O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana16.01.2020
Hajmi1,63 Mb.
#34565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
oila huquqi


 
Nazorat savollari: 
1.Aliment so’zining lug’aviy ma`nosi nimani anglatadi? 
2.Aliment  huquq  va  majburiyatlarining  umumiy  qoidalari  deganda  nimani 
tushunasiz? 
3.Oila a`zolari va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari tushunchasi va 
uning vujudga kelish asoslari. 
4.Aliment majburiyatlarida shaxslar o’zgarishi mumkinmi? 
 
11-BOB. ALIMENTLARNI TO’LASH VA UNDIRISH TARTIBI. 
1-§. Aliment to’lash va undirish tartibi 
 
Aliment  to’lashi  shart  bo’lgan  shaxs  alimentni  ixtiyoriy  ravishda  shaxsan 
yoki  o’z  arizasiga  muvofiq ishlab  turgan joyda  yoxud pensiya,  nafaqa, stipendiya 
va  boshqa  turdagi    mablag’  olayotgan  joyda  to’lanadi.  Voyaga  yetmagan  bolalar 
uchun  olinadigan  alement  arizaga  muvofiq  Oila  kodeksining  99-moddasiga 
muvofiq  ushlanib  qolinadi.  Oila  kodeksining  135-modda,  3-qismiga  asosan 
alimentning  ixtiyoriy  ravishda  to’lab  turilishi  aliment  undiruvchini  xohlagan 
vaqtda  aliment  undirish  haqida  ariza  bilan  sudga  murojaat  qilish  huquqidan 

mahrum  etmasligi  belgilangan  edi.  Ushbu  normaga  quyidagicha  o’zgartirish 
kiritildi.  Aliment  ixtiyoriy  ravishda  to’lab  turilishi  aliment  unirish  haqida  da`vo 
yoki  ariza  bilan  hohlagan  vaqtda  sudga  murojaat  qilish  huquqidan  mahrum 
qilmaydi, - degan   so’zlar bilan almashtirildi.                                                                                                                               
Amaldagi  qonunda  aliment  majburiyatlarida  bar  qator  yangi  qoidalar 
belgilangan. 
Yangi oila qonuni aliment undirishni uch tartibini belgilaydi:  
1.  Aliment  to’lash  to’g’risidagi  kelishuv  tuzish  (OKning  130-134-
moddalari); 
2. Alimentni ixtiyoriy to’lash (OKning 135-moddasi); 
3. Alimentni sud tartibida undirish (OKning 136-moddasi). 
Amaldagi  qonunchilik  bu  uch  tartib  o’rtasidagi  farqlarni  aniq  belgilab 
beradi.  Aliment  to’lash  to’g’risidagi  kelishish  mavjud  bo’lganida  sud  tartibida 
aliment undirishga yo’l qo’yilmaydi. 
Aliment  majburiyati  bu  shunday  huquqiy  munosabatni  ular  qonunda 
belgilangan yuridik faktlar sodir bo’lganida sodir bo’ladi. 
Taraflar o’zaro kelishganda yoki sudning hal qiluv qarori mavjud bo’lganida 
bir  xil  oila  a`zolari  boshqa  oila  a`zolariga  to’lashga  majbur  bo’ladi  so’nggisi  esa 
uni talab etish huquqiga ega bo’ladi. 
Oila  kodeksining  107-moddasiga  kiritilgan  qo’shimchaga  ko’ra,  Voyaga 
yetmagan  bolani  ota-onasidan  olib,  uni  bolalar  tarbiya  muassasasiga  joylashtirish 
to’јrisidagi    hal  єiluv  єarorini  chiєarishda  yoxud  ota  va  onaning  іar  biridan  bola  
foydasiga  ushbu  Kodekksning  99-moddasida  belgilangan  miєdorlarda  aliment 
undirishi mumkin. Bunda undirilgan alimentlar mazkur bola nomiga ochilgan bank  
hisobvarag`ida jamlanadi va u voyaga yetganda to’lanadi. 
Aliment  to’lash  to’g’risidagi  kelishuv,  sud  yo’li  bilan  aliment  undirish 
huquqiga  ega  bo’lgan  shaxslar  o’rtasida  ham  (Oila  kodeksining  131-moddasiga 
binoan), bunday huquqqa ega bo’lmaganlar o’rtasida ham tuzilishi mumkin, chunki 
bu  holatda  aliment  to’lash  majburiyatini  ixtiyoriy  ravishda  o’z  zimmasiga  olishi 
to’g’risida  gap  boradi.  Masalan,  Oila  kodeksining  16-bobiga  ko’ra,  uy-ro’zg’or 
ishlari  bilan  shug’ullanuvchi  mehnatga  layoqatli  er  yoki  xotinga,  amaldagi  xotin 
yoki  er,  vasiy,  homiy  va  ularning  homiyligidagilar,  amaki-tog’alar,  amma  xolalar 

va  jiyanlar  hamda  qonun  bilan  sud  tartibida  aliment  talab  qilinish  huquqiga  ega 
bo’lgan shaxslar doirasiga kiritilmagan boshqa shaxslar tomonidan aliment to’lash 
to’g’risida kelishuv tuzishlari mumkin. 
Oila kodeksining 130-moddasiga binoan aliment to’lash to’g’risida kelishuv 
tuzish uchun muomalaga layoqatli bo’lish talab etilmaydi. 
14 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlar hamda sud tartibida  muomalaga 
layoqatsiz  deb  topilgan  shaxslar  nomidan  kelishuv  ularning  qonuniy  vakillari 
(voyaga  yetmaganlarning  ota-onalari,  vasiylari,  homiylari)  tomonidan  tuziladi.  14 
yoshdan 18  yoshgacha  bo’lgan voyaga  yetmaganlar  hamda  muomala  layoqatliligi 
sud  tartibida  cheklangan  shaxslar  o’z  qonuniy  vakillarining  roziligi  bilan  aliment 
to’lash to’g’risida kelishuv tuzadilar. 
Oila  kodeksining  131-moddasida  kelishuvni  yozma  ravishda  tuzish  va  uni 
notarial  tarzda  tasdiqlash  shartligi  belgilangan  Notarial  tartibda  tasdiqlanmagan 
aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv haqiqiy hisoblanmaydi. Biroq aliment to’lash 
to’g’risida (oddiy yozma shaklda) kelishuv tuzgan tomonlardan biri amalda uni ijro 
etishga  kirishgan  bo’lsa-yu,  ikkinchi  tomon  uni  notarial  tasdiqlashdan  bo’yin 
tovlayotgan  bo’lsa,  Fuqarolik  kodeksining  12-moddasiga  muvofiq  kelishuv  sud 
tartibida  haqiqiy  emas  deb  topilishi  mumkin.  Bunday  holatda  keyinchalik 
kelishuvni notarial tasdiqlash talab etilmaydi. 
Notarial  tasdiqlangan  kelishuv  o’z  ijro  kuchiga  ko’ra  ijro  varaqasiga 
tenglashtiriladi.  Bu  esa  aliment  ushlab  qolish  uchun  boshqa  hujjatlarni  ko’rsatish 
talab  qilinmasligini  bildiradi.  Notarial  tasdiqlangan  kelishuvni  jo’natish,  hisobga 
olish  va  saqlashga  nisbatan  ijro  varaqalarini  jo’natish,  hisobga  olish  va  saqlash 
qoidalari qo’llaniladi. 
Aliment  to’lash  to’g’risidagi  Fuqarolik  kodeksining  150-moddasida 
belgilangan  da`vo  qo’zg’atish  muddati  doirasida  e`tiborsiz  qoldirilishi  ham,  rad 
etilishi ham mumkin. 
Aliment 
to’lash  to’g’risidagi  kelishuvning  tomonlarning  o’zaro 
kelishuvlariga  binoan  o’zgartirilishi  yoki  bekor  qilinishi  yozma  ravishda  amalga 
oshirilib notarial tasdiqlanishi zarur. 

Oila  kodeksining  16-bobiga  binoan  aliment  kelishuvlarini  quyidagilar 
tuzishlari mumkin: 
-  ota-onalar  o’zlarining  voyaga  yetmagan  bolalarini  ta`minlash  to’g’risida. 
Agar  aliment  14  yoshga  to’lmagan  bolalarga  beriladigan  bo’lsa,  u  holda  kelishuv 
aliment to’lovchi ota yoki ona bilan ona yoki ota o’rtasida tuziladi, bunda ikkinchi 
tomon  sifatida  farzandlikka  oluvchi  ota  yoki  onasi,  vasiysi  yoki  farzandlikka 
oluvchisining roziligi bilan kelishuv tuzadilar; 
-  ota-onalar  yordamiga  muhtoj,  mehnatga  layoqatsiz  voyaga  yetgan 
farzandlarini  ta`minlash  to’g’risida  ota-onalar  bunday  kelishuvni  o’zlarining 
mehnatga yaroqli, voyaga yetgan farzandlari bilan ham tuzishlari mumkin; 
- mehnatga layoqatli farzandlari o’zlarining mehnatga layoqatsiz, yordamga 
muhtoj  ota-onalarini  ta`minlash  to’g’risida.  Bunday  holatda  kelishuv  voyaga 
yetgan  har  bir  farzand  bilan  ota  va  onaning  har  biri  o’rtasida,  tomonlardan  biri 
muomalaga layoqatsiz bo’lgan hollarda esa uning qonuniy vakili o’rtasida tuziladi. 
Bunday  bitim  ota-onalar  mehnatga  layoqatsizligi  va  muhtojligidan  qat`iy  nazar 
tuzilishi mumkin; 
-  er-xotindan  biri  mehnatga  layoqatsiz,  muhtoj  bo’lgan  hollarda,  masalan, 
xotin  homiladorligi  davrida  hamda  umumiy  farzand  tug’ilganidan  keyin  uch  yil 
davomida yoki er yoxud xotin nogiron umumiy farzandni parvarish qilayotganida 
u 18 yoshga to’lgunicha yo bo’lmasa 1-guruh nogironi bo’lgan umumiy farzandni 
parvarish  qilayotganida  er-xotinlar  aliment  kelishuvi  tuzishlari  mumkin.  Bitimda, 
aliment  oluvchi  er  yoki  xotin  mehnatga  layoqatsizligi  yoki  muhtojligidan  qat`iy 
nazar, ulardan birini ta`minlash nazarda tutilishi mumkin; 
-  sobiq  er-xotinlar,  nikoh  mavjudligi  davrida  ham,  ular  nikohdan 
ajralganidan  keyin.  Ular  sobiq  er  yoki  xotin  mehnatga  layoqatsizligidan  yoki 
muhtojligidan qat`iy nazar, bunday kelishuvni tuzishlari mumkin; 
- shunday bitim tuzishlari mumkin bo’lgan aka-ukalar va opa-singillar; 
-  bobolar  va  buvilar.  Ular  nabiralari  bilan  o’zlarini  ta`minlash  to’g’risida 
kelishuv tuzishlari mumkin; 

- bobolari va buvilarini ta`minlash to’g’risida kelishuv tuzish huquqiga ega 
nabiralar; 
-  voyaga  yetgan  amaldagi  tarbiyalanuvchilar.  Ular  o’zlarining  sobiq 
amaldagi tarbiyachilarini ta`minlash to’g’risida kelishuv tuzish huquqiga egadirlar
-  voyaga  yetgan  asrandi  o’g’illar  va  qizlar.  Ular  o’gay  otalari  yoki  o’gay 
onalarini ta`minlash to’g’risida kelishuv tuzishlari mumkin. 
Oila  kodeksining  145-moddasida  xorijiy  davlatga  doimiy  istiqomat  qilish 
uchun  jo’nab  ketayotgan  shaxs  bilan  aliment  to’lash  to’g’risida  kelishuv  tuzish 
mumkinligi  nazarda  tutilgan.  Bu  kelishuvda  tomonlar  aliment  olish  huquqiga  ega 
bo’lgan shaxslarni ta`minlashning har qanaqa usulini ko’zda tutishga haqlidirlar. 
Kelishuvga muvofiq voyaga yetmagan bolalar uchun belgilanadigan aliment 
miqdori  ular  sud  tartibida  undirganda  olish  mumkin  bo’lgan  aliment  miqdoridan 
kam  bo’lmasligi  kerak.  Bu  miqdor  Oila  kodeksining  99-moddasi  bilan  belgilab 
qo’yilgan  va  bir  bola  uchun  ish haqi va  (yoki)  boshqa  daromadning 1/4  qismini, 
ikki  bola  uchun  1/3  qismini  va  uchta  hamda  undan  ortiq  bola  uchun  1/2  qismini 
tashkil qiladi. 
Alimentlar  aliment  to’lashga  majbur  shaxsning  ish  haqi  va  (yoki)  boshqa 
daromadiga  nisbatan  hissada  muntazam  (har  oyda,  har  chorakda  va  shu  kabi) 
to’lanadigan  qat`iy  pul  miqdorida  mulk  berish  yo’li  bilan,  shuningdek  bo’lakchi 
usullarda  to’lanishi  mumkin.  Kelishuvda  to’lashning  turli  usullarini  aralash 
qo’llanish nazarda tutilishi mumkin. 
2-§. Aliment miqdorini indekslash tartibi 
Indekslashning  eng  keng  tarqalgan  usuli  –  aliment  miqdorini  eng  kam  ish 
haqiga yoki chet el valyutasiga bog’liq qilib qo’yish. 
Kelishuv,  tomonlarning  o’zaro  kelishuviga  binoan,  istalgan  paytda 
o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Bu ish ham kelishuv tuzilgan tartibda 
amalga oshirilishi kerak. 
Tomonlarning moddiy yoki oilaviy ahvoli jiddiy ravishda o’zgargan hamda 
aliment  kelishuvini  o’zgartirish  yoki  bekor  qilish  to’g’risida  kelishuvga 

erishilmagan  holatlarda  manfaatdor  tomon  ushbu  kelishuvni  o’zgartirish  yoki 
bekor qilish to’g’risidagi da`vo bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega. 
Aliment  kelishuvidagi  tomonlardan  biri,  odatda,  mehnatga  layoqatsiz, 
muhtoj  shaxs  bo’lib,  uning  manfaatlarini  qattiq  himoya  qilish  talab  etiladi.  SHu 
munosabat  bilan  Oila  kodeksi  aliment  to’lash  to’g’risidagi  kelishuvni,  uni 
o’zgartirishning  Fuqarolik  kodeksining  383-moddasida  belgilangan  umumiy 
tartibiga  qaraganda  ancha  ixcham  tartib  bo’lib,  sud  nazorati  ostida  o’zgartirishni 
nazarda tutadi.  
Ota-ona  hamda  bolalarning  aliment  huquqi  va  majburiyatlari  aliment 
majburiyatlarini  birinchi  toifasiga  kiradi.  Ota-onalar  va  bolalar  boshqa 
qarindoshlari  bo’lish  bo’lmasliklaridan  qat`iy  nazar  bir-birlariga  moddiy  ta`minot 
berishga majburlar. 
Ota-onalarni  voyaga  yetmaganlarga  aliment  to’lash  majburiyatni  asosi 
bo’lib,  ota-onalar  va  bolalar  o’rtasidagi  qon-qarindoshlik  va  voyaga  yetmagan 
bolalarni  mavjud  bo’lishligi.  Ishlashligi  yoki  ishlamasligidan  qat`iy  nazar,  18 
yoshga to’lmagan bolalar voyaga yetmagan bola bo’lib hisoblanadilar. 
Oila kodeksining 96-moddasiga binoan ota-ona voyaga yetmagan bolalariga 
ta`minot berishi shart. 
Voyaga yetmagan bolalariga ta`minot berish majburiyatni ixtiyoriy ravishda 
bajarmagan ota (ona) dan sudning hal qiluv qaroriga asosan aliment undiriladi. 
Agar  voyaga  yetmagan  bolalariga  ta`minot  berish  hamda  haqida  ota-ona 
o’rtasida kelishuv bo’lmasa, ularning ta`minoti uchun aliment sud tomonidan ota-
onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun to’rtdan 
bir qismi; ikki bola uchun uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun yarmisi 
miqdorida  undiriladi.  Bu  to’lovlarning  miqdori  taraflarning  moddiy  yoki  oilaviy 
ahvolini  va  boshqa  e`tiborga  loyiq  holatlarni  hisobga  olgan  holda  sud  tomonidan 
kamaytirilishi  yoki  ko’paytirilishi  mumkin.  Har  bir  bola  uchun  undiriladigan 
aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqini uchdan bir 
qismidan kam bo’lmasligi kerak (Oila kodeksining 99-moddasi). 

Oila kodeksining 109-moddasiga binoan, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli 
bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o’z ota-onasiga ta`minot berishlari 
va ular to’g’risida g’amxo’rlik qilishlari shart. 
Qonun  bilan  mustahkamlangan,  mehnatga  layoqatli  voyaga  yetgan 
bolalarning  o’z  ota-onalariga  g’amxo’rlik  qilish  majburiyati,  birinchi  navbatda, 
bolalarning  ma`naviy  burchi  va  vazifasi  hisoblanadi.  Mamalakatimizda  o’zbek 
xalqida ota-onalarga g’amxo’rlik qilish bolalarni muqaddas burchi hisoblanadi. bu 
majburiyatni bolalar o’z xohishlari bilan bajarib kelmoqdalar. 
Moddiy  yordamga  muhtoj  mehnatga  layoqatsiz  ota-ona  foydasiga  aliment 
undirilishi  vaqtida  ota-onaning  ham,  bolalarning  ham  moddiy,  oilaviy  sharoitlari, 
shuningdek taraflarning e`tiborga loyiq barcha holatlari hisobga olinishi lozim. 
Yordamga  muhtoj  mehnatga  layoqatsiz  ota-onaga  aliment  to’lash 
to’g’risidagi  da`vo  oiladagi  barcha  mehnatga  layoqatli  voyaga  yetgan  bolalarga 
nisbatan qo’zg’atilishi mumkin. 
Oila kodeksining 111-moddasiga binoan, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli 
bolalar  ota-onasining  kasalligiga  va  boshqa  uzrli  sabablarga  ko’ra  qilinadigan 
qo’shimcha  harajatlarda  ishtirok  etishlari  shart.  Bu  qoida  qonunchilikda 
yangilikdir. Har bir voyaga yetgan bolaning zimmasiga yuklatiladigan qo’shimcha 
harajatlarni  qoplash  summasini  belgilashda  ularning  moddiy  sharoitlari  hisobga 
olinadi. 
Umuman,  amaldagi  qonunlarga  ko’ra,  aliment  sudga  murojaat  qilingan 
kundan boshlab sudning hal qiluv qarori bilan undiriladi. Ammo Oila kodeksining 
112-moddasiga binoan, aliment undirish to’g’risidagi nizo uzil-kesil hal etilgunga 
qadar  sud`ya  shu  nizo  bo’yicha  undan  belgilangan  miqdorda  vaqtincha  aliment 
undirish to’g’risida ajrim chiqarishi mumkin. Bunda moddiy ta`minot uni miqdori, 
sudning  ajrimi  bilan,  ta`minot  berishi  gumon  qilinayotgan  shaxsdan  ma`lum 
summada undirilishi mumkin. 
3-§. Er-xotinning aliment huquq va majburiyatlari 

Er-xotinning  aliment  huquq  va  majburiyatlari,  ya`ni  bir-birlariga  moddiy 
ta`minot  berish  majburiyatlari  mulkiy  huquq  va  majburiyatlar  turlaridan  biri 
hisoblanadi. Bu masala bo’yicha jinsiy holat hech qanday imtiyoz belgilamaydi. 
Er-xotinlar va sobiq er-xotinlarning aliment majburiyatlari Oila kodeksining 
15-bob, 117-121-moddalari bilan tartibga solinadi. 
Agar er va xotin xohlasalar, Oila kodeksining 31-moddasiga muvofiq nikoh 
shartnomasida  o’zaro  moddiy  ta`minot  berish  bo’yicha  huquq  va  majburiyatlar 
belgilashi  yoki  aliment  to’lash  to’g’risida  kelishuv  tuzishlari  mumkin  (Oila 
kodeksining 130-moddasi). 
Oila  kodeksining  117-moddasida  er-xotinning  bir-biriga  moddiy  ta`minot 
berish  majburiyatlari  belgilangan.  Unga  muvofiq,  “Er-xotin  bir-biriga  moddiy 
yordam berishi shart. Bunday yordam berishdan bosh tortilgan taqdirda, yordamga 
muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotin, shuningdek xotin homiladorlik davrida 
va o’rtada bola tug’ilgan kundan boshlab uch yil davomida, o’rtadagi nogiron bola 
o’n sakkiz yoshga to’lguncha yoki bolalikdan 1-guruh nogironi bo’lgan o’rtasidagi 
bolaga  qaragan  yordamga  muhtoj  er  (xotin)  yordam  berishga  qodir  bo’lgan  xotin 
(er) dan sud tartibida ta`minot (aliment) olish huquqiga ega”. 
Er  yoki  xotinga  beriladigan  ta`minot  mablag’ining  miqdori  sud  tomonidan 
ta`minot  to’lovchining  va  oluvchining  moddiy  va  oilaviy  ahvolini  hisobga  olgan 
holda, har oyda to’lanadigan qat`iy summada belgilanadi. Biroq bu summa qonun 
hujjatlarida  belgilangan  eng  kam  ish  haqining  uchdan  bir  qismidan  kam 
bo’lmasligi lozim. 
Er  yoki  xotinga  aliment,  agar  umuman  yashashi  uchun  mablag’i 
bo’lmaganda,  shuningdek  mablag’i  bo’lsa  ham,  muhtoj  bo’lsa  tayinlanishi 
mumkin. 
Ushbu  turdagi  nizolarni  ko’rishda  sud  quyidagi  holatlarni  aniqlashi  lozim, 
chunonchi,  muhtoj  (er  (xotin)ning  yashashi  uchun  mablag’ga  ega  yoki  ega 
emasligini  va  bu  mablag’  uning  asosiy  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  yetarli  yoki 
yetarli emasligini; er (xotin)ning bolalari va boshqa boqimandalari bor-yo’qligini; 

muhtoj  er  (xotin)ning  voyaga  yetmagan  bolalaridan  moddiy  yordam  olish  yoki 
olmasligini va shu kabi boshqa holatlarni aniqlaydi. 
Aliment  to’lovchi  yoki  oluvchi  er  yoki  xotinning  moddiy  va  oilaviy 
ahvolidagi  o’zgarish  ularning  hayotiga  katta  ta`sir  etishi  mumkin.  Bu  esa 
manfaatdor er yoki xotinga sudga murojaat etib aliment miqdorini o’zgartirish yoki 
uni kamaytirishni talab qilish huquqini beradi. 
Er  yoki  xotinni  ta`minot  berish  majburiyatidan  ozod  qilish  yoxud  bu 
majburiyatni ma`lum muddat bilan cheklash sudning hal qiluv qaroriga asosan yo’l 
qo’yiladi. Sud hal qiluv qarorini chiqarishda: nikohda qisqa vaqt turgan bo’lsalar; 
o’ziga nafaqa talab qilayotgan er yoki xotin oilada o’zini nomunosib tutgan bo’lsa; 
agar  yordamga  muhtoj  er  yoki  xotin  spirtli  ichimliklar,  narkotik  moddalarni 
suiiste`mol  qilish  yoki  qasddan  jinoyat  sodir  etib,  uch  yildan  kam  bo’lmagan 
muddatga  sud  tomonidan  hukm  qilingan  bo’lsa,  bunday  holatlarni  nazarga  olish 
mumkin.  Er  yoki  xotinni  ta`minot  berishdan  ozod  etish  yoki  bu  majburiyatni 
muddat bilan cheklash uchun yuqorida keltirilgan shartlardan bittasi bo’lishi lozim. 
Ammo bunday holatlar mavjud bo’lganda ham har bir vaziyatda sud ishning aniq 
holatiga qarab da`voni qondirishi yoki uni rad etishi mumkin. 
 
Nazorat savollari: 
1.   Aliment   kimlarga nisbatan to’lanadi? 
2.  Oila  kodeksining  99-moddasiga  binoan  voyaga  yetmagan  bolalarga 
to’lanadigan aliment miqdori qancha? 
3. Sobiq er-xotinlarning aliment majburiyatlari qanday? 
4.  Aliment  to’lovchi  shaxs  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilsa,  aliment 
majburiyati bekor bo’ladimi? 
5.  Aliment qanday va qay asosda undiriladi? 
12-BOB. 
OTA-ONA 
QARAMOG’IDAN  MAHRUM  BO’LGAN 
BOLALARNI JOYLASHTIRISH. 
1-§.  Ota-ona  qaramog’idan  mahrum  bo’lgan  bolalarni  joylashtirish 
shakllari tushunchasi va huquqiy belgilari 
 

Falsafaning  umumiy  qonuniyatlariga  ko’ra,  har  bir  narsada  mantiq  yotadi. 
Uning  kategoriyalaridan  biri  sabab  va  oqibat  bo’lib,  unga  ko’ra  har  bir  oqibat 
muayyan shart-sharoitlardan, sabablardan vujudga keladi. O’z navbatida, sabab va 
shart-sharoitlar muayyan oqibatlar tug’diradi.  
Bilishning  mazkur  dialektik  qonuniyatlariga  asoslanadigan  bo’lsak,  ota-
onalik  huquqidan  mahrum  qilish  qator  huquqiy  oqibatlarni  keltirib  chiqaradi. 
Aslini olganda, huquqiy oqibatlarsiz ham ota-onalik huquqidan mahrum qilishning 
o’ziyoq  naqadar  jirkanch,  naqadar  ayanchlidir.  SHu  o’rinda  yana  bir  narsani 
alohida  ta`kidlashni  istardikki,  mazkur  masala  haqida  gap  ketganda,  G’arb  va 
SHarq mamlakatidagi, xususan, o’zbek millati mintalitetidagi o’ziga xosliklar ham 
e`tiborga molikdir. 
Ma`lumki, oila huquqi bola manfaatlarini ustuvor deb biladi. SHu ma`noda, 
oiladagi  muhit,  sharoit  bola  manfaatlariga  zid  bo’lsa,  yuqorida  aytganimizdek, 
qonunchilik  uni  ushbu  oilada,  sharoitda  qolishiga  yo’l  qo’ymaydi.  Ota-ona 
qaramog’idan mahrum bo’lganlik  tufayli vujudga keladigan huquqiy oqibatlar va 
bunda  asosiy  e`tibor  bolalarning  huquq  va  qonuniy  manfaatlari  nima  bo’ladi, 
ularning  taqdiri  qanday  bo’ladi?  –  degan  savollarga  muayyan  javob  berishdan 
iboratdir. 
Bola 
o’z  ota-onasi  tomonidan  tarbiyalanishi,  uning  manfaatlari 
ta`minlanishi,  har  taraflama  kamol  topishi,  insoniy  qadr-qimmatlari  himoya 
qilinish  huquqiga  ega.  SHu  ma`noda  bolalarning  huquq  va  manfaatlarini  himoya 
qilish ularning ota-onalari zimmasiga yuklatiladi. Bolaning ota-onasi bo’lmaganda 
yoki  biz  so’zlayotganimizdek,  ular  ota-onalik  huquqidan  mahrum  qilinganda  va 
bola  ota-ona  qaramog’idan  mahrum  bo’lgan  hollarda  uning  oilada  tarbiyalanish 
huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta`minlanadi. 
Vasiylik  va  homiylik  organlari  mahalliy  organlar  bo’la  oladi.  Vasiylik  va 
homiylik  organlari  voyaga  yetmagan  yosh  bolalarga  nisbatan  –  xalq  ta`limi 
bo’limlariga; ruhiy kasal va aqli zaiflarga nisbatan – sog’liqni saqlash bo’limlariga; 

vasiylikka  oluvchilarning  boshqa  toifalariga  nisbatan  esa  –  ijtimoiy  ta`minot 
bo’limlariga yuklatiladi
31

Ma`lumki,  Inson  huquqlari  umumjahon  Deklarasiyasi
32
,  Bola  huquqlari 
to’g’risidagi  Konvensiya
33
larda  aytilganidek,  “...  barcha  odamlar  erkin,  qadr-
qimmat va huquqlarda teng bo’lib tug’iladilar”. 
Ushbu  xalqaro  hujjatlarda  bolaning  himoyaga  bo’lgan  huquqi  alohida 
normalanadi.  Voyaga  yetmagan  bola  qonunga  muvofiq  to’la  muomala  layoqatiga 
ega deb e`tirof etilsa, tabiiyki, u o’z huquq va majburiyatlarini, shuningdek himoya 
huquqini  mustaqil  amalga  oshira  oladi.  Bola  ota-onalar  tomonidan  qilinadigan 
suiste`molliklardan  himoyalanish  huquqiga  ega.  Masalan,  bolalarga  nisbatan 
shafqatsiz  munosabatda  bo’lish,  jismoniy  kuch  ishlatish,  ruhiy  ta`sir  ko’rsatish, 
bolaning hayoti yoki sog’lig’iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilish kabilar. Aynan 
Oila  kodeksining  79-moddasi  4-xatboshisida,  “ota-ona  ota-onalik  huquqini 
susite`mol  qilsa,  bolalarga  nisbatan  shafqatsiz  munosabatda  bo’lsa,  jumladan 
jismoniy  kuch  ishlatsa  yoki  ruhiy  ta`sir  ko’rsatsa,  ota-onalik  huquqidan  mahrum 
qilinishi mumkin”ligi normalangan. 
SHunisi  muhimki,  bolaning  huquq  va  qonuniy  manfaatlari  buzilganda,  shu 
jumladan,  ota-ona  (yoki  ulardan  biri)  bolaning  ta`lim-tarbiyasida  o’z 
majburiyatlarini bajarmagan  yoki  lozim  darajada bajarmaganida  yo  bo’lmasa  ota-
onalik  huquqlarini  suiste`mol  qilganida  bola  o’z  huquq  va  qonuniy  manfaatlarini 
himoya  qilinishini  so’rab  vasiylik  va  homiylik  organiga,  14  yoshga  to’lgandan 
keyin esa, mustaqil ravishda sudga murojaat qilish huquqiga ega. Bunday hollarda 
vasiylik  va  homiylik  organi  yoki  sud  bolaning  huquq  va  qonuniy  manfaatlarini 
himoya qilish yuzasidan tegishli choralar ko’rishi shart. 
Hozirgi  vaqtda  dunyoning  rivojlangan  mamlakatlari,  xususan,  G’arbiy 
Yevropada, AQSHda bolalarni shaxs sifatida kamol topish jarayoni tezlashmoqda. 
Bu holat, anyniqsa, bolalarning ma`naviy dunyosida individualizm (har bir masala 
bo’yicha  o’z  qarashlariga  egalik,  boshqalarning  ta`sirida  bo’lmaslikka  intilish, 
                                                 
31
 I.Zokirov. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi. -T.: Adolat. 1996. -42 b. 
32
 Inson huquqlari to‘g‘risida xalqaro bill to‘plamida. –T.: Adolat. -5 b. 
33
 Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiya. Human right fact sheet 10 the rights of the child to‘plami. Jeneva. 
 -T.: Adolat. 1996. 

ma`lum  ma`noda  xudbinlik,  boshqalar  manfaatini  hisobga  olmasdan  o’z 
manfaatlarini  ustuvor  qo’yish)  xususiyatlarining  yaqqol  kuchayishida  namoyon 
bo’lmoqda. Bu holat ham ijobiy, ham salbiy jihatlarga ega. Salbiy jihati shundan 
iboratki,  bunda  asriy  bahs  –  otalar  va  bolalar  o’rtasidagi  ziddiyat  chuqurlashadi, 
bolalarning  kattalar  ta`siridan  chiqishi  kutilmagan  va  ba`zan  mudhish  oqibatlarga 
olib  keladi.  Ijobiy  tomoni  shundaki,  bolalar  kattalar,  ayniqsa,  ota-onalar  ularga 
nisbatan  o’z  huquqlarini  suiste`mol  qilishlariga  yo’l  qo’ymaydilar.  Masalan, 
so’nggi  yillarda  Angliyada  o’zlariga  nisbatan  shafqatsiz  muomalada  bo’lgan  ota-
onalarni  sudga  bergan  bolalar  soni  ancha  ko’paydi.  Albatta,  g’arb  bilan  SHarq 
mintaliteti,  qadriyatlari  o’ziga  xos  farqlarga  ega.  Biroq,  inson  huquqlari  nuqtai-
nazaridan  olganda  bolalarni  o’z  ota-onalari,  vasiy,  homiylari  va  boshqa  qonuniy 
vakillari bilan nizolashish imkoniyatlari mavjudmi? – degan savol tug’ilishi tabiiy. 
Umumiy qoida bo’yicha bola va ota-ona o’rtasidagi munosabatlarni kuzatib borish 
mahalla,  maktab,  qo’ni-qo’shni,  uchastka  milisiya  noziri  tomonidan  amalga 
oshiriladi.  Agar  bu  munosabatlarda  normal  tabiiy-insoniy  mezonlar  buzilsa, 
birinchi galda yuqoridagi sub`ektlar bong uradilar. Bolaning huquqlarini himoyasi 
haqidagi  masalani  vakolatli  davlat  idoralari  (milisiya,  sud,  prokuratura)  oldiga 
qo’yadilar.  Bolaning  o’zi  ham  yuqorida  ko’rsatilgan  shaxslarga  va  idoralarga 
himoya  so’rab  murojaat  etishga  haqli.  Biroq,  yuqorida  ta`kidlaganimizdek, 
xalqimiz  bolajon  xalq,  ota-ona  uchun  farzand  aziz,  bola  manfaatlari  hamma 
narsadan  ustun.  SHu  sababli  ota-onalar  o’z  bolalarini  qarovsiz  tashlab  qo’yishi, 
shafqatsiz  munosabatda bo’lishi hollari  deyarli  kam  uchraydi. Ko’p  hollarda,  ota-
onaning  bolani  tergashi,  nazorat  qilishi  (masalan,  muayyan  shaxslar  bilan 
muloqotda bo’lmaslik, turli xil ziyofatlar, ulfatchiliklarga qatnashishni taqiqlash va 
h.k.)  bola  manfaatlari  nuqtai-nazaridan,  uni  halol,  barkamol  inson  bo’lib  kamol 
topishini ko’zlab amalga oshiriladigan harakatlardir
34

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish