O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
14.2. Jazodan ko'zlangan maqsad
Jinoiy jazo davlat majburlovining alohida shakli sifatida yuridik adabiyotlarda huquqiy kategoriya sifatida 
baholanadi. Jinoiy jazo o'z mazmuni, funksiyasi, xususiyati va ta'sir qiluvchi obyektiga ko'ra, jazo tayinlash, jazoni ijro 
etish va jazodan ozod qilish jarayonida vujudga keluvchi ijtiomiy munosabatlarga nisbatan kengroq hisoblanadi. Jinoiy 
jazo jinoyatchi shaxsi, jamiyatning boshqa a'zolari va jamiyatning o'ziga ta'sir qilishi bilan bog'liq bo'lgan majburlov 
choralarining jamidir. Bu davlatning jinoyat-chilikka qarshi siyosatini rejalashtirish va amalga oshirish, jinoyat va 
jinoyat-ijroiya qonuni talablarini bajarish imkonini beradi. Jinoiy jazoni ijtimoiy kategoriya sifatida o'rganishning 
muhim muammosi, uniing ijtimoiy funksiyasi hisoblanadi. Jazoning muhim funksiya-laridan biri - jinoyat sodir etgan 
shaxsni unga nisbatan jazoni qo'llash orqali uni ogohlantirishdir. 
Jinoiy jazo umumiy va maxsus ijtimoiy nazorat funksiyasini amalga oshiradi. Ijtimoiy nazoratning 
samaradorligi jazoni jinoyatchilkka qarshi kurash vositasi sifatida qo'llanishiga, ko'pincha ijtimoiy o'zgarishlarning 
qonunchilikda aks ettirilishiga va ijro etilishiga bog'liqdir. 
Jazoning maqsadini belgilash — 
jinoyat huquqining muhim masalalaridan biri. Uning hal qilinishiga, nafaqat, shu 
huquq sohasining institutlari, balki jinoyat qonuni normalarining qanday maqsadlarda qo'llanishiga ham bog'liqdir. 
M. Usmonaliyevning fikriga ko'ra, «Jinoiyjazo shaxsning sha'ni, qadr-qimmatini kamsitish, unga jismoniy azob 
berishni maqsad qilmasa-da, ammo jinoiy jazoga hukm qilingan shaxsning huquqini cheklash orqali ma'lum ma'noda 
jafo keltiriladi. Jafo keltirmaydigan jazoning o'zi bo'lmaydi. Aynan shu jafo keltirish bilan qo'rqitib, fuqarolar 
tomonidan jinoyat sodir etilishining oldi olinadi», deb yozadi. 
Jazoning maqsadidan ushbu maqsadga erishish yo'lida muayyan masalalarni hal qiluvchi, oraliq natijalarga 
erishuvchi jazoning funksiyasini farqlash lozim. Jazoning maqsadi va tushunchalari funksiyalarini farqlamaslik holatlari 
yuridik adabiyotlarda uchrab turadi. Bu, nafaqat, u yoki bu, balki jazoni ijtimoiy jihatdan tayinlash, jinoiy jazo 
siyosatini belgilab olish uchun xalaqit beradi. Masalan, jazoning maqsadi sifatida jazolashning o'zini belgilash. 
Jinoyat kodeksining 42-moddasida jazoning: 
1) mahkumni axloqan tuzatish; 
2) shaxsning jinoiy faoliyatiga to'sqinlik qilish; 
3) boshqa shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilishining oldini olish kabi maqsadlari belgilab qo'yilgan. 
Jinoyat kodeksining 42-moddasi, 2-qismida jazoning maqsadi belgilangan bo'lib unga ko'ra: «Jazo mahkumni 
axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatini davom ettirishga to'sqinlik qilish hamda shuningdek, boshqa shaxslar yangi 
jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qo'llaniladi». 
Qonunda belgilangan jazoning maqsadi — ijtimoiy adolatni tiklash. Bu: 
• 
birinchidan, 
jazo sodir etilgan jinoyat va aybdorning shaxsiga muvofiq bo'lishi, jabrlanuvchi va uning yaqinlari 
oldida, davlat va boshqa organlar hamda jamiyat oldida adolatni tiklashi, jinoyatning og'irliligiga muvofiq kelishini 
anglatadi; 
• 
ikkinchidan, 
jazoning maqsadi mahkumni tarbiyalashga qaratilgandir. 
Ba'zi mualliflar jinoyat huquqiy jazo chorasini qayta tarbiyalash jarayoni bilan bog'lamaslik lozim, deb 
hisoblaydilar. Ammo qonun chiqaruvchi jazoning maqsadi mahkumni tarbiyalash, deb belgilaydi. 
Jinoyatning maxsus oldini olish 
—jazo chorasini qo'llash orqali mahkumning ruhiy holati va xulqini 
o'zgartirish, uning ongidagi jinoyat sodir qilishga ta'sir etgan salbiy xislatlarni tugatish hamda shaxslarni qonunlar va 
axloq normalarini hurmat qilish, halol turmush kechirish va mehnat qilish ruhida tarbiyalashdir. 


99 
Sud jinoyatchini tuzatish va qayta tarbiyalash maqsadlarini ko'zda tutib, jazo belgilaganda, har bir shaxsning o'ziga xos 
xususiyatlarini e'tiborga olib, maqsadga muvofiq jazo chorasini tanlashi zarur. Ba'zan aybdorga jarima jazosini 
tayinlash, axloq tuzatish ishiga jalb qilish orqali jinoiy jazoning maqsadiga erishish ham mumkin. Ozodlikdan mahrum 
qilish jazosi esa, ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo'lgan jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo'llaniladi. 
Qonunda takroran jinoyat sodir etganlik uchun og'irroq jazo belgilanishi ham jinoyatlarning oldini olishga 
qaratilgan muhim choralardan biridir. 
Mahkumni tuzatish va qayta tarbiyalash ozodlikdan mahrum qilingan yoki boshqa jazo chorasi qo'llanilgan 
mahkumlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarga ham bog'liqdir. Bu tarbiyaviy choralardan muhimi - mahkumlarni 
mehnatga jalb qilish, ular bilan siyosiy tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularning umumiy madaniy saviyalarini oshirish va 
boshqa tadbirlardan iborat. 
Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tash muassasalaridagi maxsus tartib ham bunda katta ahamiyatga ega. 
Mahkumni tuzatish va qayta tarbiyalashda davlat organlari bilan birga jamoyat tashkilotlari va mehnat jamoasining o'rni 
ham alohida ahamiyat kasb etadi. 
Yangi jinoyat qonuni modelini yaratishda jinoiy jazoning maqsadlaridan biri, jinoyatning umumiy va maxsus 
oldini olish qilib belgilandi. Jinoyatni umumiy oldini olishda — sudlangan shaxs orqali boshqa shaxslarni 
ogohlantiriladi. Maxsus oldini olish esa, shaxsni qayta tarbiyalashga qaratilgandir. 
Jazoning maqsadiga erishish mexanizmi uning jazolash xususiyati va mahkum tomonidan uni o'talishida 
ifodalanadi. Agar jazoni qo'llash natijasida mahkum tomonidan yangi jinoyat sodir etilishining oldi olinishi, bunda 
individual oldini olish, deyiladi. Bu o'rinda shaxsning o'z aybini tan olganligi, jazoni o'taganligi, azob chekkanligi, 
sharoitning o'zgarganligi yoki shaxsning tuzal-ganiigi katta ahamiyatga egadir. 
Individual oldini olishning samaradorligi shundaki, u mah-kumning jazoni o'tashi natijasida ichki aihiyatida 
vujudga kelgan o'zgarishni ifodalaydi. Bu maqsadga turli darajada erishtiruvchi jazolar bor. Masalan, o'lim jazosini 
qo'llash orqali bu maqsadga erishib bo'lmaydi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi jinoyatlarning individual oldini olishda 
katta samara berib, bu holat jazoni o'tash jarayonida ro'y beradi. Ozodilikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan 
jazo, ya'ni ijtimoiy nazoratni kuchaytirgan holda qo'llanuvchi shartli hukm qilish ham individual oldini olish maqsadiga 
erishishga xizmat qiladi. 
Jinoyatchilikning umumiy oldini olish tushunchasi haqida turli fikrlar bildirilgan. Ba'zi hollarda bu tushunchaga 
keng ma'noda qaralib, bu nuqtayi nazar umumiy ogohlantirish barcha fuqarolarga, jamiyatning barcha a'zolariga 
qaratilgan, degan talqinga asoslanadi. 
Jazoning jinoyat sodir etgan aniq bir shaxsga nisbatan qo'llanishi, jinoyat huquqiy taqiqning buzilishi qanday 
oqibatga olib kelishi mumkinligini ko'rsatadi. Bir vaqtning o'zida umumiy oldini olish jinoyat qonunchiligini buzish 
mumkin emasligi va jinoiy javobgarlikning muqarrarligiga ishontirish, aybdorning jazolanishi jamiyat a'zolariga 
tushuntirish orqali tarbiyaviy funk-siyani ham bajaradi. 
Uncha xavfli bo'lmagan jinoyatni sodir etgan, ijtimoiy xavfi yuqori bo'lmagan shaxslarga qisqa muddatli ozodlikdan 
mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari kabi jazolarni qo'llash orqali ham maqsadga erishish mumkin. 
Jinoyat qonuni muammolarini yechishda, jazoning maqsadi haqidagi jamoatchilikning fikri katta ahamiyatga 
ega. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, jamoatchilik fikri jinoiy javobgarlikni va qonundagi sanksiyalarni qat'iylashtirish 
zarurligini ko'rsatib, bir vaqtning o'zida ozodlikdan mahrum qilish jazosidan ko'zlangan maqsadlarga erishish darajasi 
yuqori emas va jazoni ozodlikdan mahrum qilish joylarida o'tagan shaxsni to'g'ri yo'lga qaytarish va qayta tarbiyalash 
qiyin, fikri bildirilgan. 
Jazoning maqsadlaridan yana biri mahkumning jinoiy faoliyatini davom ettirishiga to'sqinlik qilishdan iborat. 
Shaxsga jinoyat sodir qilganlik uchun u yoki bu turdagi jazo qo'llanilganda, uning huquqi cheklanadi va xulqi nazorat 
ostiga olinadi. Ayniqsa, qamoq va ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan mahkum qattiq nazorat ostiga 
olinadi va o'z jinoiy faoliyatini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo'ladi. 
Davlat jinoiy jazoni qo'llash bilan jinoyatchini o'z fuqarolaridan izolatsiya qilgan holda undan himoya qiladi, 
boz ustiga jinoyat sodir etish imkoniyatidan mahrum qiladi. Ma'lum darajada, bu, maxsus ogohlantirish choralari 
doirasiga kiradi. Ushbu maqsadning qonunda mustaqil ajratib ko'rsatilganligi to'g'ri bo'lgan. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish