O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________
35-mavzu: Ozorbayjon Respublikasi mustaqilligining
tiklanishi va rivojlanishi
Reja:
Mustaqillikning tiklanishi;
Armaniston bilan munosabatlar;
Rivojlanish yo’lidagi qiyinchiliklar.
1989-yilda Ozarbayjon hukumati SSSR xalq deputatlari syezdiga hali ko'pchiligi sovet tartibotini saqlash tarafdori bo'lgan deputatlarni jo'natishi mumkin edi. Ammo yil oxiriga borib Tog'li Qorabog'dagi qurolli to'qnashuvlar keskinlashdi. Mamlakatning turli mintaqalarida aholining 8 foizini tashkil etgan armanlarning chiqishlari kuzatildi. Bokuda esa millatchilar, liberallar va demokratlar kompartiyaga muxolif bo'lgan Xalq frontini tashkil qildi. U tezda katta ta'sirga ega bo'ldi.
1989-yil kuzidan boshlab Ozarbayjon suvereniteti va liberal islohotlarni talab qilgan Xalq fronti qudratli namoyishlar va mitinglar qildi. 1990-yil boshida u muqobil hokimiyat organlarini va o'z qurolli otryadlarini tuzdi, huquq-tartibot organlarini boshqarishga harakat qildi.
Hokimiyatning Xalq fronti qo'liga o'tmasligi uchun SSSR Oliy rahbariyati 20-yanvarga o'tar kechasi Bokuga sovet qo'shinlarini kiritib, Xalq fronti va norozilik ko'rsatgan aholi bilan ayovsiz kurash olib bordi. Yuzlab odamlar o'ldirildi, yarador qilindi. Ommaviy chiqishlar bekor qilindi va favqulodda holat joriy qilindi. Kompartiya rahbariyati shuning evaziga hokimiyatni saqlab qoldi.
Ozarbayjon 1991-yil avgust oyi oxirida mustaqillik to'g'risidagi deklaratsiyani qabul qildi. Dekabr oyida Ozarbayjonning MDHda ishti-rok etishiga rozilik bildirishi kommunistlar hukumatning umrini uzay-tirdi.
Ishlab chiqarishning pasayishi va narx-navoning ko'tarilishi 1992-yil bahoriga kelib aholi katta qismining va Tog'li Qorabog'dan kelayotgan qochoqlarning ahvolini og'irlashtirdi. M. Mutalibov rahbarlik qilayotgan kommunistlar hukumatidan norozilik ommaviy tus oldi. Mart oyida bu hukumat ag'darildi. Ammo raqiblar o'rtasidagi kelishmovchiliklar Mutalibovga may oyida yana hokimiyatga qaytishga imkon berdi. Biroq ikki kun o'tgandan so'ng bu hukumat Xalq fronti va «Kulrang bo'rilar» tashkiloti kuchlari to-monidan ag'darib tashlandi.
Umumxalq saylovlarida mamlakat prezidentligiga o'zini «Otaturk askari» deb atagan milliy-demokrat A. Elchibey saylandi. Uning hukumati narxlarni liberallashtirdi va yangi valuta — manatni joriy qildi, ammo islohotlarni davom ettirishdan cho'chib turdi. Asosiy e'tibor sovet qurollari zaxirasiga ega bo'lgan qurolli kuchlarni shakllantirish va ularning turk murabbiylari tomonidan tarbiyalanishiga qaratildi.
Biroq 1992-yilda iqtisodiy-ijtimoiy ahvolning yomonlashuvi, frontdagi mag'lubiyat va Tog'li Qorabog' o'z mustaqilligini e'lon qilganidan keyin kuchaygan turli mahalliy urug'-aymoqlarning ig'volari, muxolif partiya-larning kuchayishi, talish va lezgin ayirmachilarining faollashuvi hamda Xalq Frontidagi kelishmovchiliklar Elchibey hokimiyati susayishiga olib keldi.
Yozda Ganja shahrida frontdagi mag'lubiyati uchun Prezident bergan tanbehlardan g'azabga kelgan polkovnik S. Guseynov o'z polkida isyon ko'tardi va prezidentning iste'foga chiqishini talab qilib, Bokuga yurish qildi. Elchibey qarshilik ko'rsatishdan cho'chidi va sobiq kommunistlar yetakchisi G. Aliyev-dan yordam so'rab, poytaxtdan qochdi.
1990-yilda sovet qo'shinlarining Bokuga kiritilishidan noroziligini namoyish qilib, KPSS safini tark etgan G. Aliyev o'sha paytda o'z ona yurti Naxichevan avtonom viloyatida edi. U Yangi Ozarbayjon milliy-demokratik partiyasiga tayanardi. G. Aliyev Bokuga kelib, Guseynov bilan kelishuvga erishdi. Guseynov hukumat boshlig'i bo'lishga rozi bo'ldi, Aliyev esa parlament raisi etib saylandi. 1993-yilda G. Aliyev Milliy-liberal dasturi bilan chiqdi va, Tog'li Qorabog'ni Ozarbayjonga qaytarib olish va'dasini bergandan keyin, u umumxalq saylovlarida Ozarbayjon Prezidenti etib saylandi.
Fitnalarga aralashgan Guseynov o'z vazifasidan chetlashtirildi va sud javobgarligiga tortildi. G. Aliyev va uning yangi hukumati ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning tarqoqligini va qayta guruhlanishini bartaraf etdi.
1995-yil noyabrida referendum yo'li bilan yangi konstitutsiya qabul qilindi. Unda Ozarbayjon demokratik huquqiy dunyoviy respublika deb e'lon qilindi. Qirqqa yaqin partiyalar ishtirok etgan majlis saylovlarida o'rinlarning 45 foizini Yangi Ozarbayjon partiyasi egalladi. Siyosiy barqarorlikni 1998-yilda Aliyevning yana prezident etib saylanishi mustahkamladi.
Hukumat o'rta va oliy ta'lim tuzilishi hamda mazmunini yangiladi, sog'liqni saqlash tizimini isloh qildi. Sud-huquq tizimi qayta qurildi va jinoyatchilikka qarshi kurash kuchaytirildi. Kaspiyning ifloslanishiga qarshi choralar ko'rildi.
Bularning amalga oshirilishiga ulkan harbiy xarajatlar (budjetning 50—70 foizi) va iqtisodiyotning og'ir ahvolda ekanligi salbiy ta'sir ko'rsatdi. 1994-yilda hukumat erkinlashtirish va xo'jalikni davlat tasarrufidan chiqarishga urinib ko'rdi.
1995-yildan boshlab, XVFga tayanib, iqtisodiyotni barqarorlashtirish choralari amalga oshirila boshladi. Tuzilmaviy islohotlar o'tkazilishini Jahon banki moliyalashtirdi. Eng rivojlangan mamlakatlardan katta kreditlar olishga va Turkiya hamda Eron bilan hamkorlikni kengaytirishga erishildi. Ozarbayjonning MDHga qaytishi uning hamdo'stlik mamlakatlariga eksport ko'lamini oshirdi.
1996— 1997-yillarda shu paytgacha muttasil qisqarib kelgan YAIMni barqarorlashtirishga erishildi. XVFning yordami manatni kuchaytirish va xorijiy investitsiya hamda texnologiyalarni jalb qilishga imkon berdi. Dunyodagi eng yirik xalqaro korporatsiyalar bilan kimyoviy, metallurgiya, elektrotexnika va mashinasozlik sanoatining rivojlanishini ta'minlaydigan «asr shartnomasi»ning tuzilishi 1990—1995-yillar mobaynida ikki baravarga qisqarib ketgan neft qazib olishni ko'paytirish imkonini berdi. Ozarbayjon neft quvuri Gruziya va Turkiya orqali Yevropaga o'tkazilishiga umid qilmoqda.
90-yillarning oxirida inflatsiya cheklandi va ishlab chiqarish jonlana boshladi. 2003-yilgi prezident saylovlarida G. Aliyevning o'g'li Ilhom Aliyev prezidentlikka saylandi.
Ozarbayjon ko'pgina xalqaro tashkilotlar, jumladan, 10 ta Osiyo mamla-katlari (Pokiston, Afg'oniston, Eron, Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari) iqtisodiy hamkorlik tashkilotida hamda YEXHTda ishtirok etib kelmoqda. U YEI va NATO bilan hamkorlik qilmoqda. Armanistonga qarshi uni qo'llab-quwatlayotgan Turkiya bilan yaqin aloqada. MDHda Gruziya, Ukraina va Turkmaniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga urin-moqda hamda Tog'li Qorabog'ni qaytarishni qo'llab-quwatlovchilarni izlaydi. Ozarbayjon hukumati Rossiya Federatsiyasi tomonidan Armanistonga qurol-aslaha berilishidan norozi va Tog'li Qorabog'ning taqdiri belgilanadigan xalqaro muzokaralarda Tog'li Qorabog'ni qatnashchi sifatida tan olmaydi.
Hozirgi vaqtda Ozarbayjon agrar-industrial mamlakat bo'lib, qazib olish sektori nihoyatda rivojlangan. Iqtisodning o'sishi 1996-yilda YA1M ning o'sishi bo'yicha jahon rekordini qo'ydi - 36,6 foiz. 2007-yilga kelib YA1M 31,6 mlrd dollarni, aholi jon boshiga esa 6476 dollarni tashkil etdi. Ozarbayjon eksportining 90 foizini neft tashkil etadi. 1 mlrd tonna neft zaxiralari bor. 2008-yilda sutkasiga 1,0 mln barrel qazib chiqarish mo'ljallangan. 2007-yilda 10,4 mlrd kubometrgaz qazib chiqardi. Mamlakatda yollanib ishlaydigan ishchilarning o'rtacha ish haqi 196 dollarni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |