Germaniya 1945-1949-yillarda 1945—1949-yillar Germaniya tarixida, okkupatsiya tartibi hukm surgan davr hisoblanadi. Shunday sharoitda ham Germaniyada demokratik hayot tiklana boshladi. Germaniya taqdiriga befarq qaramaydigan siyosiy kuchlar yangi sharoitda jamiyat hayotida o'z o'rniga ega bo'lish uchun kurashdilar. Dastlab fashistlar qattiq ta'qib etgan ikki siyosiy partiya — Germaniya Kommunistik partiyasi va Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi — yashirin sharoitda ishlash holatidan chiqdi.
Ayni paytda yangi siyosiy partiyalar ham vujudga keldi. Chunonchi, 1945-yilda Xristian demokratlar ittifoqi (XD1) tuzildi. Unga mashhur siyosiy arbob K. Adenauer rahbarlik qildi. Keyinroq XD1 ning Bavariya bo'limi — Xristian sotsialistlar ittifoqi (XSI) tuzildi. Xristian demokratlar fashizmga qarshi ekanliklarini, Germaniyani qudratli mustaqil davlatga aylantirish bosh maqsadlari ekanligini bayon qildilar. Ayni paytda fuqarolar farovonligini ta'minlash, ishchilarga korxonalarni boshqarishda ishtirok etish imkoniya-tini yaratish haqida va'da berdilar.
Bular fuqarolarning ko'pchiligi, ayniqsa, dindorlar tomonidan qo'llab-quvvatlandi. G'arbiy okkupatsiya zonasida «Erkin demokratik partiya» (EDP) ham tuzildi. XDI—XSI va GSDP eng yirik partiyalarga aylandi. Sharqiy okkupatsiya zonasida (SSSR zonasi) 1946-yilda GKP va GSDP birlashdi. Bu yangi partiya Germaniya yagona sotsialistik partiyasi deb ataldi. Okkupatsiya tartibi davrida, ayni paytda, Birlashgan nemis kasaba uyushmasi (BNKU) ham tuzildi.
Germaniyaning bo'linib ketishi «Sovuq urush» ning boshlanishi Germaniya taqdiriga ta'sir etmay qolmadi. Potsdam konferensiyasi qarorlari bajarilmadi. Germaniya muammosi AQSH va SSSR manfaatlari keskin to'qnashgan muammoga aylandi. Bu to'qnashuv Germaniyaning bo'linib ketishini muqarrar qilib qo'ydi. Yangi sharoitda AQSH Germaniyani G'arbning ishonchli tayanchiga aylantirishga intildi. Shuning uchun ham SSSRning kechagi ittifoqchilari Germaniyaning iqtisodiy qudratini susaytirish maqsadidan voz kechdilar.
G'arbiy Germaniyadan tovon evaziga sanoat korxonalarini olib chiqib ketish to'xtatildi. (U atigi 5 foizga bajarilgan edi, xolos.) «Marshall rejasi» ishlab chiqilayotganida AQSH unga G'arbiy okkupatsiya zonalarini qo'shishga muvaffaq bo'ldi. Chunki, endi G'arb uchun iqtisodiy jihatdan qudratli Germaniya nihoyatda zarur edi.
Tovon to'lashning to'xtatib qo'yilishi SSSR va uning kechagi ittifoqchilari o'rtasidagi munosabatni yanada keskinlashtirdi. Buning ustiga, G'arb davlatlari o'zlarining okkupatsiya zonalarini birlashtirdilar va unda 1948-yilning 20-iyunida separat pul islohoti o'tkazdilar.
Reyxs marka o'rniga nemis markasi joriy etildi. G'arbiy okkupatsiya zonasida yashayotgan aholining har biriga eski 60 markani yangi 60 markaga aylantirishga ruxsat etildi. Qolgan har 100 eski markani 6,5 yangi markaga almashtirish mumkin edi.
Buning natijasida muomaladagi pul hajmi kamayishiga erishildi. Bu esa, o'z navbatida, inflatsiyani to'xtatish imkonini berdi. Shu tariqa iqtisodiy hayotni tiklash uchun zarur sharoit yaratildi. Pul islohoti o'tkazilishiga javoban SSSR G'arbiy Berlinni qamal qildi. Shu bahonada G'arb davlatlari o'z zonalarida Germaniya davlatini tezroq tuzishga harakat qildilar.
1948-yilning sentabr oyida oika parlamentlari saylagan parlament kengashi chaqirildi. Germaniya Federativ Respublikasi Konstitutsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu Konstitutsiya 1949-yil 8-may kuni qabul qilindi. Konstitut-siyani hokimiyat tasdiqlagach, 23-maydan boshlab kuchga kirdi.
Konstitutsiya G'arbiy Germaniyani demokratik, federativ davlat, deb e'lon qildi. Davlat hududi 10 ta o'lkaga bo'lindi. Ularning har biri o'z Konstitutsiyasi, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hamda sud hokimiyatlariga ega edi.
Boshqarish shakliga ko'ra GFR parlament Respublikasi bo'lib qoldi. Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat (parlament) Federal parlament deb ataldi. U ikki palatali edi. Quyi palata — bundestag 4 yilga saylangan. Yuqori palata — bundesrat esa o'lka parlamentlari tayinlaydigan vakillardan iborat bo'ldi. Bonn shahri mamlakat poytaxti deb belgilandi. Davlat boshlig'i prezident edi. Biroq uning huquqlari cheklandi. U davlat va millat birligi ramzi bo'lib qoldi, xolos. 1949-yilning avgustida bundestagga birinchi saylov o'tkaziidi. Unda XDI—XSI va GSDP deyarli bir xil o'rin egalladilar. 7-sentabr kuni bundestag GFR Konstitutsiyasini tasdiqladi. 20-sentabr kuni XD1—XSI partiyasi EDP bilan koalitsion hukumat tuzdi. Mashhur siyosiy arbob, XDI nomzodi 75 yoshli K. Adenauer kansler etib saylandi.
Uzoqni ko'ra biluvchi, voqelikni real baholay oluvchi, dono siyosatchi K. Adenauer Yevropa integratsiyasi yo'lida juda katta ish qildi. Germaniyaning bu integratsiyada o'z o'rni boiishiga erishdi. Germaniya kelajagini G'arb dunyosi bilan uzviy bog'liq ekanligini ham hammadan ko'proq va yaxshiroq angladi. 21-sentabr kuni GFRning tashkil topganligi rasman e'lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |