О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet61/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

3- bosqich.
Yakuniy
(10 daq.)

Mashg’ulot yakuni:

  1. Faol eshtirok etgan o’quvchilarni baholaydi va rag’batlantiradi.

Uyga vazifani berilishi:

  1. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarishyuzasidan yo’riqnoma beradi

Baholari bilan tanishadilar.

Topshiriqni yozib oladilar



O’qituvchi: _____________ Nazirov Baxtiyor


4-Mavzu: Lotin Amerikasida taraqqiyotning inqilobiy yo’li
Reja:

1. Lotin Amerikasi davlatlari taraqqiyotiga AQSHning ta’siri.


2. Lotin Amerikasi davlatlarida taraqqiyotning inqilobiy yo`li
Tayanch so’zlar: Harbiy dengiz bazasi, Konservatorlik, milliy islohotchilik, inqilobiy, Latifundiyachilik, Peronizm, demografik o’zgarish, Taraqqiyot yo’lida ittifoq, F.Kastro, Karib inqirozi.
Taraqqiyotning inqilobiy yo’li. Lotin Amerikasida ham mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni, keskinlikni inqilob yo'li bilan hal etishga intiluvchi kuchlar mavjud edi. Ular SSSR dagi kabi sotsializm qurish orzusida bo'lganlar.
Dastlab inqilob 1959-yilda Kubada boshlandi. 1959-yilning 1-yanvarida Fidel Kastro boshchiligida milliy-vatanparvar kuchlar qo'zg'oloni g'alaba bilan yakunlandi. Shu kuni amerikaparast F. Batista hukumati ag'darildi. Bu hukumatni ag'darish uchun inqilobchilar 6 yil kurash olib bordilar. Inqilob rahbari, 32 yoshli F. Kastro Bosh vazir lavozimini egalladi. U o'z oldiga Kubani AQSHga har qanday qaramlikdan ozod qilish maqsadini qo'ydi.
AQSH o'z navbatida, F. Kastro hukumatini tan olmadi. Ayni paytda unga qarshi iqtisodiy qamal chorasini qo'lladi. Bunga javoban F. Kastro hukumati Kubadagi barcha AQSH mulkini milliylashtirdi va SSSR bilan yaqinlashish yo'lini tanladi.
Kuba sotsializmini saqlab qolish uchun SSSR 1962-yilda, hatto, yadro urushiga ham tayyor edi. 1965-yilda Kubadagi barcha inqilobiy kuchlar yagona tashkilotga — Kuba Kompartiyasiga birlashdilar. F. Kastro uning rahbari etib saylandi. Shu tariqa F. Kastro kommunistik g'oyalarni qabul qildi va Kubada sovet namunasidagi sotsializm qurishni boshladi. 1990-yillarga kelib Kubaning sobiquttifoqchilari uni qo'llamay qo'ydi. Kuba iqtisodiy og'ir ahvolga tushib qoldi.
Lotin Amerikasidagi demokratik va inqilobiy harakatlar AQSH hukuma­tini tashvishga solib qo'ydi. Endi AQSH Lotin Amerikasi davlatlariga nisbatan o'z siyosatida o'zgarish qilishga majbur bo'ldi.
1961-yilda AQSH prezidenti J. Kennedi tashabbusi bilan «Taraqqiyot yo'lidagi ittifoq» dasturi ishlab chiqildi va u avgust oyida mintaqaning 19 ta davlati tomonidan imzolandi. Dastur 10 yilga mo'ljallangan bo'lib, u industrlashni jadallashtirishni, iqtisodiyotning eksport va import qaramligini kamaytirishni nazarda tutar edi. Ayni paytda ijtimoiy-siyosiy hayot de-mokratlashtirilishi, agrar islohot o'tkazilishi, uy-joy qurilishi, sog'liqni saqlash va ta'lim sohalarida ahvolni yaxshilash choralari belgilandi. Lotin Ameri-kasining 19 davlatida bu dasturning bajarilishi uchun AQSH tomonidan 20 mlrd dollar miqdorida qarz va boshqa yordamlar berilishi ko'zda tutildi. Dastur ayni paytda Lotin Amerikasi mamlakatlarida voqealar rivojining Kuba varianti takrorlanishining oldini olishga xizmat qilishi ham kerak edi. 1970-yilda G'arbiy yarim sharda ikkinchi bo'lib sotsializm qurmoqchi bo'lgan kuchlarni birlashtirgan ittifoq — xalq fronti Chilida hokimiyat tepasiga keldi. Xalq fronti Chili kommunistik, sotsialistik va radikallar partiyasi ittifoqi edi. 1970-yil 4-sentabrda Chilida o'tkazilgan prezidentlik saylovida Xalq fronti nomzodi S. Alende g'alaba qozondi. Agar Kubada qurol kuchi bilan hokimiyatni egallagan kuchlar sotsializm qurgan bo'lsalar Chilida S. Alende hukumati Konstitutsiyaviy yo'l bilan sotsializm qurishga kirishdi.
Xalq fronti hukumati mamlakatdagi kuchlar nisbatini to'la hisobga olmagan holda inqilobiy islohotlarni boshladi. Hatto o'rta va mayda korxonalar ham milliylashtirila boshlandi. Bu esa aholi o'rta tabaqalarining Xalq frontidan yuz o'girishiga olib keldi.
Bundan tashqari, yirik sarmoyadorlar hukumatga qattiq qarshilik ko'rsatdi. Hukumatning siyosatdagi xatosi Xalq fronti ichida kelishmov-chilik chiqishiga olib keldi. Ayni paytda AQSH S. Alende hukumatiga tazyiq o'tkaza boshladi. Chili Qurolli Kuchlari S. Alendeni qo'llab-quvvatlamadi. 1973-yilda Chili parlamenti S. Alende hukumatini qonundan tashqari, deb e'lon qildi. Bu esa Chili Qurolli Kuchlari rahbariyati uchun ayni muddao edi. 1973-yilning 11-sentabrida Qurolli Kuchlar harbiy to'ntarish o'tkazdilar. Mamlakatda general A. Pinochetning harbiy diktaturasi o'rnatildi (1973— 1990).
Shu tariqa Lotin Amerikasi davlatlarida harbiylarning hokimiyatni egallashlariga yanada keng yo'l ochildi. Harbiy diktaturalar iqtisodiyotni modernizatsiyalash siyosatini yuritdilar. Bu siyosatning mazmuni — davlat sektorini qisqartirish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish hamda xususiy tadbirkorlik va erkin savdoga keng yoi berishdan iborat bo'ldi. Ayni paytda proteksionizmdan voz kechildi va chet el sarmoyasi bilan faol hamkorlik yo’liga o'tildi.
Harbiy diktatorlar (Braziliya, Chili, Boliviya, Urugvay, Paragvay va boshqa mamlakatlarda) o'z rejalarini izchillik va qattiqqo'Uik bilan amalga oshira oldilar. Konstitutsiyaviy demokratik tartibga amal qilgan davlatlarda esa 80-yillargacha modernizatsiyalash awalgi milliy islohotchilik ruhida davom etdi. Bular o'z natijasini bermay qolmadi. 1980-yilda Lotin Amerikasi davlatlarining yalpi ichki mahsuloti 1960-yilga nisbatan 3 baravar ko'paydi.
Ayni paytda Lotin Amerikasi davlatlarining tashqi qarzi ham tez sur'atlarda ko'payib bordi. Agar 1970-yilda mintaqa davlatlarining qarzi 20 mlrd dollarni tashkil etgan bo'lsa, 80-yillarda bu ko'rsatkich 400 mlrd dollarni tashkil etdi.
AQSH harbiy to'ntarishlarga qarshi chiqmadi. Aksincha, ularga mintaqa davlatlari ichki ishi, deb baho berdi. Chunki harbiylar hukumatlari AQSH manfaatiga zid siyosat yuritmadilar, aksincha, AQSH bilan mustahkam ittifoqda bo'lishga intildilar.
Faqat AQSH prezidenti J. Karter davrida harbiy to'ntarishlarga muno-sabat o'zgardi. Chunki J. Karter inson huquqlari masalasini o'z siyosatining asosiy masalalaridan biri, deb e'lon qilgan edi. Demokratiya bor joydagina inson huquqlari kafolatlanadi. Harbiy to'ntarishlar esa demokratiyaga zid hodisadir. AQSH siyosatida harbiy to'ntarishlarga nisbatan qarashning o'zgarishi oxir-oqibatda harbiy diktaturalarning barham topishini muqarrar qilib qo'ydi.
80-yillar davomida harbiy-diktatorlik hukumatlari birin-ketin tarix sahnasidan keta boshladi. Chunonchi, 1980-yilda Peruda, 1982-yilda Boliviyada, 1983-yilda Argentinada, 1985-yilda Gvatemala, Gonduras, Braziliyada va Urugvayda,1989-yilda Salvador va Paragvayda, 1990-yilda esa Chilida harbiy diktatura barham topdi. Paragvayda general Stresner diktaturasi 35 yil, Chilida A. Pinochet diktaturasi 17 yil davom etdi.
Faqat ikki davlat (Gaiti va Kuba) dan boshqa barcha Lotin Amerikasi davlatlarida vakillik demokratiyasi qaror topdi. Demokratiyaning qaror topishijuda katta qiyinchilik bilan kechdi. 1993-yilda Chilida Eduard Frey, 2000-yilda Rikardo Lagos Eskobar, 1999-yilda Venesuelada Ugo Chaves hukumatlari o'rnatildi. Yangi hukumatlar davlat korxonalarini chet elga sotishga majbur boidilar. Davlatning kapital mablag' sarflash hajmi kamaydi. Ijtimoiy soha xarajatlari qisqartirildi. Ish haqi muzlatildi. Oqibatda aholi turmush darajasi pasaydi. 1992-yilga kelib mintaqa aholisining 46 foizi (jami aholi 442 mln kishi edi) kambag’allik darajasi chegarasidan pastda yashadi. Narkobiznes va terrorizm kuchaydi.
1993—1994-yillardan boshlab Kuba rahbariyati ham reallikka tik qaray boshladi. Mamlakatda iqtisodiy islohotni amalga oshirishga kirishildi. Chet el sarmoyasi ishtirokida qo'shma korxonalar qurilishi rag'batlantirila boshlandi. Mamlakatda chet el valutasining muomalada bo'lishiga, mayda tadbirkorlikka va chakana savdoga ruxsat etildi. Lotin Amerikasi davlatlari murakkab iqtisodiy ahvolni mumkin qadar yumshatish maqsadida iqtisodiy birlashuvga jiddiy e'tibor berdilar.
Braziliya va Argentina o'rtasida 1986-yilda imzolangan iqtisodiy ittifoq asosida 1991-yilda «Janubiy Amerika umumiy bozori» tuzildi. Ayni paytda, mintaqa davlatlari AQSH bilan iqtisodiy integratsiya masalasiga ham jiddiy e'tibor bilan qaradilar. 1992—1994-yillar davomida AQSH, Kanada va Meksika o'rtasida «Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi» tashkil etilganligi bu boradagi muhim qadam bo'ldi. Lotin Amerikasining ba'zi davlatlari ham bu shartnomaga qo'shilishga intilmoqda.


1. Kuba va Chilida sotsializm qurish uchun tanlangan yo'llarni taqqoslang.
2. Lotin Amerikasi davlatlarida juda ko'p davlat to'ntarishlari amalga oshirilganligini qanday izohlaysiz?



Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish