O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________
25-mavzu: XX asrning ikkinchi yarmi XXI asr boshlarida Misr va Jazoir
Reja:
Milliy mustaqillikni qo’lga kiritilishi;
Misrning tashqi siyosati;
Kemp-Devid shartnomasi;
Jazoirda mustaqillik uchun kurash.
Evian bitimlar. AХDR e’lon qilinishi.
Islom fundamentalistlarining faollashuvi. Fuqarolar urushi.
1922-yildan boshlab mustaqil hisoblansada, amalda Buyuk Britaniya mustamlakasi edi.Vatanparvar kuchlar bu holatga chek qo'yish uchun kurashga birlashdilar. Ular ichida «Ozod zobitlar» yashirin tashkiloti alohida rol o'ynadi. 1952- yilning 23-iyulida J. A. Nosir boshchiligida Qohira garnizoni qo'zg'olon ko'tardi. Podsho Farrux taxtdan ag'darildi. Hokimiyat Inqilobiy qo'mondonlik kengashi qo'liga o'tdi.
1953-yilning iyun oyida Misr Respublikasi e'lon qilindi. 1956-yilda davlatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. J. A. Nosir mamlakat prezidenti etib saylandi va 1970-yilgacha mamlakatni idora qildi. Dastlabki yilning iyun oyidayoq Suvaysh kanali milliylashtirildi. Mamlakatda agrar islohot o'tkazildi. Bunga chiday olmagan G'arb davlatlari Misrga qarshi uchlar agressiyasini uyushtirdilar (Buyuk Britaniya, Fransiya va Isroil). Bu haqda oldingi mavzuda ma'lumot berilgan.
Misr tashqi siyosatda qo'shilmaslik harakatida faol qatnashdi. Shuning bilan bir qatorda SSSR bilan munosabatlarini har tomonlama mustah- kamladi. Yaqin Sharq muammosi tufayli Misr 4 marta arab-isroil urushiga tortildi.
Va, nihoyat, 1979-yilda imzolangan Kemp-Devid shartnomasi tufayli Isroil bilan tinchlikka erishdi. Isroil bosib olgan hududlarni qaytarib oldi. 1981-yilda ekstremistlar tomonidan otib o'ldirilgan A. Sadat o'rniga kelgan Misr Prezidenti H. Muborak (1928-yilda tug'ilgan) Falastin arab xalqining mustaqil davlatga ega bo'lish yo'lidagi kurashini qo'llab- quwatlab kelmoqda. Arab davlatlari birli- gini mustahkamlashga intilmoqda. 2005- yil sentabridagi birinchi umumxalq saylovida H. Muborak g'olib chiqdi. Ayni paytda Misr Afrika qit'asining, arab dun- yosining eng rivojlangan, qudratli davlat - laridan biri. O'zbekiston bilan yaxshi munosabatlar o'rnatgan.
XIX asr o’rtalaridan Jazoir frantsuz mustamlakasi edi. U iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotda Frantsiyadagi siyosiy hayotni radikallashtirish jarayonlari bilan yaqindan bog’liq bo’lib, bu hol mustaqillik uchun kurashishga burilishni oldindan belgilab berdi.
1954 yilning aprelida Jazoirda birlik va harakatlar inqilobiy qo’mitasi tuzildi, keyinchalik u Milliy Ozodlik Frontiga (MOF) aylantirildi. Uning chaqirig’i bilan 1954 yilning 1 noyabrida Jazoirning janubi-sharqida umummilliy inqilobga o’sib o’tgan qurolli qo’zg’olon boshlandi. MOF dasturi Jazoir mustaqilligi uchun kurash, demokratik respublika tuzish, agrar islohotni amalga oshirish, ishlab chiqarish asosiy vositalarini natsionalizatsiya qilishni ko’zda tutdi. 1958 yilda MOF negizida Jazoir respublikasi muvaqqat hukumati tuzildi.
Frantsuz mustamlaka hukumati aljirlik vatanpar-varlarga qarshi ulkan qo’shin va qatagon apparatini ishga soldi. Mustaqillik uchun kurashda 1 million aljirlik halok bo’ldi (9 million aholidan) va 2 millionga yaqin kishilar qamoqхonalarga tashlandi. Jahon jamoatchiligi frantsuz hukumatining хatti-harakatlarini qoraladi. Dunyoning ko’plab mamlakatlari Aljir respublikasi Vaqtli hukumatini tan oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |