10
Orkestrning turlari
Simfonik orkestr torli-kamonli, damli va zarbli cholg‘u guruhlaridan tashkil
topadi. Bunday tarkibiy
tamoyil XVIII asrda Yevropada qaror topgan. Hozirgi
kunda simfonik orkestrning
kichik va
katta turlari mavjud.
Kichik simfonik
orkestr, asosan,
XVIII asrning oxiri – XIX asrning boshiga taalluqli musiqa
adabiyotini ifoda etadi. Uning tarkibiga kiruvchi cholg‘ular quyidagicha: 2 ta
fleyta, 2 ta goboy, 2 ta klarnet, 2 ta fagot, 2 ta (kamdan-kam 4 ta) valtorna, gohida
2 ta truba va litavralar kirishi mumkin, torli-kamonli cholg‘ular 20 donadan
oshmaydi (5 ta birinchi skripka va 4 ta ikkinchi skripka, 4 ta alt, 3 ta violonchel, 2
ta kontrabas).
Do'stlaringiz bilan baham: