90
3.6-rasm.Induktiv manometrning printsipial sxemasi
Bosimmi o`lchashning eng ko`p tarqalgan vositalari kuch kompensatsiyasi
asosida qurilgan asboblar hisoblanadi. Biroq ular ko`pancha parametrlar
(ko`rsatkichlar) bo`yicha temperatura xatoligi, tez ta`sirchanligi, gabarit o`lchamlari
va massasi bo`yicha ancha mukammal o`zgartkichlardan (induktiv, sig’imli,
tenzorezistorli, p’ezoelektrik o`zgartkichlardan) orqada qoladi. Bundan tashqari,
kuch kompensatsiyali o`zgartkichlarning va pishangli sistemalarning
konstruktsiyasida harakatlanuvchi massalarning bo`lishi o`lchash vositalarining
zarbga chidamliligiga qo`yiladigan zamonaviy talablarning qondirilishini
qiyinlashtiradi.
Hozir mikroelementli texnikani keng joriy qilish va sxemali hamda konstruktiv
echimlarni takomillashtirish asosida yuqorida qarab chiqilgan bosimni o`lchashning
an`anaviy vositalari yanada zamonaviy kompleks qurilmalar
bilan doimo siqib
chiqarilmoqda. Bu albatta, turli tarmoqlarda TJABS ni yaratishda shart va
talablarning turli tumanligi sababli avval ishlab chiqarilgan bosimni o`lchash
o`zgartkichlaridan foydalanishdan to`la voz kechish kerakligini anglatmaydi.
Induktiv asboblarning
ishlash printsipi g’altak induktivligining tashqi
bosim
ta`siridan o`zgarishiga asoslangan.
3.6-rasmda induktiv o`zgartiruvchi element bilan jihozlangan bosimni o`lchash
o`zgartkichining sxemasi ko`rsatilgan.
Bosimni qabul qiluvchi
membrana
1
o`ramli elektromagnit
2
ning
harakatlanuvchi yakori hisoblanadi. O`lchanayotgan bosim ta`sirida membrana
siljiydi, bu induktiv o`zgartkichli elementning elektr qarashiligini o`zgartiradi. Agar
g’altakning aktiv qarshiligi, magnit oqimlari hisobga olinmasa va o`zakda
yo`qotilsa, o`zgartkich elementning
L
induktivligini quyidagi formula bo`yicha
aniqlash mumkin.
L
= W
2
/
0
S
(3.5)
bu erda:
W
2
— g’altak o`ramlari soni;
0
— havoning
magnit singdiruvchanligi;
91
S — magnit o`tkazgich ko`ndalang kesimining yuzi;
— havo oralig’iniig uzunligi.
Membrananing deformatsiya kattaligi o`lchanayotgan bosimga mutanosibligini
e`tiborga olib
δ=K*P. (3.6)
(3.6) tenglamani quyidagi ko`rinishga keltiramiz:
L
= W
2
S
0
/K*P (3.7)
(3.7) tenglama bosimni o`lchash induktiv o`zgartkichning statik
xarakteristikasini ifodalaydi.
L
ni o`lchash, odatda, o`zgaruvchan tok ko`priklari yoki rezonansli
LS
-
konturlar tomonidan amalga oshiriladi. 0,5...1,0
MPa bosimda membrananing
qalinligi 0,1...0,3 mm, bosim 20...30 mPa bo`lganda esa 1,3 mm. Membrananing
siljishi millimetrning yuzdan bir ulushini tashkil etadi. Induktiv bosim
o`zgartkichlarning asosiy xatosi ± {0,2—5)%.
Do'stlaringiz bilan baham: