O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Kvazimonoxromatik (optik) pirometrlar



Download 6,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/96
Sana08.07.2022
Hajmi6,2 Mb.
#757830
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96
Bog'liq
avtomatika asoslari

Kvazimonoxromatik (optik) pirometrlar 
 
Optik pirometrlarning ishlash printsipi temperaturasi o`lchanayotgan jismning 
nurlanish ravshanligini etalon jismlarning monoxromatik nurlanish ravshanligi bilan 
solishtirishga asoslagan. Etalon jism sifatida, odatda, nurlanish ravshanligi 
rostlanadigan cho`g’lanish lampasining tolasidan foydalaniladi. Bu guruhdagi keng 
tarqalgan asboblardan biri — cho`g’lanish tolasi yo`qolib ketadigan monoxromatik 
optik pirometrdir. Bu asbobning printsipial sxemasi 2.11.- rasmda keltirilgan. 
Qizdirilgan jismning nurlanish oqimi ob`ektiv 1 orqali yig’iladi va pirometrik lampa 
2 ning toza yuzasiga proektsiyalanadi. Okulyar 3 yordamida ob`ektning tasviri bilan 
kesishgan lampa tolasining tasviri kuzatiladi. Lampa tolasi ta`minlash manbai E ning 
o`zgarmas tokidan cho`g’lanadi. Manbaning kuchlanishi reostat R yordamida sekin-
asta rostlash yo`li bilan ob`ekt va tola ravshanliklari tenglashguncha oshirib boriladi. 
SHu payt ob`ekt tasviri bilan kesishgan tolaning qismi, rasmda ko`rsatilganidek, 
yo`qolib ketadi. Ravshanliklari tenglashgandan so`ng tok kuchini yoki lampa 
kuchlanishini o`lchaydigan asbob bilan pirometr ko`rsatishlari hisoblanadi. 


62 
2.11- Optik pirometrning prinsipial sxemasi. 
Optik pirometrlarning temperaturasini o`lchash oralig’i 800°S dan 10000°S
gacha. Yo`l qo`yiladigan asosiy xatoliklar chegarasi ±1,5% dan oshmaydi. Optik 
pirometr ko`chma asbobdir. U bilan uzluksiz o`lchash va temperaturani qayd qilish 
mumkin emas. 
Bunday pirometrdan farqli o`laroq, fotoelementli pirometrlar (fotoelektr 
pirometrlar) ko`rsatishlarni yozib olish va ularni masofaga uzatish imkoniga ega. Bu 
asboblardan tez o`tadigan jarayonlardagi temperaturani o`lchashda foydalaniladi. 
Fotoelektr pirometrlarning ishlash printsipi fotoelementning fototokni 
o`zgartirish xususiyatiga asoslangan. Fototok tushayotgan yorug’lik oqimi 
intensivligiga bog’liq bo`lib, uning kuchi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: 
I=
a
*T

(2.22) 
bu erda: 
a
—asbobning sezgirligiga bog’liq bo`lgan asbob doimiysi; 
n – asbobnpng spektr xarakterisgikasiga bog’liq bo`lgan asbob doimiysn;
T—fizik jismning temperaturasi. 
Olingan temperaturaning nurlanishini xarakterlovchi fototok juda kichik bo`lib, 
uni kuchaytirish uchun elektron kuchaytirgichlar qo`llanadi. 


63 
2.12-rasm.Fotoelektrik pirometrning printsipial sxemasi 
FEP (2.12- rasm) turidagi fotoelektr pirometrlarda nur oqimi bo`yicha manfiy 
teskari bog’lanishdan foydalaniladi. Mazkur bog’lanish yorug’ligi elektron 
kuchaytirgich chiqishida kuchlanish funktsiyasidan iborat bo`lgan qizdirish 
lampasining fotoelementni yoritishi bilan amalga oshiriladi. Nurlanayotgan jismdan 
chiqayotgan nur oqimi linza 1 bilan bir joyga yig’iladi va qizil yorug’lik fil’tri 2 
kassetasining yuqori teshigi orqali fotoelement 3 ga tushadi. Fotoelementga 
kassetaning pastki teshigi orqali ham cho`g’lanish lampasi 4 dan nur oqimi tushadi. 
Fotoelementning galma-gal goh nurlanayotgan jismdan, goh cho`g’lanish 
lampasidan yoritilishi yorug’lik fil’tri kassetasining oldiga o`rnatilgan yorug’lik 
modulyatorining 50 Gts chastota bilan tebranuvchi to`sig’i 5 yordamida 
ta`minlanadi. 
Erug’lik fil’tri kassetasida tebranuvchi to`siq va teshiklar shakli shunday 
tanlanganki, fotoelementga ikkala nurlanish manbaining sinusoidal o`zgaruvchi nur 
oqimlari tushadi. Bunda ikkala nur oqimlarining fazalari 180° ga siljigan bo`ladi. 
Fotoelement chiqishida fototok paydo bo`ladi, uning kattaligi jism va lampa 
tomonidan yoritilganlik darajasiga bog’liq. SHu yoritilganliklar teng bo`lmasa, 
fotoelement zanjirida o`zgaruvchan fototok hosil bo`lib, u yo jism fototoki bilan, yo 
lampa fototoki bilan ustma-ust tushadi. Bu tok fotoelement chiqishida R
1
rezistorda 
kuchlanishning sinusoidal tushunishi hosil qiladi, bu kuchlanish S kondensator 
orqali uch kaskadli elektron kuchlanish kuchaytirgichi 6 ga uzatiladi. Fototokning 
nur oqimlari farqiga proportsional bo`lgan o`zgaruvchi tashkil etuvchisi 6 
kuchaytirgichda kuchaytiriladi va fotosezgir detektor 7 orqali elektron lampaga 
o`tkaziladi. SHu lampa toki chiqish parametridan iborat. elektron lampaning anod 
zanjiriga manfiy teskarn bog’lanishli lampa 4 ulangan. Lampani qizdirish toki 
o`lchanayotgan jism va lampaning yoritilgalingi o`zaro teng bo`lguncha va 
fototokning o`zgaruvchi tashkil etuvchisi o`zaro nolga teng bo`lguncha o`zgartirib 
boriladi. Bu bilan lamladagi tok kuchi o`lchanayotgan jismning yorug’lik 
temperaturasi bilan bir qiymatli bog’liq bo`lib qoladi. 
Lampani ta`minlovchi tok kuchi tezkor avtomatik potentsiometr bilan lampa 
zanjiridagi R qarshilikdagi kuchlanish tushuvi miqdori bo`yicha o`lchanadi. 


64 
Potentsiometr yorug’lik temperaturasi darajalari bilan darajalangan. Fotoelektr 
pirometrning o`lchash chegaralari 800 dan 4000°S gacha. Asosiy xatolik o`lchash 
yuqori chegarasining ±1% ini tashkil etadi. 

Download 6,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish