О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus


Taraqqiyot yo'llarining tanlanishi



Download 4 Mb.
bet56/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

Taraqqiyot yo'llarining tanlanishi
Bundan tashqari, AQSH Lotin Amerikasi davlatlariga turli xil maz-mundagi iqtisodiy, siyosiy va harbiy shartnomalarni qabul qildira oldi. Mintaqa davlatlarida jamiyat taraqqiyoti yo'li xususida uch katta siyosiy guruh o'rtasida shiddatli kurash bordi. Bu — taraqqiyotning konservatorlik, milliy islohotchilik va inqilobiy yo'llari tarafdorlari o'rtasidagi kurash edi.
Konservatorlik yo'li mavjud holatning saqlanishidan manfaatdor kuchlar yo'li edi. Konservatorlik latifundiyachilikning saqlanib qolishi uchun har qanday o'zgarishga qarshi jon-jahdi bilan kurashar edi.
Latifundiyachilik Lotin Amerikasi asriy qoloqligining tub sababi bo'lib keldi. Biroq ikkinchi jahon urushidan so'ng latifundiyachilikning qulashi muqarrar bo'lib qoldi. Bunga, birinchidan, dehqonlar kurashi ta'sirida hukumatning agrar islohot o'tkazishga majburbo'lganligi, ikkinchidan, milliy sanoatning gurkirab rivojlanishi, uchinchidan esa, kuchli demografik «o'zgarish» yuz berganligi sabab bo'ldi.
Demografik o'zgarish qishloq aholisini shaharga ketishga majbur etdi. Natijada Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardayoq shahar aholisining soni qishloq aholisining sonidan oshib ketdi.
Ayni paytda siyosiy hayotning markazi ham shaharga ko'chdi. Lotin Amerikasi davlatlari oldida endi taraqqiyotning qolgan ikki muqobil yo'li turar edi. Mintaqa davlatlarining aksariyati milliy islohotchilik yo'lini tanladi.
Milliy islohotchilik Milliy islohotchilikning yetakchi kuchi milliy burjuaziya edi. Ular millatni iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot hamda davlat suverenitetini mustahkamlash yo'lida birlashishga da'vat etdilar. Milliy-islohotchilik harakatlari va partiyalarini tuzdilar.
Milliy-islohotchilik harakati Argentinada katta quloch yoydi. Bu yerda u peronizm nomi bilan ataladi. Peronizm keyinchalik Argentina prezident-ligiga saylangan general Xuan Domingo Peron nomidan olingan. D. Peron 1943-yilning 4-iyunida o'tkazilgan davlat to'ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga keldi.
U argentinaliklarni qaramlik, qoloqlikni tugatish va turli ijtimoiy tabaqalar hamkorligiga asoslangan adolatli jamiyat qurish yo'lida jipslashishga chaqirdi. Imperializmni, oligarxiyani tanqid qildi. Qashshoqlarni himoya qilish zarurligini ta'kidladi. Millionlab aholi D. Peron timsolida o'zlarining himoyachisi va homiysini ko'rdilar. Argentinadagi kuchli kasaba uyushmasi — «Mehnat umumiy konfederatsiyasi» — uning tayanchi bo'ldi.
1946-yilda D. Peron mamlakat prezidentligiga o'tkazilgan saylovda g'alaba qozondi. D. Peron chuqur ijtimoiy o'zgarishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, ish haqi oshirildi. Umumiy pensiya ta'minoti va haq to'lanadigan ta'til joriy etildi. Fuqarolarning ijtimoiy huquqlari 1949-yilda qabul qilingan yangi Konstitutsiyada mustahkamlab qo'yildi. Iqtisodiy siyosatda chet el kompaniyalariga qarashli mulklarni sotib olish yo'lini qo'lladi. Temir yo'l, aloqa, Markaziy bank va boshqa muhim sanoat korxonalari milliylashtirildi.
Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 5 yillik rejasi ishlab chiqildi. Milliy sarmoya rag'batlantirildi. Chetdan keltiriladigan mahsulotlarni Argentinaning o'zida ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat tarmog'ini yaratish siyosati yuritildi.
Biroq 50-yillarning o'rtalariga kelib vaziyat o'zgardi. Eksport tovarlarining narxi pasayishi davlat daromadining pasayishiga olib keldi. Mamlakatda iqtisodiy o'sish sur'ati ham pasaydi. Uni yuqori darajada saqlab turish uchun mablag' yo'q edi. Valuta zaxirasining katta qismi chet elliklarga qarashli kompaniyalarni sotib olishga sarflab qo'yilgan edi.
Bu hoi boshlangan keng miqyosdagi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni chuqurlashtirish imkoniyatini cheklab qo'ydi. Natijada mamlakatda chuqur norozilik kelib chiqdi. Bundan D. Peronning muxoliflari ustalik bilan foydalandilar. Ular 1955-yilning sentabroyida davlat to'ntarishi uyushtirdilar. D. Peron mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo'ldi.
Milliy islohotchilik tarafdorlari Braziliyada ham katta o'zgarishlarni amalga oshirdilar. Bu islohotlar prezident Vargas nomi bilan bog'liqdir. 1945-yilda mamlakatda to'g'ridan to'g'ri va yashirin ovoz berishni nazarda tutuvchi saylov haqidagi qonun qabul qilindi. Braziliyaning parlament de-mokratiyasiga qaytish demokratik kuchlarning katta siyosiy yutug'i edi.
50-yillarda Braziliya agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. Milliy demokratik kuchlar mamlakat boyliklariga faqat Braziliyaning o'zi egalik qilishi uchun kurashdilar. 1953-yilning 3-oktabrida Vargas neft sanoati masalasida muhim dekretni imzoladi. Unga ko'ra, mamlakat neft boyligi aksiyalarining 51 foiziga davlat, 49 foiziga esa mamlakat xususiy kompa-niyalari egalik qiladigan bo'ldi.
Shu tariqa chet el sarmoyasi neft sanoatidan siqib chiqarildi. Neft konlarini topish, uni qazib olish, qayta ishlash va sotish davlat monopoliyasi, deb e'lon qilindi. Bu hodisa milliy islohotchi kuchlarning katta g'alabasi edi.
Vargas hukumati elektr energiya sanoatini ham milliylashtirish uchun kurash olib bordi. Ayni paytda hukumat og'ir moliyaviy taqchillikka duch keldi. Mamlakat qishloq xo'jaligida jiddiy inqiroz ro'y berdL 3 yil davom etgan qurg'oqchilik oqibatida qishloq aholisi turmush darajasi og'irlashib ketdi.
Buning ustiga, barcha dehqonchilik xo'jaligining 3,4 foizini tashkil etuvchi latifundiyachilar jami yer maydonining 62 foizidan ko'piga egalik qilardi. Dehqonlar yerni bo'lib berishni talab eta boshladilar. Hatto, dehqonlar qo'zg'oloni ham boshlandi. Shunday sharoitda hukumat lati­fundiyachilar yerlarini sotib olish va ularni dehqonlarga bo'lib berish to'g'risida qonun loyihasini tayyorladi. Biroq bunday islohotni amalga oshirish uchun hukumatda mablag' yo'q edi.
Ayni paytda hukumat tadbirlari ichki reaksiyani ham g'azablantirdi. Hukumat ikki o't oralig'ida qolganligidan foydalangan harbiy kuchlar 1954-yilning 23-avgustida davlat to'ntarishi o'tkazdilar. Chorasiz qolgan Vargas o'zini o'zi otib o'ldirishga majbur bo'ldi. Meksikada ham milliy-islohotchilar hukumati katta o'zgarishlarni amalga oshirdi. Sanoatning qator tarmoqlari milliylashtirildi. Davlat sektori kengayib bordi. Jami milliy mahsulotda sa­noatning ulushi 29 foizni tashkil etdi. Qishloq xo'jaligi ham rivojlandi. 1960-yilda bu soha 1940-yilga nisbatan 3 baravar ko'p mahsulot ishlab chiqara boshladi.
Hukumat butun choralar bilan mahalliy sarmoyani rag'batlantirib bordi. Milliy islohotchilik va fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlarini kafolatlash birga qo'shib olib borildi. Ayni paytda agrar islohot ham davom ettirildi. Bularning oqibatida Meksikada muqim Konstitutsiyaviy tuzum qaror topdi. Meksika taraqqiyotining yana bir o'ziga xos xususiyati — bu armiyaning ichki siyosiy ahvolga aralashmaganligidir.



Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish