O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/106
Sana09.04.2022
Hajmi1,81 Mb.
#539253
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106
Bog'liq
CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK

 
 
 
 


30 
6-ilova
2.2 ChQBTning mohiyati, maqsadi va vazifasi. ChQBT dasturining 
umumiy mazmuni. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ChQBTning 
tarixiy zaruriyati. Uning bugungi kundagi ahamiyati.
YoChQBT ning mohiyati, maqsadi va vazifasi. YoChQBT dasturining 
umumiy mazmuni

Mazkur o‘quv savol bo‘yicha mashg‘ulot rahbari dastlab 
dastur bo‘limlarini va ularga ajratilgan dars soatlari bilan tanishtiradi. Undan 
keyin o‘quvchilar bilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni yetkazadi ular 
quyidagilardir: “Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash» fani 
uchun o‘g‘il bolalarga – 140 soat; qiz bolalarga – 70 soat (36 soat “Fuqaro 
muhofazasi”ga va 34 soat “Tibbiy bilim asoslari”ga) ajratilgan.
Mashg‘ulotlar 
umumta’lim, 
o‘rta 
maxsus, 
kasb-hunar 
ta’limi 
muassasalarining oxirgi ikki yilida haftasiga ikki soatdan o‘qitiladi.
Ta’lim muassasalarida “Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich 
tayyorlash» fani o‘tilmagan yoki mazkur fan bo‘yicha sinovdan o‘tmagan 
yoxud yakuniy bahosi “qoniqarsiz” deb topilgan chaqiriq yoshidagi o‘spirinlar 
bilan shahar yoki tuman hokimligining qarori bilan tashkil qilingan MSSL da 
160 soatlik dastur asosida ushbu fan o‘tiladi. 
“Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani “Umumiy harbiy 
majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 
muvofiq tashkil etiladi va olib boriladi.
“Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” chaqiruvgacha hamda 
chaqiruv yoshida bo‘lgan fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlari safida xizmat qilishga tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun majburiy o‘quv fani 
hisoblanadi. 
 
“Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanining vazifasi yoshlarga 
ta’lim jarayonida: 
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, huquq va burchlarini 
anglash, Vatan himoyasi va uni qurolli tajovuzdan himoya qilishni; 
– O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasining mohiyatini; 
– O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining vazifalarini; 
– O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi, “Umumiy harbiy 
majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunlarini, O‘zbekiston 
Respublikasining 
Jinoyat 
va 
“Ma’muriy 
javobgarlik 
to‘g‘risida”gi 
kodekslarining harbiy xizmat bilan bog‘liq tegishli moddalarini; 
– O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Nizomlari va Harbiy 
qasamyodning asosiy talablarini o‘rganish va anglashni; 
– harbiy qismlarning qurol va harbiy texnikalari, shaxsiy tarkibning
turmush tarzi va joylashuvi bilan tanishishni; 
– harbiy ish asoslari, zaruriy harbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega 
bo‘lish, shuningdek jismoniy chiniqish va ruhan hamda ma’nan mustahkam 
bo‘lishni; 
– fuqarolar muhofazasi va tibbiy bilim asoslarini o‘zlashtirishdan iborat. 


31 
ChQBT jarayoni yoshlarni harbiy xizmatni o‘tashda konstitutsiyaviy 
burchlarini a’lo darajada bajarilishini va o‘ziga topshirilgan zamonaviy 
jangovar qurol va harbiy texnikani qisqa muddatda o‘zlashtirib olishini
ta’minlashdan iborat; 
Yoshlarga harbiy ta’lim berishda ularga harbiy qismlarning jangovar
o‘quv-faoliyatida bajariladigan mashqlar, harakatlar va amallarni harbiy 
qismlardagi qo‘shinlarning jangovar o‘quv faoliyatlariga mumkin qadar 
yaqinlashtirilgan holda o‘rgatish ko‘zda tutiladi.

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish