymanki, bunday keng ma'noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo’lamiz».

O’z milliy g’oyasini, o’zligini anglagan va uni hayotining ma'no-mazmuniga aylantirgan millat ozod va obod Vatanda yashashi, aks holda esa, u vaqt o’tishi bilan millat sifatida yo’q bo’lib ketishi ham mumkin. Milliy g’oya har bir millat va u bilan yonma-yon yashayotgan barcha boshqa etnos vakillari hayotida ham naqadar muhim o’rin tutishi, insoniyat taraqqiyotibosqichlarining yana bir qonuniyati desak, hech ham mubolag’a bo’lmaydi.

Xususan, donishmand xalqimizning milliy g’oyalari minglab u yaratgan dostonlarda, maqol va matallarda, rivoyat va ertaklarda, «Avesto» va boshqa qadimiy yozma yodgorliklarda, buyuk ajdodlarimizning asarlarida, sohibqiron Amir Temur o’gitlarida, ulug’ mutafakkir bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy hazratlarining she'rlari va boshqa mashhur fozilu-fuzalolarimizning qarashlarida uchraydi. Masalan, «O’zingni er bilsang, o’zgani sher bil», «Qora ko’ngil - yara ko’ngil», «Qing’ir ishning qirq yildan keyin ham qiyig’i chiqar», «Qarg’a bo’lma - qayrilasan, issiq joydan ayrilasan», «Yaxshilik to’rga eltar, yomonlik - go’rga», «Esing borida etagingni yop», «Ona yurting - oltin beshiging» va boshqa ko’plab xalq maqollari milliy g’oyamizning ayrim ko’rinishlaridir.

Mashhur adibimiz Sultonmurod Olim aytganidek, Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning «O’zbekiston - kelajagi buyuk davlat» - degan g’oyasi milliy g’oyamizning ustuni desak hech ham mubolag’a bo’lmaydi. Bundan tashqari, Islom Karimov tomonidan bildirilgan: «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir», «Yangi uy qurmay turib, eskisini buzma», «Biz dunyoda hech kimdan kam bo’lmaymiz», «Bizning uyimiz yagona Turkiston», «Shuaziz Vatan - barchamizniki», «Vatan - bittadir», «Savob ishni har kim qilishi kerak va har kun qilishi kerak», «Kuch - bilim va tafakkurda» va boshqa g’oyalar xalqimizning hozirgi vaqtdagi dolzarb milliy g’oyalari desak ham bo’ladi.

Mustaqil taraqqiyot yo’lida aniq marralarni ko’zlab yashashimizda, pirovard maqsadimiz bo’lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma'naviy kuch-quvvat manbai, ilmiy asos – bu milliy g’oya, milliy mafkura.

Milliy g’oya – mazmun-mohiyati, maqsad va vaziflari Islom Karimov asarlarida asoslangan ta'limot. Uning mazmuni quyidagilardan iborat:

tarixiy xotirani uyg’otish, o’tmishdan saboq chiqarish va o’zlikni anglash mezoni bo’lish;

xalqimizni tub maqsadlari ifodasi va jamiyat a'zolarini birlashtiruvchi g’oyaviy bayroq vazifasini o’tash;

inson qalbi va ongiga ijrbiy ta'sir etadigan tushuncha va tuyg’ular, go’zal va hayotiy g’oyalar tizimini o’zida mujassam etish;

har bir fuqaroning ezgu niyatlarini ro’yobga chiqarishga imkon beradigan eng maqbul yo’lni ko’rsata olish.

O’zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday taalluqli bo’lish;

Mamlakatimiz aholisi ongi va qalbida «O’zbekiston-yagona Vatan» degan tuyg’uni yuksak darajada shakllantirishga xizmat qilish;

turli millat, qatlam, din vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fenomen-ijtimoiy hodisa mazmuniga ega bo’lish;

biron-bir dunyoqarashni mutloqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki guruh qo’lida siyosiy qurolga aylantirmaslik;

har qanday ilg’or g’oyani o’ziga singdirish va har qanday yovuz g’oyaga qarshi javob bera olish;

sub'ektivizm, volyuntarizm kabi illatlardan holi va jamoatchilikning xolis fikriga tayanuvchi ob'ektiv mafkura bo’lish;

so’zbilanishni, nazariyabilanhayotnibirlashtiraolish;

davro’zgarishlarigaqarab, o’ziifodalaydigang’oya, manfaat, maqsad-muddaolarniamalgaoshirishningyangi-yangivositalarinitavsiya eta olish, ya'niyangichavaziyatga tez moslashadiganhozirjavobvaijodiybo’lish.

Mafkura(arab. – fikrlar majmui) – muayyanijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g’oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi.

Mafkura esa muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad va muddaolari,orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o’zida mujassam etadigan g’oyalar tuzilishidir.

Har qanday mafkura muayyan maqsadlarga xizmat qiladi, bu yo’lda xilma-xil vazifalarni bajaradi. Ma'lumki, mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda namayon bo’ladi:

odamlarni muayyan g’oyaga ishontirish;

shu g’oyani atrofida uyushtirish;

kishilarni ma'naviy – ruxiy jihatdan rag’batlantirish;

g’oyaviy tarbiyalash;

g’oyaviy immunitetni shakllantirish;

harakat dasturi bo’lish.

Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sotsial qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka da'vat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad – g’oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan kutiladigan ideal natijasidir. Maqsadni aniq-ravshan idrok etish inson va jamiyat faoliyatiga izchillik, sobitqadamlik va faollik bag’ishlaydi. Milliy mafkuramizning oliy maqsadi – Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi g’oyalariga tayangan holda xalqimizni mustaqillikni mustahkamlash, O’zbeksitonning buyuk kelajagini yaratishga sag’arbar etishdir.

Milliy mafkuramizning Bosh g’oyasi : Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish;

Milliy mafkuramizning asosiy g’oyalari:

Vatan ravnaqi

Yurt tinchligi

Xalq farovonligi

Komil inson

Ijtimoiy hamkorlik

Millatlararo totuvlik

Dinlararo bag’rikenglik (tolerantlik)

Hozirgi paytda kimning g’oyasi kuchli, fikri tiniq, mafkurasi hayotiy bo’lsa – o’sha g’alaba qozonadi. Bu – insoniyatning XX asr tarixidan kelib chiqadigan muhim xulosalardan biridir.

Milliy mafkurada xalqimizning umumiy manfaatlari, orzu-umidlari maqsad va intilishlari o’z aksini topadi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentiz Islom Karimov milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadini shunday belgilaydi: “Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat'iy nazar, har bir fuqaro yagona Vatan baxt-saodati uchun doiml ma'suliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an'analarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an'analarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga da'vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hyot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. Shu bilan birga men milliy istiqlol g’oyasi bugungi tez sur'atlar bilan o’zgarayotgan tahlikali dunyoda o’zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosgia, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanligimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o’sib kelayotgan avlodga yetkazishga xizmat qilmog’i zarur, deb bilaman”

Jamiyatda ezgu g’oyalar barcha davrlarda insonni yuksak orzular bilan yashashga, olijanob maqsadlar yo’lida e'tiqod bilan kurashishga o’rgatadi.

Islom Karimov o’zining “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida quyidagicha e'tirof etadi:“Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyb uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan, “Avesto” deb atalgan bebaho ma'naviy obida alohida o’rin tutadi. Avvalambor, shuni aytish joizki, olis ota-bobolarimizning aql-zakovati, qalb qo’ri mahsuli bo’lmish bu noyob yodgorlikning zamon to’fonlaridan, qanchadan-qancha og’ir sinovlardan o’tib, bizning davrimizgacha yetib kelganining o’zida katta ma'no mujassam. Bunday o’lmas osori atiqalar bu ko’hna o’lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo’lganidan guvohlik beradi”.

Ezgu g’oyalar Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy, Mirzo Abdulqodir Bedillar ijodida chuqur o’rin egalladi va o’zbek davlatchiligining rivojlanishida ham muhim omil bo’lib xizmat qildi. Bilim va aql-idrok orqali ezgu ishlar qilish to’g’risida Yusuf Xos Hojibning quyidagi fikrlari e'tiborga molik. «Tabiat kimga zakovat, aql-idrok, bilim bersa, u ezgu ishlar qilishga qo’l uradi», - deb yozgan edi Qutadg’u bilig (XI) nomli asarida. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizomulmulkning «Siyosatnoma» kitoblarida davlat idorasi va ahli fuqaroga munosabatda adolat, insof, diyonat, el-yurt tinchligi va obodligi bosh g’oya sifatida ilgari surildi. Bu g’oyalar Temuriylar davlati g’oyaviy tamoyillarining ustuvor yo’nalishi edi. Amir Temurning bunyodkorlik g’oyalari va amaliy faoliyatikatta ahamiyatga ega bo’lib, uning asosiy maqsadi bunyodkorlik va yaratuvchilik edi. Jumladan, u «Temur tuzuklari»da: «Agar fuqarodan birining uy imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa kerakli uskunalarni yetkazib berib, unga yordam berilsin», deb ko’rsatma beradi. Shu o’rinda, Yurtboshimizning Amir Temur o’z davlatini aql zakovat va huquqiy asos bilan idora etgan desak adolatdan bo’ladi, degan fikrlari nihoyatda o’rinlidir. Zero, Sohibqiron o’z bunyodkorlik maqsadiga erishish uchun sobitqadamlik bilan harakat qilgan.

Hind xalqining buyuk farzandi Mahatma Gandi (1869-1948) o’z ma'naviyati, g’oyalari va ilg’or qarashlari bilan XX asrning buyuk shaxslaridan biriga aylandi. U mustamlakachilarga qarshi kurashning timsoli edi. U hindlar bilan musulmonlarning o’zaro do’stligini mustahkamlashga intildi. Gandi din bilan siyosatni bir-biriga bog’lashga harakat qildi. Fidoyilik va vatanparvarlik namunalarini ko’rsatdi. Men uyim to’rt tomondan devor bilan o’ralib, derazalarim zich bekitib qo’yilishini istamayman. Barcha mamlakatlar madaniyati uyimga erkin kirib kelishini xoxlaymanu, lekin uning oyog’imdan qoqib yiqitishini ham istamayman degan edi. Darhaqiqat, Mahatma Gandi Hind xalqining fidoyi vatanparvari bo’lib, u boshqa xalqlar ma'naviyati ta'sirida o’z xalqi madaniyati va taraqqiyotining yanada rivojlanishini istar edi.Masalan, XX asrda dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan yaponcha taraqqiyot modelini olaylik. Yapon milliy mafkurasi «milliy davlatchilik tizimi» (kokutay), «fuqarolik burchi», «yapon ruhi», «tadbirkorlik», «umummilliylik», «fidoyilik», «vatanparvarlik», «paternalizm», «jamoaga sadoqat», «modernizatsiya» kabi g’oya va tushunchalariga asoslanib, mamlakat erishgan yuksak natijalarga poydevor bo’ldi.

Insoniyat tarixining muayyan davrlarida ba'zi mafkuralar davlat ideologiyasi darajasiga ko’tarilgan. Zamonlar o’tishi bilan ularning ayrimlari o’z mavqeini yo’qotgan, lekin millat ma'naviyatining tarkibiy qismi sifatida saqlanib qolgan. Xalq ulardan quvvat olgan, ma'naviy oziqlangan, ular orqali o’z qadriyatlarini saqlagan.

Insoniyat tarixida o’z talab-ehtiyojlarini boshqa xalqlar hisobiga qondirish istagi talonchilik va bosqinchilik, buyuk davlatchilik va tajovuzkor millatchilik, fashizm va ekstremizm kabi mafkuralarni yuzaga keltirgan. Bunday g’oyalar xalqlar boshiga ko’p kulfat va musibatlar solgan.

O’z tarixini asosan XIX asrdan boshlagan ana shunday mafkuralardan biri – sinfiyantogonizm g’oyalarini mutlaqlashtirgan va hokimiyatni qurol kuchi bilan egallab olgan sobiq kommunistik tuzum mafkurasi edi. Sinfiy kurash g’oyasi asosiga qurilgan va millionlab kishilar taqdirida mash'um iz qoldirgan bu mafkura jamiyatni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga ajratib yubordi. Sinfiy kurash chizig’i nafaqat ijtimoiy guruh va qatlamlar orqali, hatto oilalar va insonlar ruhiyati orqali ham o’tdi. Oqibatda grajdanlar urushiga nazariy poydevor qo’yildi. Inson tabiatiga, uning mohiyati va ruhiyatiga zid bo’lgan birodarkushlik holati vujudga keldi. O’g’il otaga, uka akaga, do’st o’z birodariga qo’l ko’tarishi yoqlab chiqildi, rag’batlantirildi. Bular mardlik va sinfiy onglilik namunasi deb talqin etildi. Natijada, milliy qadriyatlar toptaldi, millionlab kishilar halok bo’ldi, butun boshli xalqlar o’z vatanidan badarg’a qilindi. Bu o’rinda o’tgan asrning 30-yillari boshida o’tkazilgan qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish jarayonidagi quloq qilish, undan keyingi siyosiy-mafkuraviy qatli omlar, Ikkinchi jahon urushida “dushmanga sotqinlik”da ayblanib o’nlab xalqlarning o’z ona diyorlaridan badarg’a qilinishi singari jinoyatlarni eslash kifoya.

Zo’rlik asosiga qurilgan va ziddiyatli tizimga asos bo’lgan bu mafkura dunyoning oltidan bir qismini egallagan ulkan saltanat va sotsialistik lager hududida yetmish yil hukm surdi. Oxir-oqibat o’zining g’ayriinsoniy va g’ayrimilliy mohiyati, mustabid tabiati tufayli tanazzulga yuz tutdi. O’zi tayanch bo’lgan davlat boshqaruvini ham o’zi bilan birga olib ketdi.

Foya va mafkuralarni mutlaqlashtirishning salbiy oqibatlari. Tarixdan ma'lum bo’lgan real mustabid tuzumlarni qiyosiy tahlil etish ular amal qilgan mafkuralarning quyidagi umumiy xususiyatlarini hamda bu g’oyalarni amalga oshirish bilan bog’liq qator salbiy oqibatlarni aniqlash imkonini beradi.

Avvalo, mustabid mafkuralar o’z davlatlarida ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha sohalarini to’liq qamrab olishga, yagona dunyoqarash tizimi hukmronligini o’rnatishga intiladi. Bu mafkuralar,qanday bo’lishidan qat'i nazar, o’tmishni inkor etadi, eng oqilona g’oya va mafkura sifatida o’zinigina tan oladi. Ular jamiyatni inqilobiyyo’lbilan (to’g’rirog’i, zo’rlik orqali) yoppasiga qayta tuzish zarur va uni qisqa muddatlarda amalga oshirish mumkin, deb hisoblaydilar, o’zlarigacha bo’lgan qadriyatlarning barchasini yoxud ko’pchiligini bekor qilib, ularni faqat o’z tamoyillari bilan almashtirmoqchi bo’ladilar.Masalan, yuzaki qarashda, uzoq o’tmish – asoslargaqaytishga chaqiruvchi islom fundamentalizmi go’yoki bundan mustasnodek tuyuladi. Biroq, aslida,bu harakatda ham o’sha andoza saqlanib qoladi. Ya'ni islom fundamentalizmi tarix g’ildiragini o’rta asr jaholati davriga qaytarish niqobi ostida, «ijtimoiy kazarma» tipidagi birxillashtirilgan mustabid «kelajak»ning o’ziga xos andozasini taklif etadiki, unda inson fuqarolik huquqlaridan to’liq mahrum qilinadi, amalda yoppasiga diniy terrorga duchor etiladi. Bunday g’oyaning qanday ayanchli oqibatga olib kelishini insoniyat O’rta asrlar Yevropasidagi inkvizitsiya misolida yetarlicha ko’rdi.

Axborot monopoliyasi ham mutlaqlashtirilgan mafkura tabiati bilan chambarchas bog’liqdir: mustabid tuzumda barcha axborot vositalari, jamiyatga tarqatilayotgan axborotning mazmuni va yo’nalishi ham boshqaruv apparatining to’la nazoratiga olinadi. Zo’ravonlik ishlatmasdan turib esa butun monopoliyalar tizimini saqlash va boshqarish mumkin emas. Shuning uchun ham davlat terrorizmi, terrorni ichki va hatto tashqi siyosatni ham amalga oshirish vositasi sifatida qo’llash mustabid tuzumlarning barchasi uchun birdek xosdir.

XX asr Turkistonida ham sho’roviy davlat to’ntarishi (1917 yil)dan keyingi yillarda hukumatning siyosiy terrori natijasida yuz minglab kishilargina emas, balki butun-butun ijtimoiy guruhlar va qatlamlar ham yo’q qilindi. Mustabid tuzumning g’ayriinsoniy xatti-harakatlari tufayli qariyb 2,5 million kishi yoki aholining deyarli yarmi mahv etilgan edi. O’zbekistonda faqat 1937-1953 yillar mobaynida (bundan urush yillarida berilgan qurbonlar mustasno!) sho’ro mustabid mashinasi qariyb 100 ming kishini qatag’on qildi, ulardan 13 ming kishi otib tashlandi.

Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ba'zi buzg’unchi mafkura o’zining soxta jozibasi, aldov va makr bilan omma ongini zaharlab, jamiyatda hukmron mavqeini egallab olishi mumkin. Aytilganidek, XX asr 30-yillarida Italiya va Germaniyada fashizmning g’alaba qozonishi nafaqat ital yan va nemis xalqining, balki dunyodagi millionlab insonlarning boshiga cheksiz kulfat solgani tarixning achchiq saboqlaridan biridir. Lekin tarix yana bir adolatli haqiqatga ham guvoh: mustabid mafkuralarning turli andozalari asosiga qurilgan tuzumlarning pirovard natijada halokatga uchrashi muqarrar. Buni sovet davlati,sobiq sotsialistik mamlakatlar, gitlerchilar Germaniyasi va fashistlar Italiyasi, Kampuchiyadagi Pol Pot rejimi kabi mutlaq haqiqatni da'vo qiluvchi mafkuralarning tarixan istiqbolsiz bo’lgani ham yaqqol namoyish etdi.Bularning bari shuni ko’rsatadiki, g’oya va mafkura gumanizm va taraqqiyot tamoyillarini, xalq taqdiridagi yuksalish zaruratini o’zida aks ettirmasa, aksincha, bu intilishlarni rad etsa, mohiyatiga ko’ra ularga zid bo’lsa, u jamiyat hamda davlat tanazzuliga sabab bo’ladi.Bugungi kunda butun dunyodagi taraqqiyparvar va gumanistik kuchlar bunday fojiali va noxush holatlar takrorlanmasligi uchun hamjihatlik bilan kurash olib bormoqda.

Birinchi Prezident Islom Karimov ta'kidlaganidek, insoniyatning azal-azaldan g’oyaga qarshi g’oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashishi – tarixning o’zgarmas qonuniyatidir.

Milliy g’oya ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot ucuni, muhim omil ham hisoblanadi. Taraqqiyot – rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yo’nalgan shakli, uning yuksalishi. Taraqqiyot borliqning eng umumiy xossalaridan biri bo’lib, u predmetning yangi sifat holatiga o’tishida, tarkibi va strukturasining xossalari, aloqalari va munosabatlarining o’zgarishi va shu kabilarda o’z ifodasini topadi. Vaqt taraqqiyotning muhim xususiyatlari qatoriga kiradi. Har qanday taraqqiyot real vaqtda sodir bo’ladi va bu uning orqaga qaytmas yo’nalishga ega o’zgarish ekanligini namoyon qiladi.

Jamiyatda ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni erkinlashtirish va demokratlashtirish milliy g’oyani xalqimiz ongi va qalbiga singdirishning muhim shartidir. Milliy g’oya, turli shaxslar, ijtimoiy guruh ehtiyojlarini mutanosiblashtiradi, ularni mavjud imkoniyatlar asosida uyg’unlashtirishi bilan umuminsoniy demokratik qadriyatlarning nufuzini oshiradi. Zero, kishilar ongini mahalliychilik, urug’-aymoqchilik, milliy mahdudlik kabi ijtimoiy illatlar asoratidan poklash, yot g’oyalarga nisbatan immunitetni shakllantirish, mafkuraviy kurashda to’g’ri yo’l tanlash va jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish, g’oyaviy-mafkuraviy ishlarni demokratiyalashtirish hozirgi davrdagi eng muhim vazifalardandir.



Milliy g’oyaning strategik maqsadi kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari borish kontseptsiyasiga asoslanadi.

“Strategiya” so’zi “strategos” grekcha so’zdan kelib chiqqan bo’lib, “generalning san'ati” ma'nosini anglatadi. U hozir ham o’z ma'nosida harbiy boshliq tarkibining harbiy operatsiyalarini rejalashtirish san'atini bildiradi. Strategiya - istiqbol, ya'ni intilish lozim bo’lgan holatni ko’ra olish hamdemakdir.
Download 38,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish