Zarba-kontaktli xabarlovchilarning
imitoturg‘unligini oshirish
Zarba-kontaktli xabarlovchilarni bir qator usullar bilan ishdan
chiqarish mumkin. Bulardan:
1. SSH va SIB orasidagi elektr kontaktlarning uzilishi.
2. OSD va SIB liniyasining qisqa tutashuvi.
3. OSD va oyna orasidagi mexanik kontaktning buzilishi.
4. Xabarlovchi ijro relesining qisqa tutashuvi.
Birinchi holatda, xabarlovchilar shleyfi kam tok bilan
ta’minlanayotganligi sababli (40mkA) SIBni shleyfdan uzib tash-
lanishi QNP ishlashiga olib kelmaydi. Bunda xabarlovchi tizimi-
dan to‘liq izolatsiya qilingan bo‘lib, oynaning sinishi aniqlanmay-
di. Bu holatni faqat xabarlovchining ishchanligini tekshirish yo‘li
bilan aniqlash mumkin.
Ikkinchi holatda, OSDga kiruvchi gerkonning normal hola-
ti tutashgan bo‘lib, u faqat oyna singanda uziladi, OSD – SIB
orasiga tutashtirgich qo‘yilsa, xabarlovchining «Norma» rejimi
ishdan chiqmaydi.
Uchinchi holatda, OSD va oyna orasida mexanik kontakt
bo‘lmaganligi tufayli, oyna xabarlovchisidan xabar gerkonga uza-
tilmaydi va tashvish xabari uzatilmaydi. Bu holatni faqat OSD
oynaga qotirilganligini tekshirish yoki ishchanlikni tekshirish
yo‘li bilan aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |