O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

Yuridik oqibati deganda, 
sudlanganlik holatining vujudga kelishi tushuniladi. Tibbiy yo'sindagi majburlov 
chorasi sudlanganlik holatini keltirib chiqarmaydi. Agar alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo'liqqan 
shaxslarga nisbatan jazo chorasi bilan birga tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llash bilan birga qo'llanilgan bo'lsa, 
sudlanganlik muddatini hisoblashda majburlov choralari tayinlangan muddat hisobga olinmaydi. Agar shaxs jazoni 
o'tash vaqtida ruhiy kasallikka chalinganligi uchun jazodan ozod qilingan bo'lsa, sudlanganlik muddati jazoning 
haqiqatda o'talgan qismiga nisbatan hisoblanadi. 
Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini qo'llash uchun: 
1) ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etilishi; 
2) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli raso bo'lgan, lekin sud hukmi chaqirilgunga qadar o'z qilmishining 
ahamiyatini anglab yetish yoki o'z harakatini boshqarish qobiliyatidan mahrum etadigan ruhiy kasallikka chalinishi; 
3) jinoyat sodir etganligi uchun jazoga mahkum qilingan, lekin jazoni o'tash vaqtida ruhiy kasallikka chalinib, o'z 
qilmishining ahamiyatini anglab yetish yoki o'z harakatini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo'lishi; 
4) alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlik kasalligiga yo'liqqan shaxslarning jinoyat sodir etishi asos bo'lib 
hisoblanadi. 
Tibbiy yo'sindagi maburlov choralari yuqorida keltirilgan to'rt toifadagi shaxslarga nisbatan sud tomonidan 
qo'llaniladi. Bu toifadagi kishilarning har biri maxsus belgilarga ega. 
Birinchi toifaga 
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida ko'satilgan ijtimoiy xavfli qilmishlardan birini aqli 
noraso holatda sodir etgan shaxslar kiradi. Bu shaxslar ruhiy kasalligi tufayli o'z harakatining faktik xususiyatini, 
shuningdek, qilmishning ijtimoiy xavfliligi va biror obyektga nisbatan muayyan zarar yetkazilishini anglab yetmaydi. 
Jinoyatning subyekti aqli noraso shaxs bo'lganligi tufayli, bunday shaxslar ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishsa-da, 
ularning qilmishi jinoyat hisoblanmaydi. Shu tufayli ularni jinoiy javobgarlikka yoki jazoga tortish mumkin emas. 
Bunday toifadagi shaxslarga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini qo'llaniladi. Ular jazoga tortilganda jazoning 
tarbiyalash va ogohlantirish maqsadi amalga oshmaydi. 
Ikkinchi toifadagilarga 
jinoyat sodir etgandan so'ng jinoiy javobgarlikka to'sqinhk qiluvchi kasallikka chalingan 
shaxslar kiradi. Bu toifadagi shaxslarga aqli rasolik holatida jinoyat sodir etganidan so'ng, dastlabki tergov yoki sud 
majlisi davomida ruhiy kasallikka chalingan shaxslar kiradi. Bunday holatda ularga nisbatan jinoiy jazo qo'Uanilmaydi, 
ularga nisbatan faqat majburlov chorasi qo'llaniladi. 
Uchinchi toifaga 
jazoni o'tash vaqtida ruhiy kasallikka chalingan shaxslar kiradi. Ular jazoni o'tash vaqtida o'z 
harakatining ahamiyatini anglamaydi va o'z harakatlarini boshqara olmaydi. Bunday hollarda ularga nisbatan qamoq va 
jazoni ijro etish muassasasi boshlig'ining qarori bilan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanadi. 
To'rtinchi toifadagi 
shaxslarga qonun jinoyatni aqli raso holatda sodir etgan, ammo alkogolizm, giyohvandlik 
yoki zaharvandlikka yo'liqqanligi tufayli tibbiy yo'sindagi majburlov chorasiga muhtoj bo'lganlar kiradi. Alkogolizm, 
giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo'liqqan shaxslar ham umumiy asoslarga ko'ra, jinoiy javobgarlik va jazoga 
tortiladilar. Ularga nisbatan majburiy davolash choralari jinoiy jazo bilan bir qatorda qo'llaniladi. 
Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash qonuniylik, insonparvarlik, inson va fuqarolarning huquqlarini 
himoya qilish kabi prinsiplarga asoslanadi. 
Tibbiy yo'sindagi majburov choralari qo'llanilgan shaxslarning huquqlari, ularga berilgan kafolatlar O'zbekiston 
Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi «Psixiatriya yordami to'g'risida»gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Ruhiy 
kasallarga psixiatriya yordami ko'rsatish va ularni ijtimoiy himoya qilish maqsadida davlat tomonidan quyidagilar 
kafolatlanadi: 
1) psixiatriya muassasalarida huquqiy maslahatlar berish va yuridik yordamning boshqa turlari; 
2) vasiylik va homiylik masalalarini hal etish; 
3) shoshilinch psixiatriya yordami ko'rsatish va boshqalar. Ruhiy kasallikka chalingan shaxslar: 


155 
1) o'zlariga nisbatan inson qadr-qimmati kamsitilishini istisno etadigan muruwatli va insoniy muomala qilinishini; 
2) o'z huquqlari haqida, shuningdek, ruhiy xastaliklari xusu-siyati hamda qo'llanilayotgan davolash usullari haqida 
o'zlari uchun tushunarli shaklda va o'z ruhiy holatlarini hisobga olgan holda ma'lumot olish; 
3) tibbiy zaruratga ko'ra, davolashning barcha turlaridan foydalanish; 
4) sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda psixiatriya yordami ko'rsatilishi; 
5) tibbiy vositalar va usullarni sinash, ilmiy tadqiqotlar va o'quv jarayoni obyekti tariqasida foydalanishga, foto, video 
yoki kinosuratga olinishiga oldindan rozilik berish va istalgan bosqichda undan voz kechish; 
6) o'zlarining talablariga binoan psixiatriya yordami ko'rsatishda ishtirok etayotgan istalgan mutaxassisni, ushbu 
qonun bilan tartibga solinadigan masalalar yuzasidan tibbiy komissiyada ishlash uchun 
taklif etish; 
7) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda advokat, qonuniy vakil yoki boshqa shaxsning yordamini olish huquqiga 
egadirlar. 
Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari quyidagi maqsadlarni ko'zlaydi: 
1) ruhiy kasallikka chalingan shaxslar tomonidan yangi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishining oldini olish; 
2) ruhiy kasallikka chalinganlarni davolash yoki ularning ruhiy holatini yaxshilash; 
3) alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo'liqqan shaxslarga nisbatan davolash va jazolashning maqsadiga 
erishishga ko'maklashuvchi sharoitni yaratish. 
Bu maqsadlarni belgilash shaxsning ruhiy holati ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishiga olib kelgan omil 
ekanligini va uning ijtimoiy xavfliligidan guvohlik berishi, unga nisbatan tibbiy yo'sindagi davolash chorasini 
qo'llashning zarurligi va davolash vaqtida va undan so'ng bemorning boshqa ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishining 
oldini olishga qaratilgan. Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan 
tibbiy yo'sindagi majburlov choralarining maqsadi sifatida qonunda mazkur bemorni davolash qayd etilgan. Jinoyat 
sodir etgan mazkur toifadagi shaxslarni davolashni amalga oshirish ayni vaqtda belgilangan maqsadlarga erishishning 
zaruriy shartlari hisoblanadi. Davolashni amalga oshirish mah-kumlarning aqliy, irodaviy faoliyatiga ta'sir etuvchi 
spirtli ichim-liklar, psixotrop moddalari va giyohvandlik vositalariga qaram-ligini bartaraf etishdan iborat. 
Jinoyat kodeksida belgilangan maqsadlardan tashqari tibbiy yo'sindagi majburlov choralari ruhiy kasallarning 
huquq va qonuniy manfaatlarim himoya qilish maqsadini ham ko'zlaydi. Bizning fikrimizcha, ushbu maqsadning 
Jinoyat kodeksida ifodalanishining asosiy sababi, hozirgi vaqtda ruhiy kasallikka chalinganlarning qonuniy manfaatlari 
buzilayotganligidadir. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish