О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet162/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

4.

Mustahkam- lash
(Qo’llash)

30

- Muammoni echishning to’liq darajasini, guruhlar harakati strategiyasi, ta’lim oluvchilar kuchi, manbalardan foydalanish sifati, ijodiy yondashuv, ishni davom ettirish imkoniyati, hisobot sifati va boshqalarni baholaydi.
- Qaytar aloqa o’rnatadi, mavzuning har qismi bo’yicha xulosa qiladi, asosiy joylarga diqqat qaratadi; daftarlarga ma’lumotlarni yozib olishni eslatadi.
- Talabalarga ma’ruza yakunida asosiy tushuncha va atamalarga, ularni bayon etish izchilligiga qaytishni va taxminlarni natijalar bilan solishtirishni aytadi.

Amaliy ish usuli,
bahs-munozara,
aqliy hujum



Darslik, xarita, ma’ruzalar matni, tarqatma materiallar, test banklari.

5.

Yakuniy qism

10

- Mavzu bo'yicha umumiy xulosa qilinadi. Qilingan ishlarni kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muhim ahamiyatga egaligiga o’quvchilar e’tiborini qaratadi.
- O’quvchilar bilimini baholaydi, o’quv mashgulotining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.
- Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning baholash mezonlarini yetkazadi.
-Navbatdagi mashg’ulotda ko’riladigan mavzuni elon qiladi va dars yakunlanadi.



tushuntirish, yo’riqnoma berish, suhbat, bahs-munozara, aqliy hujum



Darslik, xarita, ma’ruzalar matni, plakatlar, jadvallar, tarqatma materiallar, test banklari.

O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________



6-Mavzu: Yugoslaviyaning parchalanishi. Mustaqil davlatlarning yuzaga kelishi va ularning ijtimoiy-siyosiy hayoti
Reja:
1. Yugoslaviyada Kommunistik partiyalarning hokimiyat tepasiga kelishi
2. Yugoslaviyaning ichki va tashqi siyosati
3. Yugoslaviyaning parchalanishi.

1991-yil iyunida Xorvatiya, Sloveniya va Makedoniya mustaqil respublika deb e'lon qilindi. 1992-yil yanvarida Bosniya va Gersogovina mustaqil davlat bo'lib qoldi.


1989-yildan Prezidentlik lavozimida ishlayotgan S. Miloshevich mamlakat yagonaligini saqlab qololmadi. 1990-yil oxirida u faqat Serbiya Prezidenti bo'lib qoldi. 1991-yilda Serbiya va Chernogoriya o'z federat-siyalarini Yugoslaviya Respublikasi lttifoqi (YURI) deb atadi (1997-yildan S. Miloshevich prezident bo'ldi).
1991-yilda Xorvatiyada F. Tujman (u 1999-yilda vafot etgach S. Misich), 1990-yildan Bosniya va Gersegovinada A. Izetbegovich, 1997-yildan Sloveniyada M. Kuchan hukumat rahbarligida ishlab keldilar. S. Miloshevich

Xorvatiya, Bosniya va Gersegovinaga qo'shin kiritdi. 5 ming kishi o'ldirildi, 500 ming kishi qochoqqa aylandi. Yugoslaviyadagi bu voqealardan keyin 10 ming kishi Vengriyaga qochib o'tdi. O'n minglab kishilar G'arbiy Yevropa davlatlariga ketdi.


YURI ning keyingi rivojlanishidagi murakkab vaziyat Miloshevich-ning Kosovodagi siyosati natijasi boidi. U yerda 1990-yilga kelib alban millatiga mansub bo'lmagan aholi atigi 10% ni tashkil qilardi. Ko'p-chilikni tashkil etgan albanlar keng muxtoriyatni talab qildi va o'lka huquqlarini cheklashga javoban o'z parlamentini sayladi. Bu parlament esa Kosovo Respublikasi mustaqilligini e'lon qildi, konstitutsiyani qabul qildi va prezident saylandi. Serbiyaning bu respublikaga qurolli kuchlar yordamida barham berishga bo'lgan urinishi Kosovoning qurollangan otryadlariga to'qnash keldi.
Serbiya qo'shinlarining Kosovoga bostirib kirishiga albanlar partizanlik urushi bilan javob qaytarishdi. Urush qurbonlar va qochoqlar sonini oshirdi. Bu urush va S. Miloshevichning kosovoliklar bilan muzokara olib borishdan bosh tortishi BMT, YEXHT, NATO kabi xalqaro tashkilotlarning va yirik mamlakatlarning aralashuviga sabab bo'ldi. Rossiya Federatsiyasi e'tirozlariga qaramasdan, NATO 1998-yilda Serbiyani bombardimon qildi.
Buyuk davlatlar Kosovoning Serbiya tarkibida ekanligini tan olib, Kosovodagi fuqaro va etnoslarning huquq va erkinliklarini himoya qilgan holda, Yevropadagi bu urush o'chog'ini yo'q qilishga intilmoqda, ammo alban separatistlari Buyuk Albaniyani tuzish uchun qurolli kurashni to'xtatmayaptilar.
Serbiyaning bombardimon qilinishi va unga qarashli qo'shinlarining Ko-sovodan chiqarilishidan so'ng YURI qiyin vaziyatda qoldi. Serbiyada taraqqiyot yo'lini o'zgartirish va S. Miloshevichning iste'foga chiqishini talab etuvchi chaqiriqlar faollashdi.Faqat 2000-yildagina Serbiyada demokratik kuchlar birlashishga muvaffaq bo'lishdi va federal prezident saylovlarida Miloshevich magiubiyatga uchradi. Hukumat saylovlarni bekor qilishga urindi, ammo oktabr oyida qo'zg'olon darajasiga yetgan xalq chiqishlari Miloshevichni iste'foga ketishga majburetdi va mamlakat prezidentligiga demokratik kuchlar yetakchisi V. Koshtunitsa saylandi. S. Miloshevichning Yugoslaviyadagi xunrezliklari uchun Gaaga xalqaro tribunali 2001-yilda Lining ustidan sud boshladi va u qamoqda vafot etdi.YUSFRning mustaqil davlatlarga aylangan sobiq respublikalarining taqdiri ana shunday turlicha bo'ldi. YUSFRdagi sotsializm original modelining qulashi kommunizm prinsiplari noto'g'riligini bildirsa, respublikalar taraqqiyoti liberalizmning jozibadorligini anglatadi.Demak, xulosa qilib shuni aytish kerakki, Chexoslovakiya voqealaridan so'ng Sharqiy Yevropa davlatlarida totalitar tartib yanada kuchaydi. Xususan, iqtisodiy islohotlar to'xtatildi. O'zgacha fikrlovchilarning ta'qib etilishi kuchaydi. Biroq bu hodisa Sharqiy Yevropa davlatlarining iqtisodiy ahvolininiushkullashtirdi. 70-yillardan boshlab bu davlatlarning iqtisodiy ahvoli tobora murakkablasha bordi.
Ular endi G'arb davlatlaridan qarz olishga majbur bo'ldilar. Bundan ko'zlangan maqsad — sanoatda eskirgan uskunalarni yangilash edi. Lekin bu maqsadga erishilmadi. Chunki bozor iqtisodiyotisiz ilmiy-texnika inqilobi yutuqlari hech qanday samara bermas edi. Buning ustiga, Sharqiy Yevropa davlatlari oldida endi tashqi qarz muammosi ham paydo boidi. Samarasiz iqtisodiyot tashqi qarzni to'lashga imkon bermasdi. Shu tariqa iqtisodiy ahvol borgan sari yomonlashdi.
Bu hodisa, o'z navbatida, aholi turmush darajasiga salbiy ta'sir etmay qolmadi. Yuqorida ko'rganimizdek, 80-yillarda birinchi bo'lib Polsha ish-chilari bosh ko'tarishdi. 1981-yilda hukumat mamlakatda harbiy holat joriy etishga majbur bo'ldi. 1989-yil noyabrda Chexoslovakiyada Kom-munistik partiyaning rahbarlik roli barham topdi. Boshqa «sotsialistik» davlatlarda ham ahvol Polsha yoki Chexoslovakiyadagidan yaxshi emas edi.
Shu tariqa Sharqiy Yevropa davlatlarida hukmron kommunistik partiyalar o'z ta'sirini yo'qotib bordilar. Ayni paytda Sharqiy Yevropa davlatlarida demokratik inqilobiy vaziyat yuzaga kela boshladi. Totalitar sotsializm ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham ijtimoiy, ham ma'naviy inqirozga yuz tutdi.
Shundan so'ng Sharqiy Yevropa davlatlarida demokratik inqilob uchun zarur sharoitlar yetildi. Bu sharoitning inqilobga o'sib o'tishi uchun faqat tashqi turtki zarur edi, xolos. SSSRda 1985-yil boshlangan qayta qurish siyosati ana shu tashqi turtki vazifasini bajardi. Chunonchi, M. S. Gor-bachyov boshchiligidagi yangi rahbariyat Sharqiy Yevropa davlatlarining avvalgi rahbarlarini qo'llab-quvvatlamay qo'ydi.
Ayni paytda SSSR rahbariyati bu davlatlarning taraqqiyot yo'llarini o'zlari tanlash huquqini tan oldi. Bu — SSSR Sharqiy Yevropadagi mavjud diktatorlik tartibini saqlab qolish uchun o'z armiyasidan foydalan-maydi, degani edi. Amalda shunday bo'ldi ham. Sotsializm qo'rg'onlari birin-ketin quladi. Yuqorida ta'kidlanganidek, 1989-yil yanvar oyida Vengriyada parlament demokratiyasiga o'tiladi. Iyun oyida Polshada muxolifat kuchlar saylovda g'olib chiqdilar. Shu yil 4-noyabr kuni GDR da kommunistlar rejimi quladi. 10-noyabrda Bolgariyada kommunistlar diktaturasi barham topdi. 22-dekabrda esa Ruminiyada sotsialistik rejim ag'darildi.
Shu tariqa sobiq sotsialistik davlatlarda demokratik inqiloblar g'alaba qozondi. Bu inqiloblar oqibatida totalitar sotsializm barham topdi. Bugungi kunda ularda (GDRdan tashqari, chunki hozir bunday davlat yo'q. U GFRga qo'shilib ketgan) iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan demokratik amiyat qaror topmoqda
Sharqiy Yevropa davlatlari bilan O'zbekiston o'rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar urushdan keyingi yillardanoq rivojlana boshladi. O'zbekiston paxtasi u yerdagi to'qimachilik korxonalari uchun asosiy xomashyo bo'lib xizmat qildi. Ular O'zbekistonga tayyor mahsulot-lar, turli asbob-uskunalar eksport qildilar. Jumladan, 1987-yilda Chexo-slovakiya Toshkentda savdo vakilligini ta'sis etgan bo'lib, tramvay, avtobus, trolleybuslar, yengil sanoat uchun uskunalar, xalq iste'moli mollari keltirilardi. 1994-yilda tovar ayirboshlash 45 million, 1996-yilda 80 million dollarni tashkil etdi. Qo'shma korxonalar tashkil etildi. Jumladan, kam tonnali yuk mashinalarini yig'ishga ixtisoslashgan «Avtash», brezent ishlab chiqarish bo'yicha — «Kenaf», ma'danli suvlar va limonli ichimliklar quyishga moslashgan «Samarqand — Praga» va boshqalar ochildi.
1997-yil yanvarda O'zbekiston Prezidenti Chexiyaga safar qildi. Islom Karimov Prezident V. Gavel, bosh vazir V. Klaus va boshqa ishbilarmon-lar bilan uchrashdi. Uzoq muddatli aloqalarning asoslari yaratildi. O'z­bekiston bilan Chexiya o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish haqida hujjat imzolandi.
Shuningdek, Islom Karimov 1997-yil yanvarida Slovakiya Respublikasi-da ham amaliy tashrif bilan bo'ldi. Prezident Mixail Kovach, Bosh vazir V. Mechyar bilan uchrashdi. O'zbekiston bilan Slovakiya o'rtasida o'zaro munosabatlar va hamkorlik asoslari haqida shartnoma imzolandi. 1997-yil fevralda Slovak aksionerlik jamiyati «YAS» (mashhur «Sebo» merosxo'ri) firmasining vakilligi ish boshladi.
1998-yil iyunida Chexiya Respublikasi gepatit kasalligi diagnostikasi va profilaktikasi uchun 70 ming dollar qiymatida meditsina asbob-uskunalarini gumanitar yordam sifatida «Ekosan» fondiga topshirdi.
1997-yil oktabrida Vengriya Respublikasi Prezidenti Arpada Gens O'zbekistonga tashrif buyurdi va Islom Karimov bilan uchrashdi. Vizit yakunida Vengriya va O'zbekiston o'rtasida hamkorlikni, do'stlik munosa-batlarini har tomonlama yanada guruhlashtirish haqida deklaratsiya, turizm sohasidagi hamkorlik haqida bitim va boshqa hujjatlar imzolandi.
1998-yil oktabrida Prezident Islom Karimov Bolgariya Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo'ldi. Bolgariya Prezidenti P. Stoyanov bilan uchrashdi. Bolgariya va O'zbekiston o'rtasida do'stlik munosabatlari va hamkorlik haqida shartnoma, investitsiyalarni himoyalash va rag'batlantirish, savdo-iqtisod, madaniyat, turizm, xalqaro yuk va passajirlarni avtomobilda tashish haqida bitimlar imzolandi.
Sharqiy Yevropa davlatlari bilan O'zbekiston davlati rahbarlari o'rtasida tez-tez rasmiy uchrashuvlar odat tusiga kirdi. 2005-yil martida Islom Karimov Sloveniyada bo'ldi. Prezident Ya. Drnovshek va Milliy kengash raisi Yanez Sushnik bilan muzokaralar olib bordi. Xalqaro yo'nalishda avtomobillarda yo'lovchi va yuklarni tashish bo'yicha bitimlar tuzildi
Demak, Sharqiy Yevropa davlatlari bilan O'zbekiston o'rtasida o'zaro manfaatli iqtisodiy va madaniy aloqalar o'rnatildi.



Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish