WINDOWS OPERATSION TIZIMINING ASOSIY OB’YEKTI – OYNADIR. OYNANING BIR NECHA TURLARI MAVJUD: JILDLAR (PAPKALAR) OYNASI, MULOQOT OYNASI, ILOVALAR OYNASI, MA’LUMOTLAR TIZIMI OYNASI
WINDOWS OPERATSION TIZIMINING ASOSIY OB’YEKTI – OYNADIR. OYNANING BIR NECHA TURLARI MAVJUD: JILDLAR (PAPKALAR) OYNASI, MULOQOT OYNASI, ILOVALAR OYNASI, MA’LUMOTLAR TIZIMI OYNASI.
JISLDLAR OYNASI: Hujjatlar va ilovalarni izlash, tanlash va yuklash uchun ishlatiladi. Jildlar oynasi Windows ning boshqa ob’yektlari znachoklari va oynani boshqarish elementlarini o’z ichiga oladi.
ILOVALAR OYNASI: Asosan hujjatlar bilan ishlashda qo’llaniladi. Bu oynalarga hujjat sifatida yuklatilgan axborotni va ilovalarni boshqarish elementlarini o’z ichiga oladi.
MULOQOT OYNASI: Faqat boshqarish elementlarini o’z ichiga olishi bilan boshqa oynalardan farq qiladi. Ular yordamida operatsion tizim va uning ilovalarini boshqarish mumkin.
MA’LUMOTLAR TIZIMI OYNASI: Operatsion tizim va ilovalar ishi haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Свернуть (yig’ib olish yoki kichiklashtirish) – Oynaga mos tugma masalalar panelida qoldirib, ekrandan olib tashlash. Shu tugmaga bosilsa oyna yana o’zining oldingi holatiga o’tadi.
Развернуть (Yoyish yoki kattalashtirish) – oynani butun butun ekran xajmidagi holatga o’tkazish.
Закрыть (yopish yoki berkitish) – oynani berkitish, masalalar paneli va ekrandan olib tashlash.
Свернуть в окно (normallashtirish) – Oynani o’rtacha xajmdagi holatga o’tkazish.