O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________
13-MAVZU: ITALIYANING ICHKI VA TASHQI SIYOSATI
Reja:
1. Italiyada siyosiy beqarorlik.
2. Italiya – O`zbekiston munosabatlari
Tayanch so’zlar: Parij tinchlik shartnomasi, Xristan-demokratik (XDP), Sotsialistik (ISP) va Kommunistik (IKP), Alchido de Gasperi, «Italiya mo'jizasi»,«Mudofaa maqsadlarida o'zaro yordam to'g'risida»
Siyosiy beqarorlik Italiya ichki hayotiga siyosiy beqarorlik xos boigan davlatligi bilan ham ajralib turadi. Urushdan keyingi davrda 50 dan ortiq hukumat almashganligi buning dalilidir. Bu — o'rta hisobda deyarli har 1 — 1,5 yilda hukumat almashinuvi sodir bo'ldi, deganidir. Xo'sh, mamlakat hayotidagi siyosiy beqarorlikning sabablari ni-malar edi?
Mutaxassislarning fikricha, buning asosiy sababi — Italiyada siyosiy partiyalarning haddan tashqari ko'pligidir. (Mamlakatda 9 ta umummilliy va ko'plab hududiy partiyalar mavjud.) Bu hoi, tabiiyki, hukumatning tez-tez almashib turishiga olib keladi va, o'z navbatida, siyosiy beqarorlikka ham sabab bo'ladi.
Ikkinchidan, bu hodisa Italiya barcha hududining iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan bir xil darajada rivojlanmaganligi bilan izohlanadi. Shimolning gurkirab rivojlanganligi, Janubning (Sitsiliya, Neapol) iqtisodiy jihatdan orqada qolganligi bugun ham katta ijtimoiy muammo bo'lib qolmoqda.
Bu hoi, o'z navbatida, o'tkir ijtimoiy muammo — ishsizlik muammosi-ni keltirib chiqardi. Millionlab kishilar ish izlab yurishga majbur bo'lib qolishdi. Hatto, iqtisodiy gurkirab rivojlangan sharoitda ham ishsizlar soni bir milliondan ortiq bo'ldi. Har yili 200 mingdan ortiq kishi GFR, Shveysariya va Fransiyaga ish izlab ketishiga to'g'ri keldi.
Bu ijtimoiy muammo, o'z navbatida, boshqa dahshatli muammolarni — korrupsiya, terrorizm, jinoyatchilik va mafiyaning siyosatga aralashuvini kuchaytirdi. 1969-yildan keyingi davrda 400 ga yaqin siyosiy arbob, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o'ng va so'l terrorchilar qurboni bo'lishdi. Ayniqsa, 1978-yilda XDP rahbari A. Moroning o'ldirilishi Italiya jamoatchiligini qayg'uga soldi. U 1963—1968 va 1974-yillarda Italiya Bosh vaziri, 1969—1972-yillarda tashqi ishlar vaziri bo'lib ishlagan obro'li siyosiy arbob edi. Italiyada hech bir siyosiy arbob siyosiy terrorizm qurboni bo'lish xavfidan kafolatlangan emas.
Korrupsiya koiami bo'yicha Italiya G'arbiy Yevropa davlatlari ichida eng oldingi o'rinda turadi. Bu mamlakat hayotida mafiyaning chuqur ildiz otganligi bilan izohlanadi.
Mafiya — bu jinoiy guruhlarning davlat apparati bilan qo'shilib ketishidir. Ya'ni davlatning barcha organlarida, siyosiy partiyalar apparatida mafiyaga (maxfiy terrorchi tashkilotga) xizmat qiluvchi kishilar mavjudligidir.
Italiyada mafiyaning kuchayishiga 1993-yilgacha mavjud bo'lgan saylov tartibi ham qulay sharoit tug'dirgan. 1993-yilgacha Italiyada parlamentga saylov proporsional saylov tizimi asosida o'tkazilgan. Bu saylov tizimida saylovchilar aniq bir shaxs uchun emas, u yoki bu partiya uchun ovoz berardilar.
Parlamentdagi o'rin partiyalarning olgan ovoziga proporsional ravishda boiinardi. Qaysi partiyadan kimning deputatlik o'rnini egallashi partiya rahbarlari orasida hal etilardi. Bu hoi, o'z navbatida, korrupsiyaning kuchayishiga yo'l ochdi. Mafiya esa bundan ustalik bilan foydalandi va jamiyatning hamma sohalariga kirib bordi. U, ayniqsa, Sitsiliyada, Neapolda va boshqa janubiy viloyatlarda rivojlandi.
U shantaj, talonchilik, qotillik yo'li bilan jamiyatni tahlikaga soldi. Davlat organlari xodimlarini sotib olish (korrupsiya) mafiya faoliyatining asosini tashkil etadi. O'z izmiga yurmaydiganlarni ta'qib etadi va ularning qotiliga aylanadi. To'g'ri, Italiya jamoatchiligi, mafiya va korrupsiyani jilovlashga tarafdor bo'lgan siyosiy arboblar jamiyatda ro'y berayotgan bunday falokatlarga qarshi chiqdilar va jamiyatda zarur tartib o'rnatili-shini talab etdilar. 1986-yilda eng yirik mafiyachilar ustidan sud jarayoni o'tkazildi. U Italiya mafiyasi vatani Sitsiliya markazi Palermo shahrida bo'lib o'tdi. 500 nafardan ortiq kishi sud qilindi. Biroq mafiya yashashda davom etdi.
1992-yilda Italiyada «Toza qo`llar» deb atalgan keng qamrovli tadbir o'tkazildi. Buning natijasida davlat organlari va siyosiy partiyalar rahbarligida ishlovchi 20 mingdan ortiq kishi tergov ro'yxatiga tushdi. 2 yil davomida poraxo'rlikda ayblangan 2 mingdan ortiq kishi hibsga olindi.
Tergovga chaqirilganlar ichida hatto sobiq bosh vazirlar J. Andreoti (XDP lideri) va B. Kraksi (Sotsialistik partiya lideri)lar, parlament deputatlari hamda senatorlar ham bor edi.
Mafiya bilan aloqada bo'lgan oliy darajadagi arboblarning fosh etilishi Italiya jamoatchiligini larzaga keltirdi. Bu hodisa Ikkinchi jahon urushidan keyin qaror topgan partiyaviy-siyosiy tizimning inqiroziga olib keldi. 1994-yilning mart oyida o'tkazilgan parlament saylovi buni yaqqol isbotladi. Chunonchi, XDP 3 siyosiy oqimgabo'linib ketdi. Italiya Sotsialistik partiyasi esa o'zini tarqatilgan, deb e'lon qildi. Italiya Kommunistik partiyasi saylov-gachayoq o'zining nomini ham, maqsad, vazifa va dasturini ham o'zgartirdi. U saylovda «So'l kuchlar demokratik partiyasi» nomi bilan qatnashdi.
Saylovda mutlaqo yangi kuchlar g'olib chiqdi. Bular «Olg'a, Italiya!», «Shimol Ligasi» va «Milliy alyans» partiyalari edi. Ular «Erkinlik qutbi» blokiga birlashdilar. S. Berluskoni («Olg'a, Italiya» partiyasi rahbari) boshchiligida Italiyada 52-hukumat tuzildi. Biroq bu hukumat 1994-yilning oxirigacha yashadi, xolos.
53-hukumatni mustaqil siyosiy arbob L. Din! boshqardi. 1996-yil aprel oyida parlamentga o'tkazilgan navbatdan tashqari saylovda «So'l kuchlar demokratik partiyasi» g'alaba qozondi. Shunday bo'lsa-da, 1996—1998-yillar oralig'ida bir necha partiyasiz hukumat tuzildi. Va, nihoyat, 1998-yilda Italiya prezidenti SKDP rahbari M. Alemaga hukumat tuzishni topshirdi. 2001-yilda esa yana S. Berluskoni boshchiligida navbatdagi hukumat tuzildi. 2006-yilgi saylovda Roman Prodi Bosh vazirlik lavozimiga keldi. Italiyada siyosiy beqarorlik hamon davom etmoqda. Shunga qaramay, Italiya dunyoning iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan 7 davlatidan biriligicha qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |