О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet250/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________

22-mavzu: XX asrning ikkinchi yarmi XXI asr boshlarida Iroq
Reja:

  1. Iroqning to’la mustaqillikka erishishi;

  2. Iroqda Iyun inqilobi;

  3. Saddam Husayn davrida Iroq;

  4. Iroqning tashqi siyosati.



1948-yilning 15-yanvarida Buyuk Britaniyaning Portsmut shahrida imzolangan shartnoma bu holatni yanada mustahkamladi. Shartnomaga ko'ra, urush xavfi paydo bo'lgan chog'da Buyuk Britaniya Iroqni ishg'ol etish huquqini oldi.
Amalda Buyuk Britaniya irodasiga bo'ysungan qirol hukumati Iroqni harbiy-siyosiy ittifoqqa tortdi. Shu ittifoq 1955-yilning 12-oktabrida rasmiylashdi va bu Bag'dod pakti nomi bilan ataldi.
Qirol hokimiyatining amalda G'arb davlatlari irodasini bajaruvchiga aylanishi mamlakat harbiylari orasida norozilik tug'dirdi. 1956-yiIda harbiy qismlar orasida «Erkin zobitlar» tashkiloti tuzildi. 1958-yilning 14-iyulida harbiy to'ntarish amalga oshirildi. Mamlakat qiroli Feysal II o'ldirildi. Iroq Respublika deb e'lon qilindi. Polkovnik Abdul Karim Qosim boshchiligida hukumat tuzildi. Iroq Bag'dod paktidan chiqdi. Chet el harbiy bazalari tugatildi. Sentabr oyida agrar islohot to'g'risida qonun qabul qilindi.
Ayni paytda Abdul Karim Qosim mamlakatda shaxsiy diktatura o'matishga intildi. Muxolifatchi kuchlarni qatag'on qilish siyosatini yuritdi. Tashqi siyosatda esa Quvaytga nisbatanliududiy da'vo bilan chiqdi. Bu hoi uning arab dunyosida yakkalanib qolishiga olib keldi. Mamlakatda hokimiyat uchun kurash kuchaydi.
Buning natijasida 1963-yilning 8-fevralida navbatdagi harbiy to'ntarish o'tkazildi. Abdul Qosim va uning yaqin tarafdorlari o'ldirildi. Hokimiyat tepasiga Baas partiyasi (Arab sotsialistik uyg'onish partiyasi) va Abd as-Salom Arafa boshchiligidagi harbiy guruh keldi. Arafa prezident deb e'lon qilindi. Ammo u ham mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti xususida turli siyosiy guruhlar birligini ta'minlay olmadi. Mamlakatda siyosiy beqarorlik davom etdi. Kurd muammosi ichki vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Shunday sharoitda Arafa 18-noyabr kuni yangi davlat to'ntarishi o'tkazdi va butun hokimiyatni o'z qo'liga oldi. U mamlakatda «arab sotsializmi» qurishini e'lon qildi. Yagona siyosiy partiya — Iroq arab sotsialistik ittifoqi tuzildi. Boshqa partiyalar faoliyati taqiqlandi. Ichki siyosatdagi chet elga qaram kompaniyalar milliylashtirildi. Kurd separatchilari bilan harbiy harakatlarni to'xtatish haqida bitimga erishildi. Biroq muxolifat kuchlarga qarshi qatag'on kuchaytirildi. Tashqi siyosatda qo'shni arab davlatlari bilan munosabatlar normal-lashtirildi. Lekin Arafa hukumati davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadi. Buning asosiy sababi harbiy xarajatning ko'paytirilganligi bo'ldi. 1967-yilgi Isroil agressiyasi mamlakat iqtisodiy ahvolini yanada murakkablashtirdi.
Bu hoi armiyadagi turli xil guruhlar o'rtasida hokimiyat uchun kurashni yanada kuchaytirdi. Va, nihoyat, 1968-yil 17-iyul kuni harbiylar yana navbatdagi davlat to'ntarishini amalga oshirdilar. Taqiqlangan Baas partiyasi yana hokimiyat tepasiga keldi. Bu voqea siyosiy adabiyotlarga «Iyun inqilobi» nomi bilan kirgan. General Ahmad Hasan al-Bakr prezidentlik lavozimini egalladi.
Yangi hukumat iqtisodiyotda davlat sektorini yaratish yo'lini tutdi. Radikal agrar islohot o'tkazishni, kurd muammosini tinch yo'l bilan hal etishni e'lon qildi. 1972-yilda katta yer egalaridan ortiqcha yerlarni olish vazifasi nihoyasiga yetkazildi. Shu yil 1-iyunda «Iroq petroleum» neft kom-paniyasi milliylashtirildi. Keyingi yillarda barcha neft sanoati milliylashtirildi. 1973-yilda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni amalga oshirish uchun turli siyosiy kuchlarni birlashtirgan Taraqqiyparvar milliy vatanparvarlik fronti tuzildi. 1974-yilda kurd xalqi muxtoriyatni amalga oshirish haqida qonun qabul qildi. Muxtoriyat hududida kurd tili rasmiy til deb tan olindi.
Tashqi siyosatda arablar birligiga ko'maklashish oldingi o'ringa chiqdi. Xususan, Iroq 1973-yilda Suriyaga Isroil agressiyasini qaytarishda yordam berdi. Uning armiyasi Damashqning Isroil qo'shinlarini mag'lubiyatga uchratishida muhim rol o'ynadi. Ayni paytda SSSR bilan yaqinlashish yo'lini tutdi.
Bu yaqinlashuv 1972-yilda ikki davlat o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi shartnoma bilan mustahkamlandi. SSSRning yordami bilan Iroqda 80 ta iqtisodiy obyekt qurildi. 1979-yil oxirida hokimiyatni general S. Husayn egalladi. U mamlakat­da diktatura o'rnatdi. Muxolifatchi kuchlar faoliyati taqiqlandi. Iroqni «qudratli» davlatga aylantirishga kirishdi. Harbiy xarajat har qachongidan ham oshirildi. Million kishilik armiya barpo etildi.
Eron o'z hududi daxlsizligini himoya qila oldi. 1990-yilavgustida S. Husayn yana bir avantyuraga qo'l urdi. U Quvaytni bosib olish maqsadida armiyasini bu mamlakatga kiritdi. Biroq xalqaro hamjamiyat bunga befarq qarab turmadi. BMT Xavfsizlik Kengashi Iraq ralibariyatidan qo'shinini Quvaytdan olib chiqib ketishni talab qildi. Iroqqa qarshi davlatlar ittifoqining
1991-yilning 17-yanvarida bu ittifoq harbiy kuchlari (asosan AQSH armiyasidan iborat) Iraq armiyasiga hujum boshladi va uni tor-mor etdi. Quvaytning davlat mustaqilligi tiklandi. Ammo S. Husayn Iroqdagi o'z hokimiyatini va yakka hukmronligini mustahkamlabbordi. Qurollanishni kuchaytirdi. Jahon hamjamiyati Iroqdan ommaviy qirg'in qurollari ishlab chiqarishga imkon beruvchi manbalarni tugatishni talab etdi. Qaysar S. Husayn bu haqli talabni inkor etdi. Bunga javoban Iroqqa nisbatan iqtisodiy sanksiya chorasi ko'rildi. Unga ko'ra, Iraq neftini sotish minimum darajada cheklab qo'yildi. Xalqning ahvoli og'irlashdi.
Iroqni harbiy kuch yordamidagina xalqaro huquq normalarini hurmat qildirish mumkin, deb hisobladi va 2003-yil iyun oyida Angliya ko'magida Iroqqa hujum boshlab, S. Husaynni tor-mor qildi. Koalitsiyachilar hamon o'z qo'shinlarini Iroqda saqlab turibdilar. AQSH Iroqning butun boyligiga, ayniqsa, katta miqdordagi neftiga ega bo'ldi. Iroqda vaziyat keskin bo'lib, kelgindilarga qarshilik ko'rsatish to'xtamayotir. Xalq esa urush jarohatlarini tiklamoqda. 2006-yil noyabrda S. Husayn o'limga hukm qilindi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish