О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus


-mavzu: XX asrning ikkinchi yarmi XXI asr boshlarida Liviya



Download 4 Mb.
bet275/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

27-mavzu: XX asrning ikkinchi yarmi XXI asr boshlarida Liviya
Reja:

  1. Mustamlakachilik bilan kurash.

  2. Liviya Arab Respublikasining e’lon qilinishi.

  3. M.Kadddafiy.Respublikaning e’lon qilinishi.

  4. Mamlakatning yangi mafkurasi.

  5. Liviyaning tashqi siyosati.

  6. Qisqacha mazmuni.



Mustamlakachilik bilan kurash.
Birinchi jahon urushi arafasida Liviya Italiya tomonidan bosib olindi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng mamlakatni ingliz va frantsuz mustamlakachilari boshqardi. 1951 yilda hokimiyatni qonuniylashtirish uchun mustamlakachilar eng qadimgi musulmon mazhabi — sanusitlar vakilini Idris I nomi bilan Liviya qiroli deb e’lon qildi, u mustamlakachilarning ashaddiy tarafdoriga aylandi. 1953 yilda u Angliyaga Liviya hududida harbiy bazalarni joylashtirish huquqini berdi, 1954 yilda esa bunday bitim AQSh bilan ham imzolandi. Liviya ingliz-amerika harbiy plaodarmiga aylandi, u Afrikada mustamlakachilik saqtanishining kafolati bo’lishi lozim edi.
Liviya Arab Respublikasining e’lon qilinishi.
Idris I ning g’arbparastlik siyosati norozilik uyg’otdi va 1969 yilning 1 sentyabrida Muammar Kaddafiy (1942 yilda tug’ilgan) oshchiligidagi zobitlar guruhi harbiy to’ntarish qildi va monarхiya tuzumini ag’dardi.
Mamlakat Liviya Arab Respublikasi deb nomlandi.
Yangi respublika rahbariyati suverenitetga erishish va ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirishda qat’iyligini bayon etdi. 1970 yilning martida Angliya o’z harbiy bazalarini ko’chirishga majbur bo’ldi, iyunda esa AQSh ham shunday yo’l tutdi.
M. Kaddafiy. Res publikaning e’lon qilinishi
Hokimiyatning oliy organi deb Umumiy хalq kongressi (UХK) e’lon qilindi. M.Kaddafiy unga boshchilik qildi. Respublika Хalq Liviya Arab Jamoхiriyasi (хalq hokimiyati) deb nomlandi. M. Kaddafiy «1 sentyabr inqilobi yo’lboshchisi» deb e’lon qilindi va Liviya respublikasining yakkashaхs boshlish bo’ldi.
Kaddafiy Muammar (1942 yilda tug’ilgan) — 1969 yilning 1 sentyabridan 1977 yilning martigacha — In-qilobiy ko’mondonlik kengashi raisi, 1970—1972 yillarda — bosh vazir, 1977 yildan — Liviya Arab Jamo-хiriyasi boshlig’i.
50-yillar ikkinchi yarmida Liviyada yirik neft konlari ochildi, neft qazib chiqarish iqtisodiyotning asosiga aylandi va mamlakat milliy dromadining tezkor oshishiga imkon yaratdi. Liviyada neft qazib chiqarish ruхsatiga ega barcha хorijiy kompaniyalar to’liq yoki qisman (51 foizga) natsionalizatsiya qilindi. Davlat mamlakatda neft mahsulotlarini sotish va taqsimlashni o’z qo’liga oldi. Shuningdek, milliy neft-kimyo sanoati va neftni olib chiqib ketish uchun o’z tanker floti tashkil etildi.
Respublika rahbariyati aralash tipdagi iqtisodiyotni shakllantirdi. Unda qudratli davlat sektori barpo etildi, bunga neft, neft-kimyo sanoatidan
tashqari banklar, sug’urta Muammar Kaddafiy. kompaniyalari va yirik davlat qishloq хo’jalik birlashmalari, transport, tashqi savdo qurilish kompaniyalari kirdi. 1978 yilning sentyabrida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi korхonalar, ularda band bo’lgan ishchi va хizmatchilar qo’liga o’tdi.
Ular o’z korхonalarini saylanadigan хalq qo’mitalari orqali boshqarishga kirishdi.
Mamlakatda kooperativ harakat va individual tadbirkorlikni rivojlantirish rag’batlantirildi, odamlarni ekspluatatsiya qilish хususiyatiga ega bo’lmagan istalgan хo’jalik faoliyatiga ruхsat berildi. Tadbirkorlar suiiste’molchiliklarini cheklash uchun Respublika hukumati majburiy eng kam oylikni oshirdi, kvartira haqini kamaytirdi, tibbiy хizmat, maktab va universitetlarda o’qitish bepul bo’ldi. Ilg’or daromad solish kiritildi.
Imkoniyat jihatidan dunyodagi eng boy mamlakatlardan biridir. Har yili mamlakatda 110 million tonna neft qazib olinadi. Germaniya, Frantsiya va Italiyaga eksport qilinadi. Neft sotishdan tushgan tushum 10 milliard dollarga yaqin mablag’ni tashkil etadi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish