Eslatma:
1.ChQBT to‘liq kursi uchun- 140 soat. SHundan: 94 soati – amaliy mashg‘ulotlar,
46 soati – nazariy mashg‘ulotlar.
2. O‘quvchi qizlar uchun 70 soat ajratiladi (36 s FM ga va 34 s TBA ga).
3. Nazorat mashg‘ulotlari 10 soat bo‘lib, har bir bo‘limning ichida berildi. Nazorat
mashg‘ulotlarining 4 soati (HXA - 2 soat, FM-2 soat) ta’lim muassasida kattaroq mavzulardan
so‘ng yoki bo‘lim yakunida o‘tkaziladi, 6 soati esa (HXA – 2 soat, AJT-2 soat, HIA – 2 soat)
DO‘M da o‘tkaziladi.
13
2.2. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni kasbiy va ixtisoslik ta’lim
sohalariga yo‘naltirish imkoniyatlari
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni kasbiy va ixtisoslik ta’lim
sohalariga yo‘naltirib o‘qitishda “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik”ni
tashkil etilishi va olib borilishini, shuningdek kasbiy va ixtisoslik ta’lim sohalarining
mazmunan o‘ziga xos tomonlariga alohida e’tibor qaratish hamda ijodiy yondashuvni
talab etadi.
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘z ichiga
“Harbiy xizmat
asoslari” (taktik tayyorgarlik), “Otish tayyorgarligi”, “Amaliy jismoniy tayyorgarlik”,
“Harbiy ish asoslari”, Fuqaro muhofazasi (o‘g‘il va qiz bolalar uchun)”, “Tibbiy
bilim asoslari (o‘quvchi o‘g‘il bolalar uchun)” kabi o‘quv bo‘limlarini oladi va bu
bo‘limlarning har biriga alohida fan sifatida qaraladi.
Qayd etilgan o‘quv bo‘limlarini kasbiy va ixtisoslik ta’lim sohalariga yo‘naltirib
o‘qitishda mashg‘ulot rahbari Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘quv
bo‘limlari mavzularidan kasbiy yo‘naltirishga mantiqan mos keladigan keladigan
hamda mazmunan bog‘lash mumkin bo‘lganlarini saralab olishlari talab etiladi.
Chaqiruvga
qadar
boshlang‘ich
tayyorgarlik
fani
o‘quv bo‘limlari
mashg‘ulotlarning shakllari turli tumanligi (nazariy, amaliy, ko‘rgazmali, taktik,
taktik-saf, nazorat) va ularning aksariyat qismi amaliy bo‘lib O‘zbekiston
Respublikasining Qurolli Kuchlari nizomlarining talablari asosida olib borilishi, otish
tayyorgarligi bo‘limi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘quv va jangovar qurollar bilan ishlash
bo‘yicha
ko‘rsatma
va
yo‘riqnomalarga
amal
qilinishi,
shuningdek,
mashg‘ulotlarning katta qismi Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha
o‘quv-moddiy bazalar bilan chambarchas bog‘liqligi, chaqiruvga qadar boshlang‘ich
tayyorgarlikni kasbiy va ixtisoslik ta’lim sohalariga yo‘naltirib o‘qitishni ma’lum bir
miqdorda inkor etsa-da, mashg‘ulot rahbarining qo‘yilgan vazifaga ijodiy yondashuvi
hamda tashabbus ko‘rsatib faoliyat yuritishi masalaning yyechimini hal qilishda
asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Bu borada mashg‘ulot rahbarining o‘z fani bo‘yicha mavzularni kasbga
yo‘naltirish uchun mantiqan mos keladiganlarini saralay olishi, ayniqsa kasbiy va
ixtisoslik ta’lim fanlari bo‘yicha egallagan bilimining qay darajadaligi bilan bog‘liq
bo‘ladi.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |