birinchidan,
bu masalani amaldagi konstitutsiyaviy, ma'muriy, jinoyat qonunlari nuqtayi nazaridan kelib chiqib hal
etiladi;
•
ikkinchidan,
bu fikr zaruriy mudofaa qanday amalda bo'lishi kerak, ya'ni bu institut qanday tartibga solinishi kerak,
qaysi soha qonunlari bilan mustahkamlanishi kerak, degan nuqtayi nazardan kelib chiqadi.
Tajovuzga nisbatan yetkazilgan zarar o'z-o'zidan ham zaruriy mudofaaning qonuniyligini ko'rsatmaydi. Zaruriy
mudofaa qonuniy bo'lgan, deb topish uchun jinoyat huquqi nazariyasida zaruriy mudofaaning huquqiy shartlari, deb
atalgan bir qancha shartlar mavjud bo'lishi lozim.
Zaruriy mudofaaning huquqiy shartlarini ikki guruhga:
1) tajovuzga nisbatan;
2) mudofaaga nisbatan bo'lish mumkin.
Tajovuzga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy shartlari.
Tajovuzga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy
shartlaridan
birinchisi — shaxsga, uning huquqlari, jamiyat va davlat manfaatlariga yoki boshqa jinoyat qonuni bilan
qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan bo'lgan ijtimoiy xavfli tajovuz bo'lishi kerak (bunda tajovuzning
shakliga e'tibor berish kerak).
Yuqorida qayd etilganidek, jinoiy javobgarlik yoshiga to'lmagan yoki aqli noraso shaxslar tomonidan sodir
etilgan tajovuzlar ham ijtimoiy xavfli hisoblanadi. Zaruriy mudofaa mansabdor shaxslarning g'ayriqonuniy harakatlariga
qarshi ham amalga oshirilishi mumkin (masalan, qonunga xilof ravishda ushlab turish, qonunga xilof ravishda sog'liqqa
zarar yetkazish, qonunga xilof ravishda turar joyga bostirib kirish va hokazolar).
Tajovuzga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy shartlaridan ikkinchisi — tajovuzning muqarrarligi, ya'ni
haqiqatan mavjud bo'lishidir. Muqarrarlik deganda, tajovuz boshlangan, lekin tugallanmagan ijtimoiy xavfli harakat
tushuniladi. Masalan, qonun bilan qo'riqlanadigan obyektga zarar yetkazgan yoki zarar yetkazishi mumkin bo'lgan
harakatning mavjudligidadir.
Ijtimoiy xavfli tajovuzga muvofiq keluvchi zaruriy mudofaa huquqiyligining muhim sharti uning mavjudligi,
ya'ni tajovuzning boshlang'ich va yakuniy holatini aniqlashdan iborat. Tajovuzning boshlanishi deganda, Jinoyat
kodeksida ko'rsatilgan jinoyat belgilarini ifodalovchi harakat yoki harakatsizliklarning xronologik jihatdan sodir etish
tushuniladi. Tajovuzning faktik tugallanishi esa, zarar yetkazish vujudga kelgan yoki jinoiy oqibat kelib chiqqan vaqt
bilan belgilanadi. Ijtimoiy xavfli tajovuzning boshlang'ich va yakuniy holatini aniqlash zarariy mudofaada huquqiylik
holatining borligi yoki yo'qligi to'g'risidagi masalani hal etish uchungina emas, shuningdek, qonun muhofazasidagi
obyektlarga ijtimoiy xavfli tajovuz sodir etilganida yoki shunday tajovuzdan mudofaalanishda zarariy mudofaa
chegarasidan chetga chiqish faktini aniqlash uchun ham kerak.
Shu munosabat bilan Oliy sud plenunii qarorida: «Zarariy mudofaa holati faqatgina ijtimoiy xavfli tajovuz yuz
bergan vaqtning o'zigagina emas, balki tajovuzning yana boshlanish xavfi mavjud bo'lgan hollarda ham vujudga keladi.
Zarariy mudofaa holati tajovuz tugagandan so'ng ham bo'lishi mumkin, agar himoyalanuvchi ish holatlariga ko'ra
tajovuz tugagan vaqtini anglay olmagan bo'lsa, hujum vaqtida tajovuzga nisbatan va boshqa ashyolarning
himoyalanuvchi qo'liga o'tib qolishining o'zi tajovuz tugaganligidan dalolat bermaydi», deb ko'rsatib o'tilgan.
Zarariy mudofaa holati tajovuzning tugashi bilan tugaydi. Tajovuzning tugashi bilanoq hujumning muqarrarligi
yo'qoladi, shu bilan birgalikda zarariy mudofaa huquqi to'xtatiladi. Tajovuz tugaganidan so'ng biron-bir obyektni
himoya qilib, zarariy mudofaa qo'llanishi mumkin emas.
Tajovuz: a) ixtiyoriy yoki majburiy; b) mudofaalanuvchi tomonidan uning qaytarilishi; d) tajovuzchining o'z
maqsadiga yetishi orqali tugallanishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining zaruriy mudofaa to'g'risidagi qoidani qo'llash to'g'risidagi
rahbariy qarorida quyidagicha izoh berilgan: «Zarariy mudofaa faqat ijtimoiy xavfli tajovuz sodir etilayotgan vaqtda
emas, balki real hujum bo'lish xavfi mavjud bo'lganda ham sodir etilishi mumkin».
Tajovuzdan oldin yoki u tugaganidan so'ng biror zaruriyat bo'lmagan holda tajovuz qiluvchiga zarar yetkazilishi zaruriy
mudofaa, deb hisoblanmaydi. Bunday holatlardajavobgarlikumumiy asoslarga ko'ra hal qilinadi.
Uchinchi sharti — tajovuzning realligi, ya'ni tajovuzning himoyalanuvchi xayolida bo'lmay, balki haqiqatan
ham (obyektiv) ro'y berganligidir. Bu holatlarda zaruriy mudofaa choralarini qo'llagan shaxsga, barcha holatlar yuz
bergan vaziyat, haqiqatda ham tajovuz yuz berayapti, deb taxminlashga asos bo'lsa va shaxs o'zining taxminlari
xatoligini bilmagan va bilishi ham mumkin bo'lmagan bo'lsa, uning harakatlari zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan,
deb topilishi kerak.
Agar vujudga kelgan vaziyat shaxsga tajovuzning yo'qligini tushunish uchun asos bo'lsa, u xayolan hujum
qilayotgan shaxsga zarar yetkazsa, himoyalanuvchining javobgarligi istisno qilin-maydi, balki aybning ehtiyotsizlik
shakli mavjud bo'lib, mudofaalanuvchi ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazilganligi uchun javobgarlikka tortiladi.
86
Hozirgi kunda olimlar o'rtasida tajovuzga nisbatan zarariy mudofaaning to'rtinchi sharti sifatida — tajovuzning
xarakteri, ya'ni huquqqa xilofligi shartini isbotlashga qaratilgan fikrlar ham mavjud.
Mudofaaga nisbatan zarariy mudofaaning huquqiy shartlari quyidagilardan iborat: zarariy mudofaadagi
«mudofaa» elementi «tajovuz»dan ijtimoiy foydali maqsadga yo'naltirilganligi, mudofaa-lanish ehtiyoji bilan amalga
oshirilganligi, shuningdek, faqat mudofaalanuvchining bunday huquqqa ega ekanligi bilan farqlanadi.
Zaruriy mudofaada himoyalanishga qaratilgan harakatlar ijtimoiy xavfli bo'lsa-da, u qonunda belgilangan
mudofaalanuvchining tashabbusi bilan amalga oshiriladigan faol xatti-harakatlardan iboratdir. Lekin shunday holatlar
ham mavjudki, ular zarariy mudofaa, deb hisoblanmasligi kerak. Masalan, tajovuz qilinayotgan vaqtda
mudofaalanuvchining harakatlari tajovuzdan chekinish, qochish kabi «passiv» xarakterga ega bo'lsa va bunda
tajovuzchiga zarar yetkazilgan bo'lsa ham (masalan, tajovuzchi mudofaalanuvchini ushlash maqsadida uning orqasidan
quvgan vaqtida yiqilib jarohat olgan bo'lsa, bunday harakatlar, nafaqat, zarariy mudofaa, balki jinoyat, deb ham tan
olinmaydi).
Mudofaaga nisbatan zarariy mudofaaning birinchi sharti — mudofaa faqat Jinoyat kodeksi bilan qo'riqlanadigan
munosabatlarga tajovuz qilish muqarrar bo'lganida amalga oshirilishi mumkin. Zarariy mudofaa ijtimoiy foydali
maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Zaruriy mudofaa shaxsning subyektiv huquqi bo'lib, u, nafaqat, o'z hayotini,
balki davlat va jamiyat manfaatlarini ham himoya qilishi mumkin. Shaxsning qilmishi ijtimoiy foydali bo'lmasa yoki
jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan munosabatlarga tajovuz qilishga qaratilgan bo'lsa, bunday qilmish jinoyat, deb
baholanmog'i lozim.
Ikkinchi sharti — mudofaa vaqtida zarar uni hayotdan mahram qilish, sog'lig'iga zarar yetkazish, mulkini nobud qilish
va hokazo faqat tajovuzchiga yetkazilishi mumkin.
Agar tajovuz natijasida mudofaalanuvchi tomonidan boshqa shaxslarga zarar yetkazilgan taqdirda, uning
qilmishi:
— jinoyat kodeksida belgilangan talablarga javob bersa, oxirgi zarurat sifatida;
— sodir etilgan jinoyatda barcha zaruriy shartlar mavjud bo'lgan hollarda xayoliy mudofaa qoidalari bo'yicha zaruriy
mudofaa yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilgan jinoyat sifatida;
— umumiy shartlar asosida qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat sifatida;
— aybsiz holda zarar yetkazish sifatida, bunday hollarda qilmish Jinoyat kodeksiga binoan javobgarlikka tortish uchun
asos bo'lmaydi, deb kvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Uchinchi sharti — mudofaa holatida zaruriy mudofaa chegara-sidan chetga chiqilmasligi lozim.
Himoyaga xos bo'lgan zaruriy mudofaa huquqiyligining muhim sharti — himoyaning aniq sharoitda
tajovuzning xususiyati va xavfliligiga mos bo'lishidir. Jinoyat-huquqiy nazariyasida zaruriy mudofaaning bu belgisi
«tajovuz va himoyaning mutanosibligi», deb nomlanadi. Mudofaaning tajovuzning xususiyati va xavfliligi darajasiga
muvofiq kelishining asosiy talabi — mudofaaning jinoiy tajovuz ichki tomoniga mos kelishidir. Qilmishning ichki
tomoni — uning ijtimoiy munosabatlarga jinoiy zarar yetkazishga yo'nal-tirilganligi orqali izohlanadi.
Qonunda agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo'lsa, himoya huquqiydir, deb belgilab
qo'yilgan. Tajovuzning xususiyati va xavflilik darajasiga butunlay muvofiq kelmaydigan mudofaa, zaruriy mudofaa
chegarasidan chetga chiqish, deb topiladi (Jinoyat kodeksining 37-moddasi, 2-qismi).
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilishiga quyidagi ikki holatda yo'l qo'yilishi mumkin:
a) mudofaalanuvchi tomonidan himoyaning o'z vaqtida amalga oshirilmasligi;
b) himoyaning tajovuz xususiyati va xavfliligiga umuman muvofiq kelmasligi.
Respublikamiz jinoyat qonuhiga muvofiq, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish oqibatida zarar
yetkazilgan bo'lsada, u jazoni yengillashtiruvchi holat, deb qaraladi (Jinoyat kodeksining 100 va 107-moddasi). Zaruriy
mudofaa chegarasidan chetga chiqish natijasida Jinoyat kodeksida belgilangan obyektlarga zarar yetkazilgan bo'lsa,
jinoiy javobgarlik, boshqa obyektlarga zarar yetkazilgan bo'lsa, ma'muriy, fuqarolik huquqiy javobgarlikni keltirib
chiqarishi mumkin.
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish obyektiv va subyektiv belgilarga ega. Zaruriy mudofaa
chegarasidan chetga chiqishning obyektiv tomoni mudofaaning tajovuz xususiyatini va xavflilik darajasiga mos
kelmasligini bildiradi. Subyektiv tomondan esa, zaruriy mudofaa doirasidan chetga chiqish aybning qasd shakli bilan,
xususan, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishga nisbatan qasd va jinoyat oqibatiga nisbatan ehtiyotsizlik bilan
tavsiflanadi.
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilgan yoki chiqilmaganligini aniqlashda subyektiv tomonning
maqsadi, ya'ni aynan tajovuzdan mudofaalanishning maqsadiga e'tibor berish lozim. Agar bunday maqsad bo'lmasa,
qilmish zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb kvalifikatsiya qilinmasligi kerak. Ijtimoiy xavfli tajovuzni
qaytarish vaqtida tajovuzchiga ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazilgan bo'lsa, u mudofaalanuvchini jinoiy javobgarlikka
tortish uchun asos bo'lolmaydi.
Respublika Oliy sudi plenumi qarorida ta'kidlanishicha, «Sudlar zaruriy mudofaa alomatlari bor yoki yo'qligi
masalasini hal etishda himoyalanish va hujum vositalarini hisobga olishdan tashqari, tajovuzchi tomonidan
himoyalanuvchiga tug'dirilgan xavfning xarakteri, himoyalanuvchining kuchlar nisbatiga ta'sir ko'rsatuvchi ishdagi
87
barcha holatlar (hujum qiluvchi va himoyalanuvchilarning soni, ularning yoshi, jismoniy quvvati, quroli, joy, vaqt va
boshqalar)ni hisobga olishi zarar.
Agar tajovuz bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo'lsa, mudofaalanuvchi hujum qiluvchilarning har
biriga guruhdagi hamma tajovuzchilar harakatining xarakteri va xavflilik darajasiga qarab tegishli himoya choralarini
ko'rishga haqli.
Tajovuz tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida mudofaalanuvchi mavjud xavfning
xarakterini hamma vaqt ham aniq anglay olmasligi va mudofaaning tajovuzga nisbatan nomuvofiq usulini tanlashi
mumkin. Agar mudofaalanuvchi yetkazgan zarar oldi olingan zarardan ko'p bo'lsa va uning oldini olish uchun yetarli
bo'lgan bo'lsa, uning harakatini zaruriy mudofaa chegarasidan chiqqan, deb bo'lmaydi.
Zaruriy mudofaaga bo'lgan huquqning subyekti bevosita o'ziga yoki boshqa shaxslar, jamiyat va davlat
manfaatlariga qarshi qaratilgan tajovuzga nisbatan mudofaalanuvchi shaxs hisoblanadi. Bunda subyektning muomala
layoqati, uning ij'timoiy holati va mavqeyi, oddiy fuqaro yoki chet el fuqarosi ekanligi ahamiyatga ega emas.
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishning subyekti esa, qonunda jinoyat subyektiga qo'yilgan talablarga
javob berishi kerak, ya'ni aybdor 16 yoshga to'lgan, aqli raso jismoniy shaxs bo'lishi kerak.
Zaruriy mudofaa shaxsning subyektiv huquqi hisoblanib, tajovuz yo'naltirilgan shaxs huquqni muhofaza
qiluvchi organlarga xabar berish imkoniyati bor-yo'qligidan qat'iy nazar, mudofaa-lanish huquqiga ega. Lekin ayrim
vazifani egallab turgan shaxslarga nisbatan bunday huquq ularga qonun bilan qo'riqlanadigan majburiyat sifatida
yuklatilgan (masalan, militsiya, MXX xodim-lari, harbiy xizmatchilar, inkassatorlar va hokazolar).
Do'stlaringiz bilan baham: |