11
a
l
a
C
; (1.5)
5. Asbob variatsiyasi:
%
100
N
Q
; (1.6)
Bu yerda:
Q - bir xil o'lchanayotgan kattalikni bir xil o'lchash
sharoitida takror
o'lchashlardagi ko'rsatkichlari o'rtasidagi eng katta farq.
6.Asbob inersionligi (o'lchanayotgan kattalik o'zgarishi bilan asbob ko'rsatgichini
kechikishi) - asbob harakatlantiruvchi detallarni inersiyasi, ularda lyuftlar borligi va
boshqa hodisalar sababli hosil bo'ladigan xossasi.
7. Ishonchlilik deb - asbobning uzoq muddat ishlatishda berilgan talablarga mos
ishlash xossasiga aytiladi.
8. Asbobning berilgan standart yoki texnik talablarga javob bera oladigan xossasiga
ishga yaroqlilik deb ataladi.
1.2 .O’LCHASH O’ZGARTGICNLARI
O'lchash o'zgartgichi yoki datchik deb - o'lchanadigan kattalikni qabul qilish
va uni avtomatik qurilmaning keyingi elementlariga
uzatishga qulay signalga
aylantirish uchun mo'ljallangan har qanday avtomatik rostlash sistemasining asosiy
elementiga aytiladi.
O'lchash o'zgartgichlari mexanik va elektrik signalli bo'lishlari mumkin. Mexanik
chiqish signalli o'lchash o'zgartgichlarida o'lchanadigan
kattalik mexanik signalga,
elektrik chiqish signalli o'lchash o'zgartgichlarida esa elektrik signalning biror turiga
aylantiriladi.
Elektrik chiqish signalli o'lchash o'zgartgichlarining mexanik chiqish signalli
o'zgartgichlarga nisbatan afzalligi ularning distansion o'lchashi, chiqish signalining
oson
kuchaytirish mumkinligi, chiqish signallini rostlash va boshqarish uchun
ishlatilishi hamda kichik xatolikka ega ekanligi bilan xarakterlanadi.
Avtomatik rostlash sistemasida ishlatiladigan elektrik chiqish signalli o'lchash
o'zgartgichlari parametrik va generatorli turlariga bo'linadi.
Har qanday fizik tabiatga ega bo'lgan o'lchanadigan kattalikni elektr zanjirning biror
bir parametriga (rezistor qarshiligi R, sig'im S, induktivlik L)
aylantiradigan
o'zgartgichlarga parametrik o'zgartgichlar deyiladi.
Bu elementlar asosan har xil o'lchash sxemalariga (masalan, ko'priklar,
potensiometrlar, logometrlar) ulanib chiqishida o'lchanadigan kattalikka bog'liq
kuchlanish o'zgaradi. Parametrik o'zgartgichlar uchun kuchlanish manbai ishlatish
talab qilinadi.
12
Generatorli o'zgartgichlar deb, o'lchanadigan kattalikni bevosita elektr yurituvchi
kuchga aylantiradigan o'lchash o'zgartgichlariga aytiladi. Bu guruh o'zgartgichlar
uchun kuchlanish manbaini ishlatish talab qilinmaydi.
Quyidagi parametrik o'zgartgichlar keng tarqalgan:
a) o'lchanadigan noelektrik kattalikni aktiv qarshilikka
aylantiriladigan reostatli
o'zgartgichlar;
b) temperaturaning o'zgarishi o'tkazgich va yarim o'tkazgichlarning qarshiligiga
aylantiriladigan termoqarshilikli o'zgartgichlar;
v) tenzometrik o'zgartgichlar, ularning ishlash prinsipi o'tkazgich va yarim
o'tkazgichlarning mexanik deformatsiya ta'sirida qarshiligining o'zgarishiga
asoslangan;
g) elektromagnit g'altakning induktiv qarshiligi po'lat
yakor harakati natijasida
o'zgaradigan induktiv o'zgartgichlar;
d) sig'imli o'zgartgichlar. Ularning ishi kondensatornng sig'imi plastinkalar harakati
natijasida o'zgarishiga asoslangan;
e) fotoelektrik o'zgartgichlar (fotorezistorlar) ularda o'zgartgichning ishchi yuzasiga
tushayotgan yorug'lik oqimi asbobning elektr o'tkazuvchanligini o'zgartiradi.
Generator o'zgartgichlarga quyidagilar kiradi:
a) termoelektrik o'zgartgichlar. Ularning ishlash prinsipi termopara zanjirida
o'lchanadigan kattalik o'zgarishi bilan hosil bo'ladigan
termoelektrik effekt
hodisasiga asoslangan;
b) chiziqli va burchakli harakatlar induksiyalangan elektr yurituvchi kuchga
aylantiriladigan induksion o'zgartgichlar;
v) p'ezoelektrik o'zgartgichlar. Kristallarda (kvars) mexanik bosim ta'sirida
qutblanish hodisasi ishlatilib, elektr yurituvchi kuch hosil bo'ladi.
O'lchash o'zgartgichlar quyidagi asosiy xarakteristikalar bilan xarakterlanadi:
sezgirlik, xatolik, inersiya, sezgirlik chegarasi, inersionlik.
O'lchash o'zgartgichlarning chiqish kattaligi bilan kirish kattaligi o'rtasidagi
bog'lanishga statik xarakteristika deb ataladi.
)
(
; (1.7)
Chiqish kattaligi o'zgarishining kirish kattaligi o'zgarishiga nisbatiga o'zgartgichning
sezgirligi deyiladi.
S =
х
у
; (1.8)
O'zgartgichning xatoligi - bu uning chiqish kattaligi bilan nominal qiymat o'rtasidagi
farqdir.
Kirish kattaligining chiqish kattaligini o'zgartira oladigan
eng kichik qiymatiga
o'zgartgichning sezgirlik chegarasi deyiladi.
13
Inersionlik deb kirish kattaligining o'zgarishi bilan rostlashning kechikishiga
aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: