О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus


-MAVZU: XX asrning ikkinchi yarmi XXI asr boshlarida Vengriya Respublikasi Reja



Download 4 Mb.
bet131/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

19-MAVZU: XX asrning ikkinchi yarmi XXI asr boshlarida Vengriya Respublikasi
Reja:

  1. Vengriyada sotsializmning qaror topishi;

  2. Sotsializm inqirozi. Demokratiyaning qaror topishi

Tayanch so’zlar: F. Nad, Z. Tildi, A. Sakashich, Vengriya mehnatkashlar partiyasi, M. Rakoshi, Ya. Kadar, Erkin Demokratik Ittifoq, Karoy Grosu, Arpada Gens
Vengeriya 1946-yil 1-fevralda Vengriya respublika deb e'lon qilindi. F. Nad Bosh vazir egalladi. Ko'p o'tmay kommunistlar bilan kelisholmay, Shveysariyaga ketib qoldi. Z. Tildi mamlakat Prezidenti lavozimiga o'tirib, 1948-yil avgustgacha ishladi. Shu davrdan uning o'rniga A. Sakashich keldi. 1948-yil iyunida SDP va VKP birlashib, Vengriya mehnatkashlar partiyasi (VMP) tashkil topdi. Shu davrdan boshlab M. Rakoshi 1956-yil iyuligacha partiya rahbari bo'lib ishladi.
1956-yil 25-oktabrda Budapeshtda mavjud tuzumga qarshi qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olonni bostirishni va'da bergan I. Nad Bosh vazir etib tayinlandi. Lekin u va'dasini buzib, mamlakatning Varshava shartnomasidan chiqishini, sovet qo'shinlarining olib ketilishini talab qildi. E. Gerening 4 oylik boshqaruvidan so'ng VMP rahbarligiga Ya. Kadar keldi. 1956-yil 4-noyabrda sovet tanklari isyonni bostirdi. 1. Nad qamoqqa olinib, 1958-yil 17-iyunda qatl etildi.
60-yillarda iqtisodiyotda kam xomashyo talab qiladigan sohalarni rivojlantirish yo'lga qo'yildi. Aholi talabidan kelib chiqib, ijtimoiy sohaga, xalqni zarur ehtiyoj mollari bilan ta'minlashga e'tibor qaratildi. Qishloqda 98 foiz yer sotsialistik sektor qo'liga o'tdi. Sovet davlati katta yordam ko'rsatdi.
Lekin islohotlar kutgan natijani bermadi. 80-yillarda ahvol murakkab-lashib, mamlakatni 22 yil idora qilgan Yanosh Kadar o'rniga Karoy Grosu keldi.
1990-yilgi saylovlarda koalitsion hukumat tuzilib, uni Iojef Antall boshqardi. Mamlakat Prezidenti etib Erkin Demokratik Ittifoq (EDI) rah-bari Arpada Gens saylandi. Vengriyada 1994-yildan ishlab chiqarish o'sdi. 1990-yilda yalpi ichki mahsulotning 90 foizini nodavlat sektori beraboshla-di. Vengriya Yevropa Ittifoqi va 1998-yilda NATOga a'zo bo'ldi. Hozir mamlakat Prezidenti Ferens Madldir.
1945-yil 28-iyunda Polsha emigrant hukumati va 1 Polsha milliy-ozodlik komiteti birlashtirilib, Milliy birlik hukumati tuzildi. Bosh vazir lavozimini E. Osubka-Moravskiy, uning o'rinbosari lavozimini S. Mikolaychik (1901—1966) egalladi. Bir qator islohotlar o'tkazilib, yangijamiyat qurishga kirishildi. 1947-yil 17-yanvarda Polsha seymiga saylovlar bo'lib o'tdi va Boleslav Berut (1892—1956) mamlakat Prezidenti, Yu. Sirankevich esa hukumat raisi vazifalarini qo'lga kiritishdi. B. Berut 1948-yiI dekabrdan Polsha birlashgan ishchi partiyasi (PBIP) rahbari ham bo'lib qoldi.
50-yillarda sanoatda sezilarli o'zgarishlar bo'ldi. 10 mingdan ortiq kooperativlar tuzildi. Ammo kollektivlashtirishda jiddiy xatolarga yo'l qo'yildi. 1956-yil martida B. Berut vafotidan keyin partiyada ham birlik bo'lmadi. Xalqning noroziligi kuchaydi. Mamlakatda siyosiy inqiroz boshlandi. lyun oyida ishchilar ish tashladi, talabalar namoyishga chiqdi. Xalq harakati mamlakat armiyasi tomonidan qonga botirildi. To'qnashuvda 53 kishi oidirildi.
1956-yil oktabr oyida V. Gomulka (1905—1982) partiya rahbarligiga keldi. Xalq birligi fronti tuzilib, hukumatga barcha partiyalar vakillari kiritildi va unga Yu. Sirankevich boshchilik qildi. V. Gomulka tutgan yo'l ham o'zini oqlamadi. 1970-yil dekabrda oziq-ovqat tovarlari narxi oshishi e'lon qilindi. Bu ommaviy norozilikka sabab bo'ldi.
Natijada 1970-yil 20-dekabrda partiya rahbarligiga E. Gerek (1913— 2002) keldi. Hukumat «o'ta industrlashtirish» siyosatini yuritdi. Tashqi qarz 23 mlrd dollarga yetdi. Yetishmovchilik kuchaydi. Olibsotarlik va jinoyat o'sdi. 1980-yilda ommaviy ish tashlashlar boshlandi.
1981-yilda «Birdamlik» harakati tashkil etildi. Uning rahbari ishchi-elektrik Lex Valensa edi. 1981 -yil fevralida V. Yaruzelskiy Bosh vazir, sentabrda esa partiya rahbari etib saylandi. 14-dekabrda mamlakatda harbiy holat e'lon qilindi. «Birdamlik» taqiqlandi, rahbarlari esa qamaldi.
1983-yil yozida harbiy holat bekor qilindi. Korxonalar xususiylashtirila boshlandi. 1988-yil iyulidan 1990-yil dekabrigacha V. Yaruzelskiy mamlakat Prezidenti lavozimida ishladi. Hukumatni L. Valensaning safdoshi T. Mo-zaveskiy boshqardi.
1990-yilda PBIP faoliyati tugadi. Dekabr oyida Lex Valensa Prezident-likka saylandi. 1993-yilda 70 foiz korxona xususiylashtirildi. «Shok terapiyasi» amalga oshirildi. Demokratiyani rivojlantirish choralari ko'rildi. Qator qiyinchiliklar yuzaga keldi.
1995-yilgi saylovlarda A. Kvasnevskiy Prezidentlikka saylandi. Polsha Yevropa Ittifoqi va NATOga qabul qilindi.

  1. Sharqiy Yevropa davlatlarida kommunistik partiyalar qay tariqa hokimiyat tepasiga keldi?

  2. Nega Sovetlar namunasidagi sotsializm inqirozga yuz tutishi muqarrar edi?

  3. «Totalitar sotsializm» ning qanday jamiyat ekanligini izohlab bering.

  4. 80-yillar oxiri — 90-yillar boshida Sharqiy Yevropa davlatlarida ro'y bergan demokratik inqiloblarning oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?





Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish